1-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
1.1.
1-topshiriq. Gaplardagi modal so’zlarni aniqlang, ma’nosini izohlang.
1. Uning (Nurining) maqsadi Yo’lchi bilan uchrashuv, albatta.(O.) 2. -Balki siz Mirzakarim akani tanirsiz? Balki otangiz bilan tanish chiqar. – Extimol... (A.Qod.) 3. Astag’firulloh, nega bu to’g’rida Otabek xabar bermagan? (A.Qod.) 4. Xizmat, aya, boboy yaxshi yuribdilarmi? - Shukur-shukur, bolam. (S.Axm.) 5. Nihoyat, yurt og’alari... yig’in qilishdi. (A.Q.) 6. - Qani, ovqatga qarasinlar, marhamat! -Rahmat, raxmat, olamiz, albatta, - dedi mehmon.
2-topshiriq. Modal so’zlarni topib, har bir modal so’zning ma’no ottenkasini ayting.
1. Baxtimizga, havo ochilib ketdi.
2. To’yga taklif qilinganman, afsuski, borolmadim.
3. Aytmoqchi, bugun kim navbatchi bo’ladi? Shavkat bo’ladi, shekilli.
4. Menimcha, kecha tayyora uchmadi. Havo bulut edi, chog’i.
5. Lektor, odaticha, avval mavzuni yozib, keyin tushuntirib ketdi.
6. Darhaqiqat, kosmosni zabt etishda o’zbek olimlarining ham hissasi bor.
7. Bilish uchun qunt bilan o’qish kerak.
8. Savodxonlik jamiyatning barchasi uchun zarur.
9. Nutq madaniyatiga ahamiyat berish lozim.
10. Paxta muhim xom ashyo, demak, uning hosilini yil sayin oshirish darkor.
3-topshiriq. Ajratib ko’rsatilgan so’zlar misolida modal so’zlarning mustaqil so’zlardan farqini izohlang.
1. Qodir bu odamning aftidan kasb-korini belgilay olmadi.(A.Q.). Ular, aftidan, hozir ishdan qaytgan ko’rinadi.
2. Yo’lchi, chamasi, ikki yildan beri temirchi bilan do’st. (O.) - Urush chiqishi bilan qurilish bir oy chamasi to’xtab qoldi.
3. Bu daromadning qatiyan kesilish ehtimoli bor edi. (A.Qod.) -Ehtimol, bo’ron uchun ham meni aybdor qilarsiz. (Sh.R.)
4. Taajjub, uning maktubi yuragimda na sevinch uyg’otdi, na bir achinish! (Yo.Sh.) - Bu taajjub hol odamlarda gumon tug’dirmay qolmadi (M.I.)
1.2.
1-topshiriq. Modal so’zlarni topib, o’zgarish-o’zgarmasligini aniqlang.
1. Xullas, vodiyda ham, gullar bog’ida ham avvalgi hayotdan asar qolmagan edi. (Sh.R.)
2. Ilmsiz, ma’rifatsiz yangi turmush qurib bo’lmaydi, albatta. (X.G.)
3. Darhaqiqat, xalq uchun ulug’ ish qilayapsiz, o’g’lim. ( Sh.R.)
4. Afsuski, Dildorning mehnat g’ayratini, insoniy xislatlarini ba’zi beg’am raxbarlar sezmadi. (Yo.Sh.)
2-topshiriq. Yuklama va modal so’zlarni topib, ularning o’xshash va farqli tomonlarini izohlang.
1. So’zdagi noaniqlik, shubhasiz, fikr noaniqligining alomati. (L.N Tolstoy)
2. Kuch – aqlda. Aqlsiz bosh bamisoli shamsiz chiroq. (L.N.Tolstoy)
3. Aql ijodkorlik bo’lsa, topqirlik faqat hozirjavoblikdir. (K.Veber)
4. Agar o’sha ketishi bo’lsa, bugun xuddi qo’qonga etib borgan. (A.Qod.)
5. Bilarmisan, sevgan kishiga sodiq bo’lmoq o’zi saodat.( H.O.)
6. (Unsinga) Na kampirning, na qoratoyning yupatishlari kor qildi.(O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |