2-savol bo’yicha savol va topshiriqlar
2.1
1-topshiriq. Gaplardagi modal so’zlarning sintaktik o’rni va vazifasini aniqlang.
1. Ko’nglingizga kelmasin-u, izvoshga eshak qo’shib bo’lmaydi – To’g’ri! Albatta, albatta. (A.Q.)
2. O’rmonjon, bu soatning to’g’riligiga shubhalandi shekilli, o’z soatiga qaradi. (A.Q.)
3. Balki siz, sigir ham gapiradimi, dersiz. («Mushtum»)
4. Hammangiz ham birvarakay to’y qilasiz! - Albatta! (Uyg’un)
5. Ishchan, juda-juda ishchan odam. Ishning ko’zini biladi. Jamoaning butun hisob-kitob ishlarini shu eplab turibdi. - Ehtimol, - dedi O’rmonjon kulimsirab.
- Lekin idora ishida uning ishchanligini ko’rmadim. (A.Q.)
6. Mana borib ko’rarsan. Hoynahoy, menikiga tushmasdan ketmassan. (Uyg’un)
7. Bildimki, afsona, qo’shiq va o’yin jon topgan u shahlo ko’zlardan, shaksiz. (Shayxzoda)
2-topshiriq. Kirish so’z vazifasida kelgan modal so’zlarni aniqlang.
- Mazmuni, mag’rurlik, o’jarlik xalal berdi, chamasi... (Uyg’un)
Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi shekilli, noiloj "xa"dedi. (A.Q.)
Haqiqatdan ham , cholning mehnat qilayotgani ko’rinib turar edi. (S.Nazar)
Yaxshiyam kelganlaring-a! Anchagina foydalaring tegdi. - Albatta-da. Xayt degan tuyaga mador, deb qo’ydi Boboqul ota. (H.Nazir)
Bu, shubhasiz, bizning yutug’imiz. (A.Q.)
…Lekin, jigar, … Esga tushsa, achinaman, albatta. (Uyg’un) 8. Darvoqe, bu gap raisning uyida ham aytilgan edi. (S.Nazar)
2.2.
1-topshiriq. So’z-gap bo’lib kelgan modal so’zlarni toping. 1. Aytmoqchi bo’lgan gapimni tushundingizmi? - Albatta!
Sen ham borasanmi? - Bo’lmasam-chi!
Siz ham shunday o’ylaysizmi? - Aksincha!
4. Salim bugun jim o’tirdi. - Naxotki!
2-topshiriq. Gaplarni kirish so’zli gaplar va so’z-gapli gaplarga ajrating.
Baxtga qarshi, bugun bora olmadim.
Anorxol buvisini sevadi. – Ehtimol!
Anorxol buvisini sevadi. –Ehtimol, kampirning yordami tegar.(I.R.)
Juda, deyman, bugun ishlaring o’ngidan kelgan, shekilli?
Kim o’ylabdi, seni qaytib keladi deb...Tavba. (U.)
Ertaga sinov bo’larkan, shu to’g’rimi? –To’g’ri.
Mustaqil ish:
1-topshiriq. Sinonimik modal so’zlarga misol keltiring.
2-topshiriq. Modal so’zlarning boshqa so’z turkumlariga munosabati haqida gapiring.
Adabiyotlar:
O’zbek tili grammatikasi.1-tom, T.,1975.
Hozirgi o’zbek adabiy tili. T.,1980.
Tursunov U. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 1992.
Nurmonov A. va b. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. “XXI asr avlodi”, T., 2001.
Sayfullaeva R. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Morfologiya.T.,2005.
Hozirgi o’zbek adabiy tili. T.,1957.
Mirzaev.M va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Mashqlar to’plami.T., 1984.
Do'stlaringiz bilan baham: |