Bir bosh bo’lakli gaplar
1.1.1.Sodda gaplar tuzilishga ko’ra necha turga bo’linadi ?
1.2.1. Oddiy va murakkab sodda gaplarni tavsiflang.
1.2.2.Sodda gaplarning bosh bo’laklarning miqdoriga ko’ra turlari ko’rsatilgan javobni toping.
a) yoyiq va yig’iq gap;
b) egasiz va kesimsiz gap;
v) to’liq va to’liqsiz gap;
g) bosh bo’lakli va bosh bo’laksiz gap;
d) bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gap.
1.2.3.Bir bosh bo’lakli gaplarda qaysi bosh bo’lak tushib qoladi?
a) to’ldiruvchi tushib qoladi.
b) aniqlovchi tushib koladi.
v) o’rin holi tushib qoladi.
g) ular bunday xususiyatga ega emas.
d) kesimi tushib koladi.
1.3.1.Bir bosh bo’lakli gaplar:
a) to’liq fikr ifodalaydi;
b) to’liq fikr ifodalay olmaydi;
v) chala fikr ifodalaydi;
g) tushuncha ifodalaydi;
d) aniq fikr ifodalaydi.
1.4.1.Qaysi qatorda to’liqsiz gap berilgan?
a) Kunduzi erga qaraydi, kechasi osmonga qaraydi.
b) Men ertaga Buxoraga borishim kerak.
v) Opang qani? – Oshxonada.
g) O’n etti kun ochlikda yashagan odam.
d) O’limdan qo’rqmaganni mard deyishadi.
1.5.1.Bir bosh bo’lakli gap va so’z-gaplarga qiyosiy xarakteristika bering.
1.6.1. Bir bosh bo’lakli gapda predikativlikning ifodalanishini isbotlab bering.
1.7.1. Quyida berilgan bosh bo’lakning sintaktik vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping O’rtada katta archa.
a) bosh bo’lak ifodalanmagan.
b) bosh bo’lak (turibdi) tushib qolgan.
V)bu gap emas, so’z birikmasi.
g) ega.
d) kesim
1.8.1. Bir bosh bo’lakli gaplarning qanday tiplari bor?
qaysi javob savolning mohiyatiga mos.
a) egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
b) egasi topiladigan gaplar, egasi topilmaydigan gap.
v)shaxsi aniq gap, shaxsi noaniq gap, shaxsi umumlashgan gap, shaxssiz gap, atov gap, vokativ gap, infinitiv gap.
g) shaxsi aniq gaplar, shaxsi noaniq gaplar, shaxssiz gaplar, undov gaplar.
d) shaxsi nomalum gaplar,shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz gaplar, nominativ gaplar, undov gaplar.
2.1.1.Shaxsi aniq gapning tarifini ayting.
2.2.1.Shaxsi aniq gaplarning kesimlari fe’lning qaysi shakllari bilan ifodalanadi?
a) harakat nomi shakllari bilan;
b) 3-shaxsdagi buyruk mayli shakllari bilan;
v) guncha, -gancha, -gani qo’shimchali ravishdoshlar bilan;
g) 1-va 2- shaxsdagi tuslanuvchi fe’l shakllari bilan;
d) 3-shaxsdagi orttirma nisbat fe’l shakllari bilan.
2.3.1.Bosh bo’lagi fe’ldan boshqa so’z bilan ifodalangan shaxsi aniq gaplarni toping.
a) Uyg’onguvchi bog’larni kezdim.
b) Oh,sening yoshliging menda bo’lsaydi?!
v) Uch yildan buyon zavodning bosh injeneriman.
2.2.1. Shaxsi noaniq gapga tarif va tavsif bering ?
2.2.2.Gaplarning shaxsi noaniqligini tushuntirib bering?
2.2.3.1Shaxsi noaniq gaplarning bosh bo’lagi qanday fe’l shakllari bilan ifodalanadi?
2.3.1.Shaxsi umumlashgan gapning tarifini aytib bering.
2.3.2. Shaxsi umumlashgan gapni tavsiflang.
2.3.3. Shaxsi umumlashgan gap bosh bo’lagi ifodalanishini bayon qiling.
2.4.1. Shaxssiz gapning tarifini ayting.
2.4.2. Shaxssiz gapni shaxsi aniq,shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplar bilan qiyoslab tushuntiring.
2.4.3. Shaxssiz gap kesimining morfologik shakllarini sanang.
2.4.1.Shaxsi noaniq gap berilgan javoblarni toping.
a) Qush edim, qanotimni qayirdilar, gul edim,bulbulimdan ayirdilar.
b) Bo’lmading deb qaytarib yuborishdi.
v) Ular qachon kelishadi?
g) Yigirma oltinchisi otilmasin!
2.5.1. Shaxsi noaniq gapda harakatning bajaruvchisi aniq ifodalansa, qanday gap hosil bo’ladi.
a) shaxsi aniq gap;
b) shaxsi umumlashgan gap;
v) to’liq gap;
g) yoyiq gap;
d)iIkki bosh bo’lakli gap.
2.3.4. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
a) Eksang o’rasan;
b) Borsang ko’rasan;
v) O’rningdan tur;
g) Ketsang ketaver;
d)Otni egarla.
2.3.5. Kesimi buyruk mayli bilan ifodalangan shaxsi umumlashgan gapni toping.
a) Menga demasa, zahar yut,
b) Jonginam, shartingni ayt.
v) O’ynab keldingmi, ovqatingni e!
g) Gulistonni bog’i bo’stonga aylantiraylik!
d) Shaharni bir aylanaylik.
2.3.6. Quyidagi maqolning bosh bo’laklari qaysi shaklda:
Maxbusdan qo’rqma, shaytondan qo’rq.
a) aniqlik maylining bo’lishsiz-bo’lishli shakli;
b) orttirma nisbatning bo’lishsiz-bo’lishli shakli;
v) Hozirgi-kelasi zamonning bo’lishsiz-bo’lishli shakli;
g)buyruk maylidagi 2-shaxs fe’lining bo’lishsiz-bo’lishli shakli;
d) shart-istak maylining 2-shaxs shakli.
2.4.4. Shaxssiz gap berilgan qatorni toping.
a) Men ertaga darsga bora olmayman;
b) Bu erda cheksa bo’ladimi ?
v) Akam bir kelib ketsa bo’lardi;
g) Suv ichishga yaroqsiz;
d) Tufli sizga to’g’ri keldi.
2.5.5. Berilgan gaplarning qaysilari atov gaplar ?
a) «Oyijon…» endi bizni kim boqadi ?!
b) Hunar, hunardan unar.
v) Bahorning gullagan chog’i.
g). Mana bedam!
d). Oh, Hirot, Hirot! Kindik qonim to’kilgan shahar !
Atov gapni tavsiflab bering.
Atov gapning bosh bo’lagi qaysi va qanday so’zlar bilan ifodalanadi?
2.5.7.Atov gaplarning hosil bo’lishida intonatsiyaning rolini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |