So’roq gaplar 12- jadval
№
| So’roq gapni hosil qiluvchi
vositalar
|
So’roq gapning semantik guruhlari
| Xususiyati | Misollar |
1.
|
So’roq yuklamalari (-mi, -chi, -a (-ya), -ku, nahot, nahot- ki)
|
Sof so’roq gap
|
So’zlovchining no-ma’lum yoki uncha-lik aniq bo’lmagan narsa va hodisa-lar haqida ma’-lumot olish uchun ishlatiladi
|
Kim keldi?
Qachon ketasiz?
Qaerga borasiz?
|
2.
|
So’roq olmosh-lari (kim?, nima?, qaysi?, qancha?, necha?, nega?, qani?)
|
Ritorik so’roq gap
|
Mazmunidan xabar anglashiladi. His- hayajonli ma’no ifodalaydigan mu-him uslubiy vo-sita. So’roq yo’li bilan tasdiq maz-muni beriladi.
|
Bolani kim sevmaydi?
(Hamma sevadi.)
Yaxshi she’rdan kim bahra olmagan?!
(Hamma bahra olgan.)
|
3.
|
So’roq ohangi
|
So’roq-buyruq gap
|
So’roq yo’li bilan buyurish bo’yog’ini ham beradi.
|
Ishga ertaroq kelmaysizmi?! (Ishga ertaroq keling.)
|
Buyruq gaplar.
Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gaplar deyiladi: Shoshmasdan yoz. Meni unutmang, Sirojiddin aka! Otangning yoshlikdagi do’stlaridan xabar olib tur.
Buyruq gaplarda buyruq, iltimos, maslahat, yalinish, g’azab, do’q kabilar ifoda qilinadi: So’zingdan qaytma. Yangi chiqqan adabiyotlar bilan tanishib boring. Qani, tuyog’ingni shiqillat. Jo’na! O’pkangni bos.
Buyruq gapning kesimi odatda buyruq mayli bilan ifodalanadi. Bunda fikr ko’proq tinglovchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifodalanadi. Chiqma, yiqilasan. Yig’ishtir mashmashangni!
Ba’zan buyruq gap kesimi I va III shaxsdagi buyruq mayli shakllari bilan ham ifodalanadi, lekin ma’no ottenkalarida farq bo’ladi. Qizlar, bugun bir teatrga tushaylik. Kim tushunmagan bo’lsa, o’rnidan tursin.
Buyruq maylining uchinchi shaxs (birlik) formasidagi fe’l kesim majhul nisbatda bo’lishi ham mumkin. Bunday holatda, odatda, umumiy buyruq mazmuni kelib chiqadi: Zalda chekilmasin! Qoidaga rioya qilinsin! Tartib saqlansin. Lekin bu formani II shaxs uchun buyruq ma’nosida qo’llash ham mumkin. Yig’lanmasin! Nega yig’lanadi?!
Buyruq gaplar ma’no ottenkalariga qarab turli intonatsiyaga ega bo’ladi, biroq buyruq intonatsiyasi ular orasida ajralib turadi.
Buyruq gapni hosil qiluchi leksik-grammatik vositalar bo’lmaganda, buyruq gap intonatsiya bilangina tuziladi. Bolg’a! (Bolg’ani ber!) Qattiqroq! (qattiqrok gapir!) Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |