Nazorat savollari:
1. Frazeologizmlar va ularning semantik-uslubiy tabiati haqida gapiring.
2. Frazeologik va leksik-frazeologik sinonimlarni ajratib bering.
3. Emotsional-ekspressiv bo’yoqli frazeologizmlar va bularning qo’llanishini tushuntiring.
4. Frazeologizmlarni qo’llash usullarini izohlang.
5. Noadabiy frazeologizmning uslubiy qo’llanishi haqida nimalar deya olasiz?
6. Maqol va matallarni tilimiz boyligi sifatida adabiy asarlardan namunalar keltiring.
7. Maqollar xalq tilidan tiliga o’tib, sayqallangan so’zlar qaymog’i ekanligini isbotlang.
8. So’zlashuv uslubida ishlatiladigan maqollarga misollar keltiring.
9. Publitsistik uslubdagi maqollarga misollar keltiring.
10. Badiiy nutqda ishlatiladigan maqollarga misollar keltiring.
11. Maqollarning ahamiyatini ilmiy asoslang.
12. Xalq og’zaki ijodi namunalari sifatida maqollarning vazifasini aniqlang.
9-mavzu bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Adabiy asarning badiiy qiymatini, ifodaliligin, ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi ko’chim deyiladi.
Ongimizda qandaydir xususiyatlari bilan, belgilari bilan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki prebmet yoki hodisani chog’ishtirish, o’xshatish ko’chimga asos qilib olinadi. Ya’ni biror predmet yoki voqea hodisa haqida aniq,yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa biror predmet yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi.
Uslubiyatga oid adabiyotlarda badiiy tasvir vositalari turli usullari kiritiladi. Bular dastlab poeziya doirasida qarala boshlanadi. Keyingi yillarda nashr qilingan adabiyotlarda esa sintaktik shakllar boshqa uslublar doirasida ham o’rganilayapti.
Mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. A. Shomaqsudov, I. Rasulov, R. Qo’ng’urov, X. Rustamov. O’zbek tili stilistikasi. T.: O’qituvchi, 1983.
2. R. Qo’ng’urov, S. Karimov, T. Qurbonov. O’zbek tili funktsional stillari. S. SamDU nashri, 1984.
3. Yo. Tojiev, N. Hasanova, H. Tojimatov, O. Yo’ldosheva. O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari (ommabop qo’llanma). T., 1994.
4. Qo’ng’urov R.O’zbek tilining tasviriy vositalari. Toshkent. Fan. 1977.
5. Abdullaev A.O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.Toshkent.
Fan.1983 .
6. Qo’ng’urov R.Begmatov E.Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. Toshkent. O’qituvchi 1992.
7. Toshaliev I. O’zbek tili uslubiyati. O’quv qo’llanma. Toshkent. Milliy universitet. 1996.
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.
2. Jumaboyev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2002, -290 bet.
3. Jumaboyev M Bolalar adabiyoti. –T.: O‘qituvchi, 2011, 260 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |