Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet354/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar:
1. Modallik va predikativlik munosabati.
2. Modallik va modal so’zlar.
3. Modallikning qanday vositalar orqali ifodalanadi?
4. Modallikning qanday tiplari bor?
6- masala bayoni:
Gapning, nutqning intonatsion tomoni uning mundarijasi va strukturasi bilan bog’liq: nutqning qismlarga bo’linishi grammatik-fikriy va intonatsion jihatlarga asoslanadi. Gapning qismlarga ajratilishi bir qancha tomonlardan bo’lishi mumkin: logik tomondan (mazmun qismlari), formal – grammatik tomondan (grammatik qismlar), fonetik tomondan (intonatsion qismlar). Lekin bu tomonlar o’zaro bog’langan: ular bir-biriga moslashgan bo’ladi. Tilning turli vositalarini analiz qilish shuni ko’rsatadiki, intonatsiyaning yolg’iz o’zida til nuqtai nazaridan fikriy mundarija yo’q: u gap, so’z orqali mavjud, demak, intonatsiya tilning yordamchi vositasidir: supersegment fonetik hodisadir. Shulardan kelib chiqib, intonatsiyaning asosiy vazifasini quyidagicha jamlab ko’rsatish mumkin:
Intonatsiya gapni, nutqni fonetik jihatdan shakllantiradi, grammatik-fikriy tugallikni ko’rsatadi. U o’zaro bog’langan bir necha so’zning yoki yakka so’zning gap bo’lishida qatnashadi. Bunday tugallangan intonatsiya gapga xos bo’lib, u so’z birikmasida yo’q. Demak, bu tipdagi intonatsiya so’z birikmasi bilan gapni farqlaydigan belgilardan biridir. Predikatsiya, predikativlik ma’lum darajada shu intonatsiya bilan ifodalanadi. Bir so’zdan iborat Tong tipidagi gaplarda, shuningdek, Shahar-shahar; Qishloq-qishloq tipidagi gaplarda predikativlikning intonatsiya yordami bilan ifodalanishini yaqqol ko’rish mumkin. Gapning kuzatilgan maqsadga, emotsionallikka ko’ra turlari ko’p jihatdan intonatsion farqqa qarab belgilanadi. Intonatsiya gapning modalligini o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan: tasdiq bildiradigan gapni intonatsiya yo’li bilan inkor bildiradigan gapga aylantirish. Borasan-a, borasan!
Gap tugallangan fikr ifodasidir, uning mazmun tomonidir, lekin bu fikriy tugallik nisbiydir, chunki ayrim gapdagi fikrning to’liq ochilishi nutq ichida bo’ladi. Demak, gap formal-grammatik va intonatsion jihatlardan ham, mundarija jihatdan ham tugallikka ega. Biroq uning fikriy tugalligi – nisbiy. Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo’lish orqali yana ham oydinlashadi. Gap bir so’z yoki so’zlar bog’lanmasidan tashkil topadi. Bir so’zning gap bo’lib kelishi maxsus intonatsiya tufaylidir. Bunda predikativlik intonatsiya orqali ifodalanadi: Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k.
Gap so’zlar bog’lanmasidan iborat bo’lganda, uning bo’laklari ma’lum grammatik qonun-qoidalar asosida sintaktik aloqaga kiradi. Bu tip gaplarda predikativlik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so’zlar bilan ifodalanadi: Qirdan g’ir-g’ir shabada esadi.
Yuqoridagi belgilar asosida gapga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Grammatik shakllangan, intonatsion va fikriy tugallikka ega bo’lgan, fikrni shakllantirish, ifodalash va bildirish vositasi bo’lgan so’z yoki so’zlar bog’lanmasidan tashkil topgan eng kichik va asosiy sintaktik birlik gap deyiladi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish