Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Undov so`z, salbiy xis-tuyg`u undovlari, sof undovlar, rasm-odat undovlari, motsional undovlar, odamlarga karatilgan undovlar, imperativ undovlar, xayvonlar, jonivorlarga qaratilgan undovlar, ijobiy-emotsional undovlar ko`rsatish-ta'kid undovlari, sodda undovlar, takroriy undovlar, juft undovlar.
1-savol bayoni: Undov so`zlar haqida umumiy tushuncha.
Undov so`zlar kishilarning his-hayajoni, buyruq-xitobi, xaydash-chaqirishi, shuningdek, rasm-odati bilan bog`liq bo`lgan turlicha munosabatlarni bildiradi.
Undov so`zlar maxsus turkum sifatida predmet yoki uning belgisini ifodalamaydi, ya'ni leksik jihatdan nominativlikni ko`rsatmaydigan so`zlar guruhida bo`lsa, grammatik jihatdan o`zgarmaydigan so`zlar qatoriga kiradi.
Sof undov so`zlar kelishik va egalik qo`shimchalarini olmaydi. Bunday qo`shimchalarni qabul qilish uchun ular avvalo otlashishi kerak; masalan, dodingni kimga aytasan kabi.
Undov so`zlar gap bo`lagi bo`la olmaydi, chunki gap tarkibida ular boshqa so`zlar bilan sintaktik aloqaga kira olmaydi. Ular faqat otlashgandagina gap bo`lagi vazifasini bajarishi mumkin. Undov so`zlarda mustaqil so`z turkumlaridek so`z yasalish sistemasi yo`q. Undov so`zlar demoq, ba'zan urmoq, topmoq, solmoq fe'llari bilan birikishi mumkin, boshqa xollarda hech qanday so`zlar bilan birikmaydi. Masalan: Oh dedim, ovora bo`ldim, yora bilmaydir xanuz. (Muqimiy). Dod voy solmoq, uf tortmoq, oh urmoq kabi. (Bu misollarda nazarimizda undov so`zlar qo`shma fe'lning komponenti sifatida ishtirok etmoqda). Undovlarda ohang muhim rol uynaydi. Bir undovning turlicha ohangda talaffuz qilinishi ularning ma'nosiga turlicha ta'sir qiladi. Masalan: O, qanday go`zal manazara. gapidagi "O" undovining ma'nosi bilan O, bekorlarni aytibsiz gapidagi "O" undovining ma'nosi teng emas. Birinchi gapdagi undov xursandchilikni, ma'naviy lazzatlanish ma'nosini ifodalayotgan bo`lsa, ikkinchi gapdagi undov so`z e'tiroz, norozilik ma'nolarini ifodalab kelayapti. Yoki: Oh, qanday sulim kecha-ya!(O.) -shodlik, Oh, umr utdi-ketdi oqar suvday... –shikoyatli ovoz bilan dedi kampir. (O.) - afsuslanish, Oh, go`yo o`zing bilmaysan,-dedi ko`zlarini uynatib Tansiq.(O.) -ajablanish ma'nolari ifodalanyapti .
Undovlarning ma'nosini aniqlashda ohang bilan bir qatorda kontekstning ham ahamiyati katta. Shuningdek,undovlarning ma'nosini aniqlashda turli mimika va imo-ishoralarning ham o`ziga xos o`rni bor. Boshqa turkum so`zlar har doim ham undovlarga o`tavermaydi. Ularni bunday holatga kiritish uchun maxsus ohang bilan talaffuz etish talab qilinadi. Masalan,"Komissiya" so`zi "qabul komissiyasi o`z ishini boshladi" gapida ot turkumiga xos ma'no - umumkategorial ma'noni, ya'ni predmetlik tushunchasini ifodalayapti. Lekin "Komissiya! Endi nima qilamiz" gapida esa bu so`z emotsional ma'noga ega bo`lib, grammatik jihatdan umumiy gapning mazmuniga tegishli aloqador bo`lsa ham, sintaktik jihatdan gapga yoki uning biror bo`lagiga aloqasi yo`q, bog`lanmaydi.
Undov so`zlar ko`pincha o`ziga xos mimika bilan aytiladi. Mimika undovning ma'nosini kuchaytirib yoki kamaytirib qolmay, ularning ma'nosiga ham ta'sir etadi. Masalan, Bay-bay-bay,bunaqa somsani emaganimga necha yil bo`ldi ekan. (A.Q.) gapidan kishining rohatlanganligi, lazzatlanganligi ma'nosi anglashilib turibdi. Biroq shu gapni ayta turib yuzni burishtirilsa, tamoman boshqa ma'no anglashiladi.
Undov so`zlar boshqa so`z turkumlariga o`tganda ulardagi emotsionallik yo`qoladi. Undovlar nutqda ifodalilikni kuchaytirish uchun qo`llaniladi. Ular so`zlovchining xis-tuyg`usini ifodalashdan tashqari, baholash munosabatini bildirish xususiyatiga ham egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |