Byudjetlashtirish – korxonaning ma'lum davrga mo’ljallangan moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rejalashtirish.
Chiziqli boshqarish – ishlab chiqarish tsexlari va korxona bo’linmalari bo’yicha boshqaruvni tashkil etish.
Chidamlilikning marjinal zahirasi – mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olinadigan haqiqiy tushumning sotishni zararsizligini ta’minlovchi ostonaviy tushumdan oshib ketishini ko’rsatuvchi kattalik.
Darajali taxminlash – sotishlar va foydaning kutilgan hajmini maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo’yicha avvaldan rejalashtirish.
Da’vo - da’vo qo’zg’atuvchining talabi. Korxonalar ularga qarzdorlarga (debitorlarga) o’z vaqtida to’lanmagan qarzlik summalar uchun da’vo qo’zg’atishlari lozim. Da’vo moddiy zarar keltirganlarga nisbatan asosli ravishda qo’zg’atilishi zarur (debetorlik qarzlari, da’volar yuzasidan hisob-kitoblarga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |