Muhokama uchun savollar:
1.1. So’z qo’llash san’ati haqida o’z fikringizni manbalar asosida izohlashga harakat qiling.
1.2. Omonimlar, omoformalar, omofonlar, omograflar, paronimlar haqida tushuncha bering, farqini misollar yordamida isbotlang.
1.3. «Ma’nodoshlik-uslubiyat asoslari» gapini izohlang.
1.4. Ziddiyalarni qo’llay olmaslik natijasida qanday xatolar kelib chiqadi? Misollar asosida isbotlang.
1.5. Lug’aviy-ma’noviy silsila, (leksik-semantik paradigma) va lug’aviy muqobillik (oppozitsiya)ning turlari va mohiyati.
1.6. So’z ma’nosi va uning tasviriy-ta’sirchanlik xususiyati.
1.7. Ko’p ma’noli so’zlar tasviriy-ta’sirchan va a’moliy-uslubiy vosita sifatida.
1.8. Sinonimlarning uslubiy vazifalari va ularni qo’llash usullari.
1.9. Matniy sinonimlar. Gazeta tilidagi matniy sinonimlar.
1.10. Antonimlar va ularning uslubiy qo’llanishi.
1.11. Omonimlar va ularning uslubiy qo’llanishi.
1.12. Paronimlar va ulardan uslubiy maqsadlarda foydalanish.
1.13. Ko’chimlar va ularning uslubiy tavsifi.
1.14. So’z ichki «qiyofasi»ni jonlantirish usuli.
Frazeologiyaning vzu uslubiy imkoniyatlari.
Frazeologik iboralar va ularning turli nutq uslublarida ishlatilishi. Frazeologiyada tildagi turg’un–barqaror birikmalar o’rganiladi.
Odatda, so’zlarning birikuvi tufayli so’z birikmasi hosil bo’ladi. Bu so’z birikmalarining ba’zilari erkin bo’lsa, ba’zilari turg’un (barqaror) bo’ladi. Oyoq uchida birikmasi kontekstdan anglashilgan ish-harakatning imi-jimida, yashirincha, maxfiy bajarilganligini bildiradi. Birikma tarkibidagi har bir so’z o’z mustaqil ma’nosini saqlamagan, shunga ko’ra bu tarkibdagi so’zlari (komponentlari) barqaror bo’linmas bir semantik birlikni hosil qilgan turg’un birikmadir.
Quyidagi gaplardagi og’zi qulog’ida, qo’l keladi, nonini tuya qilmoq iboralari ham turg’un birikma sanaladi: istar-istamas idoraga kirgan Bo’riboy bu erdan og’zi qulog’ida bo’lib chiqdi. U dinni qurol qilib sodda dil musulmonlarning nonini tuya qilib yurar ekan. Ibora tarkibidagi har bir so’znig ma’nosi tushunarli bo’lsa-da, ammo bu so’zlarning semantik bog’lanishi cheklangan, ularni boshqa biror so’z bilan almashtirish mumkin emas.
Ko’p ma’nolilik hodisasi turg’un birikmalarga, ya’ni frezeologik iboralarga ham xos. Masalan, «O’zbek tilining qisqacha frazeologik lug’ati»da bosh ko’tarmoq iborasining 6 xil ma’no qirralari ko’rsatiladi.
Quyidagi iboralar ham bir necha ma’noga ega: yo’lga solmoq:
1)ketish tomoniga to’g’rilab jo’natmoq, yurgizmoq;
2)to’g’ri yo’lga qaytarmoq;
3)manfaatdor bo’lgani holda rag’batlantirmoq;
4)faoliyatini yaxshilamoq;
Do'stlaringiz bilan baham: |