Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tayyor mahsulot sotishining sintetik hisobi



Download 2,01 Mb.
bet308/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Tayyor mahsulot sotishining sintetik hisobi. Tayyor mahsulot sotishi hisobining namunaviy buxgalteriya yozuvlarini ko’rib chiqamiz:
1) Jo’natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar (QQS, aktsizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga:
D 4010 “Buyurtmachilar va xaridorlardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki
D 4020 “Olingan veksellar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
2) Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
3) Korxona xodimlariga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi:
D 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
4) Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
5) Vositachilik operatsiyalari bo’yicha komission mukofotlar summasi hisoblandi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
6) Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga sotildi:
D 4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
7) Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli bo’lgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi:
D 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
8) Sotilgan mahsulotlarning qaytishi:
D 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
9) Sotishdan va narxdan chegirmalar berish:
D 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
10) Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” hisobvarag’ining yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
K 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”.
11) Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag’ining yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”
K 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
12) Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
13) Xaridor va buyurtmachilardan hisob-kitob hisobvarag’iga tushum kelib tushishi (QQS bilan birga):
D 51 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
Ayrim hollarda korxona xaridorlardan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar etkazib berilishi, mulkiy huquqlarni o’tkazish hisobiga to’lovni to’liq yoki qisman olishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida bo’nak to’lovlarini olish 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar” hisobvarag’ining kreditida va pul mablag’larining debetida aks ettiriladi.
Komissiya shartnomasi bo’yicha tayyor mahsulot sotilishi buxgalteriya hisobi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
Tayyor mahsulotni ma’lum vaqtga sotishdan tushgan tushum buxgalteriya hisobida tan olinmaydigan hollarda (masalan, mahsulotlarni eksport qilishda, mahsulotlarni komission shartnoma asosida sotishda va hokazo), bunday mahsulotlar bir muncha vaqt jo’natilgandan keyin 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ining debetida aks ettiriladi. Buning sababi komitent tomonidan komissionerga berilgan mahsulot komitentni mulki hisoblanadi, ya’ni komissioner tomonidan mahsulotlarga egalik qilish huquqi o’tmaydi.
2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ida komissiya va konsignatsiya shartnomalari bo’yicha ortib jo’natilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi.
Boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartlari asosida sotish uchun berilgan tayyor mahsulotlarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
D 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
Vositachilik shartnomasi bo’yicha bir taraf (komissioner) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig’i bo’yicha o’z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. Vositachilik shartnomasi yozma ravishda tuzilishi shart.
Vositachi tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim bo’yicha, garchi bitimda komitentning nomi tilga olingan yoki u bitimni bajarish bo’yicha uchinchi shaxs bilan bevosita munosabatlarga kirishgan bo’lsa ham, vositachi huquqlarga ega bo’ladi va zimmasiga majburiyat oladi.
Vositachilik shartnomasi muayyan muddatga yoki amal qilish muddati ko’rsatilmagan holda, qaysi hududda bajarilishi ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan holda, komitent vositachiga topshirgan komitentning manfaatlarini ko’zlab va uning hisobidan bitim tuzish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik haqida majburiyat olgan holda yoki bunday majburiyatni olmagan holda, vositachilik narsasi bo’lgan tovarlarning assortimenti xususida shartlar qo’yilgan yoki qo’yilmagan holda tuzilishi mumkin.
Komitent vositachiga haq to’lashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni o’z zimmasiga olgan hollarda esa, shartnomada belgilangan miqdorda qo’shimcha haq ham to’lashi shart. Agar vositachilik shartnomasi komitentga bog’liq sabablar bilan bajarilmagan bo’lsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga bo’lgan huquqini saqlab qoladi.
Vositachi uchinchi shaxs bilan o’zi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan hamma majburiyatlarni bajarishi va hamma huquqlarni amalga oshirishi shart. Vositachi o’z zimmasiga olgan topshiriqni komitentning ko’rsatmalariga muvofiq, vositachilik shartnomasida bunday ko’rsatmalar bo’lmaganda esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo’yiladigan boshqa talablarga muvofiq komitent uchun eng foydali shartlar asosida bajarishi lozim. Agar vositachi bitimni komitent ko’rsatganidan ham foydaliroq shartlar asosida tuzgan bo’lsa, qo’shimcha foyda, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, taraflar o’rtasida baravar taqsimlanadi.
Vositachi bitimning ijrosi uchun komitentga kafolat bergan hollarda u vositachilik shartnomasida kelishilgan miqdorda qo’shimcha haq olish huquqiga ega bo’ladi. Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar bo’lmaydi, vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan yoki bitimning bajarilishiga kafolat bergan hollar bundan mustasno.
Vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimni uchinchi shaxs bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi, zarur dalil-isbotlarni to’plashi va ta’minlashi, shuningdek komitentning talabiga ko’ra bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa shaxsga o’tkazish to’g’risidagi qoidalarga rioya qilgan holda unga topshirishi shart.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa shaxs bilan qo’shimcha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli bo’lib, qo’shimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar bo’lib qolaveradi. Qo’shimcha vositachilik shartnomasi bo’yicha vositachi qo’shimcha vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega bo’ladi.
Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan tuzishga yo’l qo’yadigan hollarda qo’shimcha vositachilik shartnomasi faqat ana shunday shaxs bilangina tuzilishi mumkin. Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent vositachining roziligisiz qo’shimcha vositachi bilan bevosita munosabatlarga kirishishga haqli emas.
Vositachi sotadigan mol-mulkning bahosi, agar qonun hujjatlarida yoki vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, komitent bilan kelishgan holda belgilanadi.
Agar ishning holatlariga ko’ra komitentning manfaatlari uchun uning ko’rsatmalaridan chetga chiqish zarur bo’lsa hamda vositachi komitentdan bu haqda oldindan so’ray olmagan yoxud o’z so’roviga oqilona muddatda javob olmagan bo’lsa, u komitentning ko’rsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vositachi xabar berish imkoni tug’ilishi bilanoq yo’l qo’yilgan chetga chiqishlar haqida komitentga xabar berishi shart.
Komitent tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vositachiga komitentning manfaatlarini ko’zlab oldindan so’rov yubormagan holda komitentning ko’rsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Bunday hollarda vositachi, agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, yo’l qo’yilgan chetga chiqishlar haqida komitentga oqilona muddatda xabar berishi shart.
Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi mol-mulkni kelishilgan narxda sotish imkoniga ega bo’lmaganligini va arzon narxda sotish natijasida yana ham ko’proq zararning oldi olinganligini isbot qilib bermasa, oradagi farqni komitentga to’lashi shart. Vositachi komitentdan ruxsat so’rashi shart bo’lgan hollarda u komitentning ko’rsatmalaridan chetga chiqishga komitentning roziligini oldindan olish imkoniyatiga ega bo’lmaganligini ham isbot qilishi shart.
Agar vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq narxda sotib olgan bo’lsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan komitent vositachidan uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqida bildirish olganidan keyin oqilona muddatda bu haqda vositachiga ma’lum qilishi shart. Aks holda xarid komitent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.
Agar vositachi narxdagi farqni o’zi to’lashini ma’lum qilsa, komitent o’zi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
Komitentdan vositachiga o’tgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki bo’ladi.
Vositachi o’z qo’lida bo’lgan, komitentga yoki komitent ko’rsatgan shaxsga topshirilishi kerak bo’lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo’yicha o’z talablarini ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.
Vositachi o’z ixtiyoridagi komitent mol-mulkining yo’qolishiga, etishmasligiga yoki shikastlanishiga olib kelgan har qanday kamchilik uchun komitent oldida javobgar bo’ladi.
Agar vositachi komitent yuborgan yoki vositachiga komitent uchun kelgan mol-mulkni qabul qilib olayotganida bu mol-mulkda tashqaridan ko’zdan kechirganda sezib qolinishi mumkin bo’lgan shikastlanish yoki etishmovchilik mavjud bo’lsa, shuningdek komitentning vositachi qo’lida turgan mol-mulkiga biron-bir shaxs zarar keltirgan taqdirda vositachi komitentning huquqlarini himoya qilish choralarini ko’rishi, zarur dalil-isbotlarni to’plashi va bularning barchasi haqida darhol komitentni xabardor qilishi shart.
O’z ixtiyoridagi komitentning mol-mulkini sug’urtalamagan vositachi buning uchun faqat komitent unga mol-mulkni komitent hisobidan sug’urtalashni buyurgan yoki vositachining bu mol-mulkni sug’urtalashi vositachilik shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan hollar javobgar bo’ladi.
Komitent:

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish