Buxgalteriya hisobi vazifalari (funktsiya - lat. functio - bajarish amalga oshirish) - buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo’lgan ishlar, vazifalar. Buxgalteriya hisobi oldida 3 ta asosiy vazifa turadi:
A. Reja bajarilish ustidan nazorat olib borish.
Korxona buxgalteriya hisobida bu vazifa quyidagicha aniqlashtiriladi:
1) mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarilishi o’sishi omillarini aniqlash;
2) mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora kamaytirish omillarini topish;
3) korxonalar rentabellik darajalari bajarilishini nazorat qilish;
4) biznes moliya rejasi bajarilishini nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |