Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet526/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Antonimlar. Antonimlar ikki so’z orasidagi qarama-qarshi ma’no munosabatini ifodalaydi. Masalan, kata-kichik, issiq-sovuq, yaxshi-yomon.
Bir so’zning bo’lishli va bo’lishsiz formalari antonim so’zlardagi kabi zid, qarama-qarshi ma’no munosabatini hosil qilmaydi. Antonim bo’lishi uchun ikkita so’zning zid leksik ma’no munosabati bo’lishi shart.
Antonimlar, asosan, belgi anglatuvchi so’zlarda uchraydi (sifatlarda, ravishlarda): oq-qora, uzoq-yaqin, do’st-dushman. Miqdor, vaqt, o’rin, harakat-holat ma’nolarini ifodalaydigan so’zlarda zidlash ma’nosi kam bo’ladi (ravish, ot, sifat, fe’l): oz-ko’p, baland-past, kecha-kunduz, kulmoq-yig’lamoq. Shunga ko’ra antonimlar sifat, ravish so’z turkumlarida ko’p uchraydi. Fe’llarda antonim hosil etuvchi so’zlar juda kam, son, olmosh, modal va yordamchi so’zlarda umuman yo’q.
Antonimik holat so’z birikmalarida ham bo’ladi: baland bo’yli semiz qari kishi–past bo’yli oriq yosh kishi; qizil rangli katta chamadon-qora rangli kichik chamadon.
Bir so’z bir ma’nosida antonimga ega bo’lishi, boshqa ma’nolarida umuman antonimga ega bo’lmasligi mumkin. Masalan, qalin so’zining odatdagi antonimi yupqa so’zi bo’ladi: qalin qog’oz-yupqa qog’oz, qalin ko’rpa-yupqa ko’rpa. Lekin qalin so’zi birikmaga o’zining ko’chma ma’nosi bilan kirishganda yupqa so’ziga antonim bo’lolmaydi; qalin o’rtoq («yaqin» ma’nosida) – yupqa o’rtoq deb bo’lmaydi; qalin soch («zich» ma’nosida)–yupqa soch deyilmaydi.
Ba’zi so’z yasovchi affikslar ham o’zaro antonimik munosabat hosil qiladi: jonli-jonsiz, pulli-pulsiz, bepul. Antonimik juftiga ega bo’lmagan so’zlarga o’zaro antonim so’z yasovchi qo’shimchalarni qo’shish bilan qarama-qarshi ma’noli antonimlar yasash mumkin.
Antonimlar nutqda kata ahamiyatga ega. Ular narsa-buyum va hodisalar orasidagi farqni to’g’ri ifodalay olish imkonini beradi. Antonimlarni to’g’ri qo’llay olmaslik qo’pol xatoga olib keladi. Masalan, quyidagi misolni kuzating: choyxona mudiri Yusufjon Nozimov ko’rinishidan turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o’xshaydi. («G’alaba» gazetasi).
Antonimlar tilning kuchli uslubiy vositalaridan biridir. Yozuvchilar voqelikni, narsa va hodisalarning sifat va xususiyatlaridagi farqni ko’rsatishda, bir-biriga qarama-qarshi qo’yib tasvirlashda–kontrastlar hosil qilishda antonimlardan foydalanadilar. Ayniqsa, she’riy asarlarda bir-biriga zid fikr va hissiyotlarni ifodalashda antiteza uslubi keng qo’llaniladi:
Ota-ona uyquga ketdi,
Uyda faqat Inobat bedor...
Kichik qalbda buyuk sevinch bor
Er yuzini tutib ketguday.
(Zulfiya.)
Ko’rinadiki, antonim so’zlar hodisa va holatlarning ikchi ziddiyatini ochishda kuchli uslubiy vosita sifatida muhim rol o’ynaydi.
Zidlash munosabati kontekstual-situativ xususiyatda xam bo’ladi. Antonimik munosabat nutq situatsiyasida, ya’ni so’zlarni ma’lum kontekstda qo’llash orqali voqe bo’ladi. Masalan, Do’st achitib gapiradi, dushman kuldirib. Bunday qarama-qarshi qo’yish, zidlash natijasida hosil bo’lgan antonimlar kontekstual antonimlar deb ataladi. Kontekstual antonimlar ko’pincha individual, biror muallifga xos bo’ladi.
Zidlash munosabatini ifodalashning ko’rinishlaridan yana biri oksimorondir. Kishi yoki buyumning tabiati va mohiyatiga xos bo’lmagan zid belgini unga nisbatan qo’llash orqali antonimik munosabat hosil qilish oksimoron deyiladi. Bu stilistik uslubda to’g’ri ma’nolari bilan mantiqiy jihatdan muvofiq kelmaydigan so’zlar bir-biri bilan uchrashadi, natijada, komponentlari mohiyat e’tibori bilan bir-biriga tamomila qarama-qarshi bo’lgan ko’chma ma’nodagi birikma hosil bo’ladi. Bu birikmaning material jihatdan ko’rinishi asosan sifatQot tipida bo’ladi. Masalan, shirin dard, achchiq shodlik, aqlli tentak, soqolli ko’sa, ziyrak devona.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   522   523   524   525   526   527   528   529   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish