Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Materiallar harakatini rasmiylashtirish va ularning



Download 2,01 Mb.
bet201/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

6.3. Materiallar harakatini rasmiylashtirish va ularning
sintetik hisobini tashkil etish

Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarning kirim va xarajati bo’yicha birlamchi hujjatlar buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Ushbu hujjatlar diqqat bilan rasmiylashtirilishi, xo’jalik operatsiyalari uchun mas’ul shaxslarning imzolari va boshqa majburiy ma’lumotlarni bo’lishi kerak.


Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarning kirim qilish uchun - hisobvaraq-fakturalar va ularga ilova qilingan tovar-transport yuk xatlari, kvitantsiyalar va spetsifikatsiyalar asosiy birlamchi hujjatlar hisoblanadi.
Tashkilotga materiallar, namunali shakldagi ishonchnomalar asosida vakolatli shaxslar orqali, mol etkazib beruvchilardan etib keladi. Ushbu ishonchnomalar maxsus jurnalda ro’yxatga olinadi va qat’iy javobgarlik hujjatlari hisoblanadi. Foydalanilmagan ishonchnomalar ularning muddati tugaganidan keyingi kunda buxgalteriya bo’limiga topshiriladi.
Vakolatli shaxs moddiy qiymatliklarni omborga quyidagi hujjatlar asosida etkazib beradi: kirim orderi (f. M-4), materiallarni qabul qilish dalolatnomalari (f. M-7) va tovar-transport yuk xatlari.
Materiallarni qabul qilish to’g’risidagi dalolatnoma (f. M-7) komissiya tomonidan, etkazib beruvchining vakili ishtirokida, omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklar tafovut qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Agar tovar-moddiy qiymatliklar asoslovchi hujjatlarsiz qabul qilingan bo’lsa, bu hujjat ham qo’llaniladi.
Tovar-moddiy qimmatliklar kamomadi to’g’risida xaridor mol etkazib beruvchiga da’vo qiladi, kamomad to’g’risida dalolatnoma bilan birga kuzatuvchi hujjatlarning nusxasi va boshqa hujjatlarni ilova qilib (yuk massasini tekshirish to’g’risida temir yo’l stantsiyasi kvitantsiyasi, kamomad paydo bo’lish sabablarini guvohlik beradigan tijorat dalolatnomasi) jo’natadi.
Moddiy qiymatliklarni kirim qilgandan so’ng, miqdor va summa bo’yicha qabul qilish uchun, dalolatnomaning bir nusxasi ilova qilingan hujjatlar birga buxgalteriya bo’limiga topshiriladi, ikkinchisi esa da’vo xati bilan birga mol etkazib beruvchiga yuboriladi.
Materiallarning har bir nomenklatura raqami bo’yicha omborchi material yorlig’ini to’ldiradi va uni materiallarining saqlash joyiga biriktiradi. Yorliqda materiallarning nomi, nomenklatura raqami, o’lchov birligi, narxi va materiallarning miqdor limiti ko’rsatiladi.
Materiallar harakati hisobi materiallar hisobi kartochkalarida olib boriladi (f. M-17). Har bir nomenklatura raqami uchun alohida karta ochiladi.
Kartochkalar buxgalteriyada ochiladi va ularda materialning nomi, markasi, navi, o’lchami, o’lchov birligi, nomenklatura raqami, hisob bahosi va limitini yozadi.
Omborchi kartochkalarga birlamchi hujjatlar (qabul orderlar, talabnomalar, yuk xati va boshqalar asosida) asosida amaliyot sodir bo’lgan kuni yozuv qiladi. Har bir yozuvdan so’ng materiallar qoldig’i hisoblab ko’rsatiladi.
Tashkilot bo’linmalariga ombordan materiallar jo’natish uchun birlamchi hujjatlar limit-zabor kartasi (f. M-8), talabnoma-yuk xati (f. M-11) va talabnoma (f. M-15) hisoblanadi.
Limit-zabor kartasi ishlab chiqarish uchun tizimli ravishda iste’mol qilinadigan materiallarni chiqarish uchun, shuningdek, limitga rioya qilish ustidan nazorat uchun zarur. Bu esa materiallar xarajatining belgilangan me’yor va me’yorlardan og’ishini hisobga olish va tahlil qilish uchun katta ahamiyatga molik.
Limit-zabor kartasida limitdan yuqori materiallar chiqarilgan taqdirda “Limitdan yuqori” shtampi tushiriladi. Materiallarni limitdan ortiqcha chiqarish tashkilot rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Hujjatlarda materiallarning limitdan ko’proq chiqarilish sabablari ko’rsatiladi.
Tarkibiy bo’linmalar yoki moddiy javobgar shaxslar o’rtasida tashkilot ichidagi materiallar harakatini hisobga olish uchun talabnoma-yuk xati (f. M-11) qo’llaniladi.
Tashkilot xo’jaliklariga uning hududidan tashqarida joylashgan bo’lsa yoki boshqa tashkilotlariga materiallarni chiqarish uchun materiallarni chetga chiqarish uchun yuk xati (f. M-15) qo’llaniladi.
Yaroqsiz holga kelgan materiallarni hisobdan chiqariladi. Materiallarni hisobdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
- saqlash muddati tugagandan so’ng materiallar yaroqsiz holga kelgan;
- materiallar ma’naviy eskirgan;
- kamomad, o’g’irlik va buzilishi aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar tufayli yo’qotishlarni aniqlashda (suv toshqinlari, yong’inlar, zilzila va boshqalar).
Muayyan miqdorda materiallar hisobdan chiqarilganda hisobdan chiqarish dalolatnomasi tuziladi.
Xo’jalik maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan (past sifatli xususiyatlarga ega bo’lgan materiallar) yoki chiqindi sifatida topshirib bo’ladigan materiallar, hisobdan chiqarish dalolatnomasi va moddiy qiymatliklarning ichki joyini almashtirish yuk xati bilan korxona omboriga qabul qilinadi.
Bino va inshootlarni demontaj qilish paytida olingan moddiy qiymatliklar dalolatnoma bilan qabul qilinadi (f. M-35).

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish