Buyruq gaplar 13- jadval
№
| Buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar |
Semantik guruhlari
| Misollar |
1.
2.
|
Buyruq maylidagi fe’l shakllari: -y
(-ay), -ylik (-aylik),
-gin, -in, -sin.
Buyruq ohangi (kesimi aniqlik maylidagi gaplarda)
|
Sof buyruq gaplar
Maslahat, nasihat gaplar
Iltimos gaplar
4. Istak, tilak, maqsad gaplar
|
Ertaga ishga chiqing!
Kundalik gazeta xabar-lari bilan tanishib boring.
Ozgina choy bering.
Davron suring hur mehnatda, asti tol-mang. (A.Po’lat)
Bugun bir kinoga boray.
|
Muhokama uchun savollar
1. Gaplarni tasnif qilishda nimalarga asoslaniladi?
2.Darak, so’roq, buyruq,undov gaplarni hosil qiluvchi vositalar.
3. Ifoda maqsadiga ko’ra gap turlarida intonatsiyaning turlari.
2 – masala.Gaplarning voqelikka munosabatiga ko’ra turlari.
2 - masala bayoni:
Gapning tasdiq va inkor formasida bo’lishi uning hamma turiga xos, lekin logik jihatdan qaraganimizda, tasdiq va inkor hodisasi xabar berishning eng xarakterli xususiyatidir. Bu jihatdan uning darak gap bilan zich bog’liq ekanligi anglashiladi. Biroq tasdiq va inkor mazmunini bildirish so’roq gap va undov gaplarning ayrim turlari uchun ham xosdir. Bunda intonatsiya ham muhim rol o’ynaydi. Demak, gaplar borliqqa munosabati jihatidan ikki turga bo’linadi: 1.Tasdiq gap. 2.Inkor gaplar.
Tasdiq gaplar narsa-hodisalar orasidagi munosabatning mavjudligini tasdiqlaydi. Masalan: Yig’im-terim tugadi. Qor yog’di.
Inkor gaplar esa shu munosabatning mavjudligini inkor qiladi. Masalan: Yig’im-terim tugamadi. Qor yog’madi. Tasdiq va inkor kategoriyalari orasida chambarchas bog’liqlik bor. Har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq kelib chiqadi. Havo sovuq (issiq emas). Havo issiq (sovuq emas).
Inkor gaplar tasdiq gaplar asosida maxsus inkor ko’rsatkichlari (qo’shimchalar, so’zlar) yordamida hosil bo’ladi. Tasdiq gaplar esa bunday ko’rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Inkor gaplarni hosil qiluvchi vositalar quyidagilar:
1. Kesim vazifasida kelgan fe’lning bo’lishsiz formasi orqali: Farida o’qimagan.
2. Fe’lning sifatdosh formasi va emas orqali: Farida o’qigan emas.
Eslatma: emas so’zi sifatdoshdan boshqa so’zlar bilan birgalikda ham inkor gaplarni yuzaga keltirishi mumkin: Nazira yomon qiz emas.
3. Fe’lning sifatdosh formasi Q yo’q modal so’zi orqali: Gavhar aytgani yo’q.
4. Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali. Bunda na yordamchisi ko’pincha bo’lishli fe’l bilan birgalikda keladi: Gavhar na o’qidi, na yozdi.
5. Hech bo’lishsizlik ma’nosini ifodalovchi so’z bo’lishsizlik fe’li va olmosh bilan birgalikda inkor gaplarni yuzaga keltiradi. Masalan: Hech kim majlisga kelmadi.
6. Ba’zan inkor ma’nosi intonatsiya yordami bilan ham beriladi. Bunda gap tasdiq formasida bo’ladi – Ha, tog’ang keldi. Borasan-a borasan!
7. Sifatlarda qo’llaniladigan -siz qo’shimchasi ham gapni inkor mazmuni bilan bog’laydi. Masalan: U qobiliyatsiz. Keldibek madaniyatsiz. Bunday hollarda sifatlar kesim yoki kesimning aniqlovchisi bo’lib kelishi lozim.
Demak, inkor vositalari asosan uch xil ekan: leksik vositalar, grammatik vositalar, intonatsion vositalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |