S = D – Ih Kapital qo’yilmalardan kelgan daromad miqdori ularning dastlabki hajmidan oshgan vaqt investitsiyalarni qoplash muddati, deb ataladi. Keyingi holatda kapital sarflashdan olingan daromad kapital qo’yilmadan orta boshlaydi. Bu ko’rsatkich iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasidagi kapital sarflash samaradorligining eng zarur ko’rsatkichidir.
Amaliyotda kichik tadbirkorlik sub’ektlariga qilingan uzoq muddatli investitsiya qo’yilmalari 2-3 yil ichida qoplanadi, uzoq muddatli investitsiya qo’yilmalarini qoplash uchun esa 10-15 va undin ham ko’proq yil talab qilinadi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi kapital qaytimiga nisbatan investitsiyalardan tushgan foyda bilan belgilanadi.
Iqtisodiy loyiha asosida amalga oshirilgan investitsiyalarning samaradorligi (Is) quyidagi formula bilan aniqlanadi: