Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-savol bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 4,68 Mb.
bet258/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1.
1-topshiriq. Matndagi undovlarni toping va ma’nosini aniqlang.
1. Aravakashlar "hay-hay","chuh-chuh" deya shovqin bilan ko’chani boshiga ko’tarar edilar.
2. Ikkalamiz ham baralla, chin ko’nglimizdan qah-qah urib kuldik.(O.)
3. -Uh, bay-bay, o’zing bilasan, bolam.(O.)
4. Oh-vohlaringizni tinglash kimga zarur.
5. Tongda ari gulga so’zlar g’uv-g’uv-g’uv, Guljonim, asaling ber, sog’indim-ku. (Q.M.)
6. Eshikdan boyning kichik xotini Zebixon lop etib kirib keldi.
7. Charxdan tinmay uchqun otiladi, guv-guvdan quloq bitadi.
2-topshiriq. Matndagi undovlarni ma’no turlariga ko’ra: emotsional, imperativ va rasm-odat undovlariga ajrating.
1. Salom, ey yangi kuch, yangi sevgini hayotga cho’mdirgan azamat o’lkam! (O.)
2. O, qanday chin baxtga to’lg’in bu onlar.(O.)
3. U kishi xo’p degan edi, ho’kizlar asta-sekin to’xtadi.
4. Chip-chip, jo’jalarim, chip-chip,chip-chip, jo’jalarim. (qo’shiqdan)
5. Voy-voy! Bu sen-ku, O’jar!
6. Ey suyukli modelcham, tayyormisan safarga? (Z.Diyor)
7. Voy-bu! Senmisan, Farhod!

  1. Salom, ey yurtimning sherdil o’g’loni!

9. Ofarin, topshiriqni o’z vaqtida bajaribsizlar.

2.2.
1-topshiriq. Keltirilgan emotsional undov so’zlarni ma’nosiga ko’ra: ijobiy, salbiy va rasm-odat ma’noli undov so’zlar guruhiga ajrating.


Oh, eh, uh, o, e, uf, voy, uf, ofarin, salom, xo’sh, rahmat, hormang, balli, barakalla, bay-bay, hay-hay, voy-buy, oh-voh, voy-dod, chuh, kisht, qurey-qurey, tfu, komissiya kabilar.
2-topshiriq. Berilgan undovlarning matn va ohang bilan bog’liq ma’nolarini aniqlab, tushuntiring.
1. Ey, Farg’ona! Ey bo’yniga qora to’rva osgan qoplardan, Ey har kuni gadolikka tortgan onlardan, Ey tanlarni shilib yotgan harom qonlardan, bir yo’lasi ozod bo’lgan azamat o’lka! (H.O.)
2. Salom, ey yulduzlar, oshnolarim! (H.O.)
3. Bolalar qiy-chuv qilishib mashinaga o’tirdilar.
4. Bay-bay, juda totli shaftoli ekan-ku!
5. O, qanday chin baxtga to’lg’in bu onlar.(O.)
6. Voy-ey, bolaginam-ey, shalloba bo’libsan-ku!
7. Bir salomga shuncha firoq, shuncha qovoqmi, hay-hay!
8. Hay-hay, astag’firulloh de, gunohga botma, qizim!
9. – Hay-hay, ovqatmisan – ovqat bo’libdi, - dedi hoji ota.
10. Ho, bekorlarni aytibsiz!
11. Ho, muncha yaxshi, muncha ajoyib manzara!
3-topshiriq. Matndagi emotsional undov so’zlarni anglatgan ma’nolarini tushuntiring.
1. Eh, bu vodiy naqadar go’zal.(Lermontov)
2. Ey, ulug’ naslimning yuragi, joni! Kiprigingga ilinmas yig’idan zarra. (G’.G’.)
3. Bay-bay, zap choy bo’libdi-da … (A.Q.)
4. Hay-hay, juda g’alati kastyum tiktiribsiz!
5. Voh-voh, peshonam!… Oxun peshonasiga shartta urib davom etdi: - Yodimga tushsa, yuragim xun bo’ladi. (O.)
6. Gulnor, kechir … Evoh esiz umr, esiz qizim … (O.)
7. Huv … domla bo’lmay o’l! (H.H.)

2.3.
1-topshiriq. Matndagi imperativ undovlarni topib, ma’nolarini tushuntiring.


1. Hoy, muytanlar, kotibning kallasi omonat! (As.M.)
2. Ey, Po’lat, - dedi Bahor, - uyimizda shunday jang bo’ldiki ... (Sh.R.)
3. - O’rdak g’aq-g’aq, vit-vit, g’aq-g’aq, vit-vit deb sayray boshladi. (Yo.Sh.)
4. Kampirning don sepmoq uchun beh-beh deb tovuqlarni chaqirgani eshitildi.
5. Ayol katakdan chiqib kelayotgan tovuqlarni don sochib turib chaqirdi: beh-beh-beh.(O.)
6. Soqi "Chuh!" deb gajdum otga qamchi berdi. (F.Y.)
7. Pisht. Hey, er yutkur. (M.Sholoxov)
8. - Marsh! Rassomga meshat’ etmalaring. (H.Nazir)
9. Tss … - dedi qo’chqor vahimali shivirlab, yon-veriga qaradi. (O.Yo.)
2-topshiriq. Matndagi imperativ undovlarning turlarini aniqlang va tushuntiring.
1. O, bolam, - dedi kampir, - jiyanim ishga yaramaydi. (A.Q.)
2. Hoy xotin, bo’la qolsang-chi, qudalar kutib qolishdi.
3. Allo, Mastura, senmisan, teatrga boramizmi!
4. Otliqlar gaplashmas, faqat har zamon otga shilt qamchi bosib, chuv deb qo’yishardi. (Mirt.)
5. Cho’ponlar qur-haytlab qo’yni xaydagan. («Alpomish»)
2.4.
1-topshiriq. Matndagi rasm-rusum, odat undovlarini toping.
1. Uning fikrini ma’qullovchi ovozlar eshitildi: Balli! Otangizga rahmat! (P.T.)
2. Chaqqon, epchil ishlayotgan askarlar oldida to’xtab: «Ofarin, bahodirlar!» - deb maqtab o’tardi general.(O.)
3. O, Alisher! Xush kelibsiz, ichkariga marhamat! (Uyg’un va Izzat Sulton.)
4 - E - e, Javdat Naimmi? -Ha, barakalla. – Bundoq demaysizmi? (A.Q.)
2-topshiriq. Matndagi rasm-odat undovlarini topib, ularning ma’no turlarini aniqlang.
1. Nazm eng o’tkir yaroqki, tekkan joyini kesadi-tashlaydi. Ofarin, taqsir!
2. Voqeadan xabar topgan haloyiq qutqaruvchilarga o’z minnatdorchiligining ramzi sifatida "Rahmat!" - derdi.
3. Hormang, barno yigit, xush kelibsiz, xo’p kelibsiz, deyishdi qizlar!
4. Qulluq, qulluq, taqsir! Ming bor qulluq. Xudodan qaytsin!



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish