Yordamchi so’zlar va ularning leksik-semantik, grammatik xususiyatlari
|
1-topshiriq. Matndagi yordamchi so’zlarni topib, ularning har biriga to’liq xarakteristika bering.
1. Suqrotning donoligi shunda ediki, u bilmaganini bildim deb o’ylamas edi. (Tsitseron) 2. Boylikdan kerilmoq – aqldan nari, chunki u o’tkinchi bulut singari. (Jomiy) 3. Kuchga bo’ysunish mumkin, ammo faqat aqlgagina so’zsiz itoat etadilar. (L.Blanki) 4. Odamlarni jismoniy baquvvatlik ham, pul ham emas, haqgo’ylik va serqirra bilimdonlik baxtiyor qiladi. (Demokrit)
2-topshiriq. Ko’makchilar bilan ularning omonimlarini qiyoslang va farqini tushuntiring.
1. Yig’ilishda so’zni Rasuljon boshlab berdi. - U ertadan boshlab ishga kirishadi.
2. Men hozir kelaman, sen ukangga qarab tur. - U markazga qarab ketdi.
3. Bo’ri ovchini ko’ra qochdi. - Kechagi yig’ilishning qaroriga ko’ra bugun ko’chat ekishni boshlab yubordik.
4. Ichida nimalarni o’ylab ketyapti bu otliq? – qopcha, qopchaning ichida uncha, unchaning ichida - ustuncha. (Topishmoq: jiyda)
3-topshiriq. Matndagi gaplarni bog’lovchilarning ma’no va vazifalariga ko’ra turlariga: oldin teng bog’lovchili, so’ngra ergashtiruvchi bog’lovchili gaplar guruhiga ajrating.
Parkent – tog’lik joy. Parkent dengiz sathidan ancha yuqori, shuning uchun u erda anor va anjir pishmaydi, issiq kamlik qiladi. Iyun va iyul oylarida Buxoro, Termiz kabi joylarda issiq 40-42 darajaga chiqadi, lekin Parkentda shu oylarda ham harorat 30 darajadan past bo’ladi. Parkent ko’klarga burkangan, u chiroyli ko’rinishi, mayin, salqin havosi va tiniq suvi bilan kishiga orom bag’ishlaydi, shuning uchun ko’rkam tog’lar quchog’idagi bu joyda dam olish uylari ko’p.
4-topshiriq. Yuklamalarni toping va ular ifodalayotgan qo’shimcha ma’nolar(so’roq, taajjub, ta’kid, ayiruv, chegaralash, kuchaytiruv, inkor va b.)larni tushuntiring.
1. To’xtang-chi, frontda bo’lganmisiz? …Eski oshna ekanmiz-ku! (O.)
2. Hamma gap suvda…Ha, shunday deng-a…
3. Biz nima deyapmiz-u, sen nima deyapsan?
4. Hali eshitdingmi, o’sha mening mirzam yorlig’ opti-ya? (A.Qod.)
5-topshiriq. Yuklamalarni aniqlang. qaysi yuklama so’zga, qaysi biri gapga qo’shimcha ma’no berayapti, tushuntiring.
1. Mahdum urina - urina, nihoyat, o’zi ham kuldi. Zor qolguring juda ham qotibdi-da, kun ham issiq-a, Ra’no? (A.Qod.)
2.Kitob-daftarlaringni usti toza emas-ku! Nega beparvoligingni tashlamaysan axir!
3.Elektr ko’zgagina emas, qo’lga ham yordam bersin.(O.)
4.Akam duradgor. Uning qo’lidan-chi hamma ish keladi. U yaxshi, chiroyli jihozlar yasaydi. - Akam mebel fabrikasida ishlaydi-da!
|
10-13 haftalar
|
6
|