Korxonaning yil oxiriga bo’lgan buxgateriya balansi ma’lumotlari (ming so’m)
Aktiv (mulklar)
|
Summa
|
Passiv (kapital)
|
Summa
|
l.Acociy vositalar (binolar, inshootlar, kuch uzatuvchi qurilmalar va h.k,) va nomoddiy aktivllar
|
166 481
|
1.Ustav kapitali, qarzlar va boshqa majburiyatlar
|
206 168
|
2.Uzok muddatli investitsiyalar
|
2 065
|
|
|
Z.Aylanma mablaglar (zahiralar, pul mablag’lari, tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va h.k.)
|
37 662
|
|
|
Jami (balans)
|
206 168,0
|
Jami (balans)
|
206 168
|
13.12-jadval
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, (ming so’m)
Xarajatlar
|
Summa
|
Tushumlar
|
Summa
|
Sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarni ishlab chiqarish tannarxi
|
313 248
|
Aylanma (daromad)
|
413 361
|
Davr xarajatlari
|
38 403
|
|
|
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
|
21 752
|
|
|
Soliqlar
|
34 527
|
|
|
Sof foyda (xotima yozuvi)
|
5 431
|
|
|
Jami
|
413 361,0
|
Jami
|
413 361
|
Yuqoridagi jadvallar ma’lumotlariga asosan korxonaning investtsiyalangan kapitali daromadliligi Dyupon piramidasi yordamida quyidagicha tasvirlanadi (13.12-chizma).
Korxonalarning o’z mablag’larini kelgusida foiz stavkasi ko’rinishida foyda olish maqsadida joriy qiymatida vaqtinchalik investitsiyalash jarayoni diskontlash, uning natijasida hosil bo’lgan ko’rsatkich – diskontlangan qiymat deyiladi.
Xarajatlarni diskontlash koeffitsienti (Dk) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Iq
Dk = -------------
Pmo
bu erda,
Ik – investitsiyalarning qiymati;
Pmo – yillik pul mablag’lari oqimi.
Investitsiyalangan kapitalning daromadliligi
2,61% q 1,3% x 2,01
Daromad rentabelligi
(5431 : 413361) x 100 = 1,3
Kapital aylanishi
413361 : 206168 = 2,01
Sof daromad (sof foyda)
5431
Yalpi daromad 413361
Yalpi daromad (aylanma)
413361
Kapital
206168
: :
Yalpi daromad 413361
Tannarx 423295
Asosiy vositalar va NMA
166481
Aylanma capital
37622
- +
13.12-chizma. Investitsiyalangan kapital daromadliligini
Dyupon piramidasi yordamida hisoblash
Investitsiyalash jarayonini amalga oshirish uchun uzoq muddat talab qilinishi sababli mablag’larni investitsiyalash vaqtida pul mablag’larini ularning qaytimi bilan taqqoslash zaruriyati tug’iladi. Bu maqsadda pul mablag’larining kelgusi va haqiqiy qiymati tushunchalaridan foydalanish zarur.
Pul mablag’larining kelgusi qiymati joriy davrda investitsiyalangan mablag’larning summasini ifodalaydi, ular belgilangan foiz stavkasini hisobga olgan holda ma’lum vaqt oralig’ida shu summaga aylanadi.
Pul mablag’larining haqiqiy (hozirgi) qiymati foizning ma’lum stavkasini hisobga olgan kelgusi pul mablag’lari summasini bildiradi. Pul mablag’larining haqiqiy qiymatini aniqlash uchun ular qiymatini muayyan vaqtdagi diskontlashtirish jarayonini ham hisobga olish lozim, chunki u pul mablag’larining kelgusi miqdorda ortib borishiga teskari muomalani ifodalaydi. Bunday holda foiz summasi (diskont) pul mablag’larining yakuniy summasi (kelgusi qiymati) dan ayirib tashlanadi.
Mablag’larni investitsiya qilish va investitsiya foydasini shakllantirish bilan bog’liq moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida pul mablag’lari qiymatini oshira borish (kompaunding) hamda diskontlash jarayonlarini oddiy va murakkab foizlar bo’yicha hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy foizlar qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo’llaniladi.
Oddiy foizlar deganda mablag’larni investitsiyalash jarayonida shartnomaga asosan kelishilgan to’lovning hisobot davri (oy, chorak va h.k.) yakunida qo’yilmaning dastlabki (haqiqiy) qiymatiga asosan hisob qilinishi tushuniladi.
Oddiy foiz summasi qo’llanilganda qo’yilmani ortib borishi (kompaunding) jarayonida quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |