Relevantli daromad va xarajatlar – kelajakda yuzaga kelishi kutilayotgan, boshqaruv qarorlari ta’sirida o’zgaruvchi daromad va xarajatlar.
Remissiya - kamayish hisobiga hisob bo’yicha to’lov summasini yaxlitlash uchun chegirtma.
Renta - 1. Kapital, mulk yoki erdan foydalanish natijasida olinadigan doimiy daromad bo’lib, oluvchidan tadbirkorlik faoliyatini talab etadi. 2. Davlat qarzi obligatsiyalari bo’yicha olinadigan daromad.
Rentabellik - ishlab chiqarish samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’larining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Retorsiya - bir davlatning ikkinchi davlatga yoki uning fuqorolariga huquqning paymol etilishiga javob sifatida chegaralash tadbirlarini qo’llashi: bojlarni ko’tarish, sanitar tekshiruvi maxsus qoidalarini qo’llash va boshqalar ko’rinishida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |