Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet208/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savollari
1. Gaplarni va gap bo`laklarini boglaydigan so`zlar bog`lovchilar ekanligini ajrating.
2. Qo`llanishiga ko`ra bog`lovchilarning turlarini aytib bering.
3. Ma'no va vazifasiga ko`ra bog`lovchilarni turlarga ajrata oladi va tushuntirib bering.
4. Bog`lovchilarni topib, qaysilari sodda gaplarni, qaysilari gap bo`laklarini bog`lash uchun qo`llanganini tushuntiring.
Xalq qatag`onlarida g`ayratli va jasoratli odamlar she'riga o`xshatiladi. Sher yirtkich sut emizuvchilar ichida eng chiroyli va eng kuchli jonivor. Gavdvli ancha ko`pol, lekin u juda chaqqon. Barcha xayvonlar undan qo`rqadi.Chunki uning kuchi va keskin harakati ularni vaximaga solib kuyadi. Sher raxmsiz, ammo o`z bolalariga juda mexribon.
6-mavzu: Yuklamalar va ularning garmmatik, struktur, semantik xusussiyatlari
Reja:
1. Yuklama va ularning tuzulishiga ko’ra turlari:
a) so’z yuklamalari;
b) affiks yuklamalar.
2.Yuklamalarning ma'no turlari.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Yuklama, so’z yuklamalari, affiks yuklamalar, so`roq va taajjub, kuchaytiruv va ta'kid yuk-lamalari, ayiruv va chegaralov yuklamalari, aniqlov yuklamalari, gumon yuklamasi.


1-savol bayoni: Yuklamalar haqida tushuncha.
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo‘ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to‘kib, mag‘ rur ko‘tarildi. (O.)
Yuklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) qo‘shimcha holatdagi yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so‘z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To‘ydan faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G‘iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha ostida o‘tirib, uni erkalatmasmidi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so‘zlarga beradigan qo‘shimcha ma’nolariga ko‘ra yuklamalarni quyidagicha turlarga bo‘lish mumkin.
1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya.
-mi yuklamasi so‘roq, taajjub, hayrat kabi ma’nolari bildiradi. Masalan: - Kelinning suluvligi Marg‘ilonda ma’lum ekanmi? (A.Qodiriy) Men dalada ishlashish kerakmishmi? (O.)
-chi yuklamasi so‘roq, kuchaytiruv, harakatga undash, buyruq, iltimos, ta’kid ma’nolarini bildiradi. Masalan, - Sizga-chi, Anvar (A.Qodiriy) - O‘g‘ling qaytsin-chi, bo‘lmasa... (A.Qod.) - Loaqal bir og‘iz o‘g‘lingizga aytib o‘tishga va’da bering-chi, -dedi (A.Qod.) - O‘rtoqjon, bir narsa desang-chi. (CHo‘lpon).
-a (-ya) yuklamalari so‘roq, taajjub, hayratlanish ma’nolarini bildiradi. Masalan, Bu gap oramizda qolsin-a! (T.Malik) Gulnorni sevishimni bilardi-ya (O.) - Qizim, bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? – deb qolmasinmi! (A.Qod.)
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki).
-ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim) yuklamalari ma’noni kuchaytirish, to‘liqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan, SHundan keyin men uzoq safarga ketdim-u, Masturaning taqdiridan bexabar bo‘ldim (A.Q.) - O‘z qizingiz-ku, tengini topib bering-da! (CHo‘lpon) Mirzo Ulug‘ bek maktubni o‘qib tugatmasdanoq o‘rnidan turib ketdi. (O.YO.) Ko‘plar yomg‘irdan qochib ulgirmasdayoq, oftob charaqlab ketdi. (S.A.)
Bir qissakim, buning so‘ngida
Sevishganlar topishgusidir. (H.O.)
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina, -qina). Bu yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish va ma’no jihatdan ajratish uchun qo‘llanadi. Masalan, O‘zi haqida o‘ylamay, faqat xalqqa ilm berishga bel bog‘lagan olim kishi xudi shamga o‘xshaydi, sham o‘zini yondiradi, xalqqa ziyo bag‘ishlaydi. (M.Xasaniy)
Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin. Miryoqubning topishi yolg‘iz mingboshi orqali bo‘lsa, unga «epaqa» nomini qo‘yish to‘g‘ ri bo‘larmidi. (CHo‘lpon)
4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq. Bu yuklamalar o‘zi mansub bo‘lgan so‘zning ma’nosini aniqlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ilm o‘rganib, ilmiga amal qilmagan kishi naq er haydab, uni ekmagan kishiga o‘xshaydi. (M.Xasaniy)
5. Gumon yuklamasi: -dir barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi va o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo‘shadi: - Sizga nimadir va’da bergandir-da? (Isfandiyor)
6. Inkor yuklamasi na... na uyushiq bo‘laklar va qo‘shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo‘lishsizga aylantiradi. Inkor shaklli gap bo‘laklari va gaplar oldida kelganda, bo‘lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi. Bu buyruqqa na ona e’tiroz qildi va na qiz (CHo‘lpon). Na qor, na yomg‘irdan darak bor. (O.)
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? Keldi-ku!
3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi.
Ayrim so`z yoki gapga qo`shimcha modal ma'no berish uchun qo`llanadigan yordamchi so`zlar yuklamalardir.
Yuklama tuzilishiga ko`ra ikki xil: affiks shakldagi yuklama va so`z shakldagi yuklamalarga bo`linadi: -mi, -chi, -u, -yu, -da, -ku, -oq(yoq), -gina, -dir kabilar affiks shakldagi, axir, nixoyat, naxotki kabi so`zlar yuklamalardir
Affiksal yuklamalarning affiksdan farqi shundaki, affiks so`zlarga qo`shilib, yangi so`z formasi hosil qilsa, yuklamalar izohlab kelgan so`z va gaplarga qo`shimcha ma'no chog`ishtiring: traktorchi-traktor-chi, zavodda-zavod-da.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish