Korxona hisob siyosati bo’yicha tayyor mahsulotni me’yoriy tannarx bilan hisobga olinadi. 2019 yilning noyabr oyida MChJ “Dilnoza”, umumiy summasi 443 500 000 so’mlik tayyor mahsulotlarni, bevosita ishlab chiqarish xarajatlari me’yoriy tannarx bo’yicha xaridorga jo’natildi. Realizatsiyadan tushum 660 800 000 so’m va QQS summasi – 99 120 000 so’m. Oy davomida ma’muriy xarajatlar 95 160 000 so’m, sotish xarajatlari 35 080 000 so’m, ishlab chiqargan mahsulot bo’yicha sarfa 51 000 000 so’mni tashkil etdi.
Korxonaning buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshirilgan:
Sotilgan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxi hisobvarag’i yopildi (443 500 000 – 51 000 000)
392 500 000
9910
9110
8
Sotilgan tayyor mahsulotlarning daromad hisobvarag’i yopildi
660 800 000
9010
9910
9
Ma’muriy xarajatlar hisobvarag’i yopildi
95 160 000
9910
9420
10
Sotish xarajatlari hisobvarag’i yopildi
35 080 000
9910
9410
11
Tayyor mahsulot sotishdan moliyaviy natija aniqlandi (660 800 000 – 392 500 000 – 95 160 000 – 35 080 000)
138 060 000
9910
8710
№4 misol
2019 yil iyun oyida korxona 6 dona mahsulotni jo’natdi, uning mulk huquqi xaridorga to’lov vaqtida o’tadi. Mahsulot birligining haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi 44 513 000 so’mni tashkil etadi, sotish xarajatlari 3 242 800 so’m. Mahsulot birligining shartnomaviy narxi 65 500 000 so’m, QQS summasi 9 825 000 so’m. Hisobot oyida xaridor 4 dona birlik mahsulot pulini to’ladi.
Korxona hisobida bu xo’jalik operatsiyalari quyidagicha yozuvlarda aks ettiriladi:
№
Xo’jalik operatsiyalari mazmuni
Summa (so’m)
Hisobvaraqlarning bog’lanishi
Debet
Kredit
1
Jo’natilgan mahsulotlar qiymati aks ettirildi (6 x 44 513 000)
4 dona mahsulot uchun xaridor pulini to’ladi [4 x (65 500 000 + (65 500 000 x 15%))]
301 300 000
5110
4010
4
4 dona mahsulot uchun hisoblangan daromad (4 x 65 500 000)
262 000 000
4010
9010
5
Puli tushgan mahsulot uchun QQS hisoblandi (262 000 000 x 15%)
39 300 000
4010
6410
6
Sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi hisobdan chiqarildi (4 x 44 513 000 so’m.)
178 052 000
9110
2830
7
Sotilgan mahsulotlar bilan bog’liq sotish xarajatlari hisobdan chiqarildi (3 242 800 / 6 x 4)
2 161 870
9910
9410
8
Sotishdan olingan moliyaviy natijani aks ettirildi (262 000 000 – 178 052 000 – 2 161 870)
81 786 130
9910
8710
Nazorat savollari
1. Tayyor mahsulot qaysi bahoda buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi?
2. Tayyor mahsulotlar hisobi omborda va operativ hisobda qanday baholarda yuritiladi?
3. Tayyor mahsulotlarning qanday turli hisob narxlari bor.
4. Qanday hollarda 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvarag’idan foydalaniladi?
5. Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadni tan olishning shartlari nimalardan iborat?
6. Buxgalteriya hisobi va foyda solig’i maqsadlari uchun daromadlarni tan olishning qanday usullari mavjud?
7. Tayyor mahsulotni bo’nak to’lovlari bo’yicha soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
8. Komissiya shartnomasi bo’yicha jo’natilgan mahsulotlarni soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
9. Tayyor mahsulot qiymatidagi og’ishlar qanday hisoblanadi?
10. Tayyor mahsulot sotilishi munosabati bilan korxona tomonidan qanday soliqlar to’lanadi?
11. Tayyor mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natija qanday hisoblanadi?
12. Tayyor mahsulotlarni sotish xarajatlari qanday hisobga olinadi?