Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet699/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   695   696   697   698   699   700   701   702   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Takroran rejalashtirish – korxona rahbariyati bilan bo’linmalar va funktsional xizmatlar o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni o’rnatish.
Tayyor mahsulot - korxonaning texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi to’liq ishlab chiqarish natijasidagi mahsulot. Tayyor mahsulot texnik nazoratdan o’tkazilib, belgilangan hujjatlar to’ldirilib keyin omborga beriladi. Ba’zi hollarda ishlab chiqarishdan to’g’ridan to’g’ri xaridorga jo’natiladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayyor mahsulot hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlar turli nom va shakllarda bo’ladi. Masalan, sanoat korxonalarida qabul qilish-berish hujjatlari, qishloq xo’jalik korxonalarida esa dalalardan mahsulotni jo’natish reestrlari, mahsulotni qabul qilish kundaligi, sut sog’ish hisob daftarchalari va boshqalar ishlatiladi. Ombordagi mahsulot turlari bo’yicha qiymat o’lchov birligida hisobga olinadi. Buning uchun ombor hisobida kitob va varaqalardan foydalaniladi. Har bir mahsulot turi uchun varaqa yoki kitobning bir necha varaqalari ajratiladi. Bu hujjatda mahsulotning nomi, raqami, markasi, o’lchov birligi, bir donasining bahosi ko’rsatilgan bo’lishi zarur. Har kuni ishonch hujjatlari asosida ombor varaqa (kitob) hujjatida kirim va chiqim hisoblanib, mahsulot qoldig’i aniqlanadi. Shu yo’l bilan tayyor mahsulot zahiralarining holati haqida ombor xodimi to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Tayyor mahsulot joriy hisobda rejaviy qiymatda, shartnoma bahosida, haqiqiy qiymatda yoki ixtiyoriy chakana bahoda aks ettiriladi.
Oy oxirida tayyor mahsulo thaqiqiy tannarxi hisoblanadi, bu buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Ba’zi tarmoq korxonalarida, masalan, qishloq xo’jalik korxonalarida tayyor mahsulot tannarxini har oyda hisoblab bo’lmaydi. Bu korxonada mahsulotning haqiqiy tannarxi yil oxirida hisoblanadi. Shuning uchun oylik va choraklik balanslarida mahsulotning tannarxi reja bo’yicha ko’rsatiladi. Yil boshi 1 yanvar balansida esa, haqiqiy qiymatda aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot hisobi uchun 2800 - “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”dan foydalaniladi.
Tarif - miqdorlar tizimi bo’lib, unga ko’ra xizmatlar uchun to’lov olinadi. Eng ko’p tarqalganlari: yuklarni, yo’lovchilarni tashish uchun - transport tariflari, elektroenergiya, gaz, suv va boshqalardan foydalanish uchun - maishiy xizmat tariflari, tovarlarni davlat chegarasidan o’tkazish - bojxona tariflari.
Tahlil (grekcha analytik - bo’lish, qismlarga ajratish) - murakkab narsa va hodisalarni bo’lish yo’li bilan qismlarga ajratish, bu qismlarni solishtirish va ular o’rtasidagi munosabat va o’zaro bog’liqlikni ilmiy o’rganish usuli.
Tahlil katta ahamiyatga ega bo’lib, iqtisodiyotda keng qo’llaniladi.
Iqtisodiy tahlil korxona va birlashmalarda rejaning bajarilish darajasini, mahsulot tannarxiga ta’sir qiluvchi omillar, mehnat unumdorligi, moliyaviy natija, asosiy vositalarning samaradorligi va boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi va olingan ma’lumotlardan korxona tashkilot va birlashma, tarmoq va umuman iqtisodiyot bo’yicha tegishli xulosa va qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   695   696   697   698   699   700   701   702   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish