2-savol bayoni: Modal so`zlarning ma’no turlari va sintaktik vazifasi.
Modal so`zlar gap bo`laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, shuning uchun vergul Bilan ajratiladi. Xudi shu ko`rinishdagi mustaqil so`z esa gap bo`lagi bo`lib kela oladi. Ayrim modal so`zlar dialoglarda yakka holda qo`llanganda mustaqil gap sifatida keladi. Bunday hollarda ham modal modal so`zlar so`zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalaydi.
- Rejani bajaramizmi?
- So`zsiz.
Modal so`zlar sintaktik jihatdan quyidagi vazifada keladi.
1. So`z-gap:
Uchuvchilik bizning ishimizdan ham ogir?
- Albatta.(Oyd.)
2. Kirish so`z vazifasida keladi: Sharofat erga karagancha utirar, aftidan, bu savolga javob bermokchi emas edi.(A.K)
Modal so`z va kirish so`z bir narsa emas. Kirish so`z vazifasida turli so`z turkumlari kelishi mumkin. Jumladan modal so`zlar ham. Shuningdek tilimizdagi menimcha, uning aytishicha, baxtga karshi, aytganday, boshqacha aytganda kabi kirish so`zlar modal so`zlar
guruhiga kirmaydi.
Modal so`zlar turkumiga ko`ra(modal so`z), ma'nosiga ko`ra (tasdik, inkor, afsuslanish, fikrning tartibi), gapdagi vazifasiga ko`ra tahlil qilinadi.
Modal so‘zlar ma’no jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:
1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz 3) ishonch: albatta 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o‘z-o‘zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to‘g‘ ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar:
1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog‘i;
2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.
5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6. Achinish: afsus, attang, esiz.
7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8. Quvonch: xayriyat.
9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo‘q.
Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud.
Modal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir.
1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to‘g‘ ri, so‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 4) bog‘lovchidan: balki; 5) so‘z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (aniq so‘zi tushib qoladi).
Modal so‘zlar sof va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so‘zlari sof modal so‘zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo‘llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
Modal so‘zlar gap tarkibidagi so‘zlardan vergul bilan ajratiladi va ko‘pincha kirish so‘z vazifasini bajarib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |