Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


-topshiriq. Sinonimik modal so’zlarga misol keltiring. 2-topshiriq



Download 4,68 Mb.
bet434/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

1-topshiriq. Sinonimik modal so’zlarga misol keltiring.
2-topshiriq. Modal so’zlarning boshqa so’z turkumlariga munosabati haqida gapiring va ularni so’z turkmiga munosabatiga ko’ra turlarga ajratib, izohlang.
3-topshiriq. Keltirilgan emotsional undov so’zlarni ma’nosiga ko’ra: ijobiy, salbiy va rasm-odat ma’noli undov so’zlar guruhiga ajrating.
Oh, eh, uh, o, e, uf, voy, uf, ofarin, salom, xo’sh, rahmat, hormang, balli, barakalla, bay-bay, hay-hay, voy-buy, oh-voh, voy-dod, chuh, kisht, qurey-qurey, tfu, komissiya kabilar.
4-topshiriq Undov so’zlar qanday ma’no guruhlariga bo’linadi?
5-topshiriq. Quyida keltirilgan juft taqlid so’zlar qismlari ifodalayotgan ma’no xarakteridan kelib chiqib ularni: 1) qismlari mustaqil qo’llana oladigan, 2) qismlari mustaqil qo’llana olmaydigan, 3) qismlaridan biri mustaqil qo’llana oladigan guruhlarga ajrating.
g’ovur-g’uvur, shov-shuv, alang-jalang, g’ivir-shivir, vag’ir-shag’ir, vij-vij, tars-turs, vag’ir-vig’ir, ivir-shivir, shaqir-shuqur, shaldir-shuldir, yalt-yult, taraq-turuq, shart-shurt, qars-qurs, kiy-chuv, g’ala-g’ovur, g’idi-bidi, adi-badi, gangir-gungur, hang-mang, apil-tapil, apir-shapir kabilar



14-17

6



NAZORAT SAVOLLARI VA TOPShIRIQLARI
Grammatika va sintaksis.
1.2.1. Grammatika tushunchasi doirasining kengayib borishini izohlab bering.
1.3.1. Grammatika tor va keng ma’noda nimani anglatishi qaysi javobda berilgan .
a) grammatika tor va keng ma’noda tushinilmaydi;
b) tilning grammatik qurilishi haqidagi fan;
v) umuman tilning grammatik qurilishi ;
g) b va v javoblardagi ma’nolar ;
d) tor ma’noda fanni, keng ma’noda san’atni bildiradi ;
e) Grammatika yunoncha so’zdan olingan va qo’shma so’z hisoblanadi.
1.4.1. Tilning asosi ifodalangan qatorni toping.
a) fonetika, grafika, orfografiya, so’z yasalishi,gap;
b) fonetika, fonologiya, leksikologiya, frazeologiya;
v) fonetika, morfologiya, sintaksis;
g) tovush tizimi, leksika, grammatika;
e) tovushlar, mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar.
2.2.1. Grammatikaning o’rganish ob’ektlarining o’zaro farqlarini tushuntiring
2.3.1 Grammatikaning o’rganish ob’ektlari berilgan qatorni toping.
a) fonetika, leksika, ko’p ma’noli so’zlar;
b)so’z turkumlari, so’z shakllari, so’zlarning o’zaro bog’lanishi, bog’lanmalar;
v)so’zlarning o’zgarishi, so’zlarning bog’lanishi, frazeologizmlar, gaplar ;
g) so’zlar, so’z shakllar, frezeologizmlar, so’z birikmalari;
d) tovush tizimlari, so’z shakllari, sintaktik aloqa va munosabatlar;
2.4.1. Grammatika va leksikologiyani o’rganish ob’ektlariga ko’ra taqqoslang.
3.1.1. Leksik va grammatik ma’nolarga misollar keltiring.
3.2.1. Leksik va grammatik ma’noning farqini izohlab bering .
3.3.1. Kitobning varag’i birikmasining leksik va grammatik ma’nosini aniqlab bering.
3.6.1. Grammatik ma’no ifodalangan qatorni toping.
a) fonema, harf, leksika, ibora;
b) ot,atoqli ot,konkret ot, bosh kelishiklar.
v) bu erda grammatik ma’no yo’q.
g) leksik ma’no,semema,.sema,bo’yoq.
d) assimilyatsiya. dissimilyatsiya,prokopa.

      1. Morfologiya va sintaksisning o’zaro aloqadorligi va farqlarini izohlang .

4.3.1. Kitob-bilim bo’log’i gapidagi kitob so’zining leksik, morfologik, sintaktik ma’nolari topib, bayon qiling.
4.4.1. So’zning morfologik va sintaktik ma’nolariga xarakteristika bering.
5.1.1. Sintaksisning o’rganish ob’ektlarini sanang.
5.2.1. Sintaksisning o’rganish ob’ektlarini farqlang.
5.3.1. Sintaksis va morfologiyani o’rganish ob’ektlariga ko’ra taqqoslang.
5.3.2. Gapning asosiy sintaktik birlik ekanini tushuntiring.
Sintaktik aloqa va uning turlari.
1.3.1.Sintaktik munosabat to’liq ifodalangan javobni toping.
a) Ega –kesim, aniqlovchi-aniqlanmish munosabati.
b) Sub’ektli munosabat, atributiv munosabat.
v) Sub’ektli, atributiv, relyativ, ob’ektli munosabat.
g) Predikativ, ob’ektiv, sub’ektiv munosabat.
2.1.1.Sintaktik aloqa haqida ma’lumot bering.
2.2.1. Sintaktik aloqani ifodalovchi vositalarni ko’rsating.
a) shakl yasovchilar, so’z yasovchilar, so’z o’zgartuvchilar;
b) shaxs-son qo’shimchalari, egalik va son kategoriyasi;
v) kelishiklar, egaliklar, birlik va ko’plik qo’shimchalari.
g) so’z o’zgartuvchilar, fe’l shakllarini yasovchilar, ko’makchilar, undalmalar va kirishlar.
d)so’z o’zgartuvchilar, fe’l shakllarini yasovchilar, ko’makchilar, bog’lovchilar, olmoshlar, bog’lama, gap bo’laklarining tartibi, intonatsiya.
e)so’z o’zgartuvchilar, fe’l shakllarini yasovchilar, ko’makchilar, bog’lovchilar, modal so’zlar, undovlar.
2.3.1. Quyidagi gapda sintaktik aloqa qanday vositalar orqali ifodalangan?
Meni olib keting, O’zbekistonga!
3.1.1 Sintaktik aloqa turlari haqida ma’lumot bering.
3.2.1 Predikativ – nopredikativ va tobe-teng aloqalarning farqini izohlang.
3.3.1 Moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqasi asosida 3 ta so’z birikmasi va 3 ta gap tuzing.
3.4.1 Navoiyning g’azali birikmasini sintaktik aloqa turlari bo’yicha tahlil qiling.
3.4.2 Ega va kesim, to’ldiruvchi – to’ldirilmish, aniqlovchi-aniqlanmish, hol va hollanish orasidagi aloqa sintaktik aloqaning qaysi turiga mansub?
3.4.3. O’zbek tilining sintaktik qurilishida qaysi sintaktik aloqa keng tarqalgan ?
Sintaktik qurilmala, so’z birikmasi

      1. Sintaktik qurilmalarning turlari ko’rsatilgan javobni toping.

A) ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol;
B) undalma, kirish, kiritma, ajratilgan bo’lak;
V) sodda gap, qo’shma gap, murakkab qo’shma gap;
G) bir so’zli qurilmalar, ikki so’zli qurilmalar, ko’p so’zli qurilmalar;
D) so’z birikmasi, so’z –shakli, yoyiq sodda gap.
1.2.1 So’z birikmasi sintaktik qurilmaning bir turi ekanligini izohlab bering.
1.3.1. Quyidagi sintaktik birliklardan qaysinisi so’z birikmasi?
A) Tez-tez gapir;
B) tez gapirmoq;
V)Ko’nglimga tugib qo’ydim;
G) masala yuzasidan;
D) yordam bera boshladi.
1.4.1. Quyida berilgan sintaktik qurilmalarni guruhlarga ajrating:
Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k. Hech qayoqqa bormayman. -Borasan. Eshitdim, bog’larda tanxo o’tkazar emushsan mensiz tunlarni. U mening gaplarimga ishonmadi.
1.5.1. Sintaktik qurilmaga ta’rif bering.
1.6.1. Gapning yuzaki tahlili bog’lanmasi turgun so’z birikmasidir degan hukm to’g’risida o’z fikrlaringizni bildiring.
2.1.1. So’z birikmasining ta’rifini ayting.
2.1.2. So’z birikmasining asosiy leksik-grammatik xususiyatlarini ayting.
2.1.3. So’z birikmasi komponentlari asosan qanday usullar yordamida bog’lanadi?
2.2.1 Quyidagi mustaqil so’zlardan so’z birikmasi tuzib, hokim komponentlarning tagiga chizing: uzun, kelmoq, tez, arqon, gapirmoq, yaqin, o’qib, akam, ikki marta.
2.3.1. Kelishik qo’shimchalari va egalik qo’shimchalari nima uchun so’zlarni bog’lovchi grammatik vositalar deyiladi?
2.4.4.So’z birikmasi to’g’risidagi qaysi hukm to’g’ri.
A)So’z birikmasi ikki so’zning bog’lanishidan tuzilgan kommunikativ birlikdir.
B)So’z birikmasi fikr ifodalovchi nomustaqil ochiq sintaktik qurilma.
V)So’z birikmasi uch va undan ortiq mustaqil so’zlardan tashkil topgan birlik.
G)so’z birikmasi ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlarning tobelanish asosida bog’lanishidan hosil bo’ladi.
D) Ikki yoki undan ortiq mustaqil, yordamchi so’zlarning tobelanishidan tuzilgan sintaktik qurilma so’z birikmasi deyiladi.
3.4.1. Tobe va hokim komponentlarning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.

      1. So’z birikmasi komponentlaridan birining nima sababdan doim tobe ikkinchisining nima sababdan hokim bo’lishini tushuntirib bering.


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish