Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet151/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Guruh-lar tartib raqami

Kichik guruhlar tartib raqami

Asosiy vositalarning nomi

Amortizatsi-yaning yillik eng yuqori normasi, %

I




Binolar, imoratlar va inshootlar







1

Binolar, imoratlar

3




2

Neft va gaz quduqlari

5




3

Neft-gaz omborlari




4

Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari




5

Ko’priklar




6

Dambalar, to’g’onlar




7

Daryo va dengiz prichal inshootlari




8

Korxonalarning temir yo’llari




9

Qirg’oqni mustahkamlovchi, qirg’oqni himoyalovchi inshootlar




10

Rezervuarlar, tsisternalar, baklar va boshqa sig’imlar




11

Ichki xo’jalik va xo’jaliklararo sug’orish tarmog’i




12

Yopiq kollektor-drenaj tarmog’i




13

Havo kemalarining uchish-qo’nish yo’llari, yo’lkalari, to’xtash joylari




14

Istirohat bog’larining va hayvonot bog’larining inshootlari




15

Sport-sog’lomlashtirish inshootlari




16

Issiqxonalar va parniklar




17

Boshqa inshootlar

II




Uzatish qurilmalari







1

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8




2

Ichki gaz quvurlari va quvurlar




3

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari




4

Magistral quvurlari




5

Boshqalar

III




Kuch mashinalari va asbob-uskunalar







1

Issiqlik texnik asbob-uskunalari

8




2

Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari




3

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar




4

Kompleks qurilmalar




5

Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

IV




Faoliyat turlari bo’yicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)







1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar

15




2

Qishloq xo’jaligi traktorlari, mashinalari va asbob-uskunalari




3

Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish raqamli elektron asbob-uskunalari, raqamli tizimlar uzatish asbob-uskunalari, raqamli aloqa o’lchov texnikasi




4

Yo’ldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari




5

Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining o’xshash asbob-uskunalari




6

Kinostudiyalarning maxsus asbob-uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari




7

Kompressor mashinalari va asbob-uskunalari




8

Nasoslar




9

Yuk ko’tarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karer hamda yo’l-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar




10

Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari




11

Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sig’imlar




12

Neft qazib chiqarish va burg’ulash uskunalari




13

Boshqa mashinalar va uskunalar

V




Harakatlanuvchi transport







1

Temir yo’lning harakatdagi tarkibi

4




2

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari




3

Havo transporti




4

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti

20




5

Engil avtomobillar




6

Sanoat traktorlari




7

Kommunal transport




8

Maxsus vaxta vagonlari




9

Boshqa transport vositalari

VI




Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari







1

Kompyuterlar

20




2

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari




3

Nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikasi




4

Boshqa kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari

VII




Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar

15

Har bir kichik guruh uchun soliq maqsadlari uchun amortizatsiya me’yorini qo’llash orqali hisoblab chiqiladi, ammo Solq kodeksda belgilangan me’yordan yuqori emas.


Soliq maqsadlari uchun amortizatsiya hisoblash ushbu modda bo’yicha belgilangandan past me’yorlarda hisoblash mumkin va soliq to’lovchining hisob siyosatida ko’rsatilishi kerak.
Chiziqli usul asosiy vositalar uchun ishlatilishi mumkin, bunda ulardan foydalanishning foydali muddatini cheklovchi asosiy omillar foydalanish vaqti va bajarilgan davriy ishlarning nisbatan doimiy miqdori hisoblanadi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: binolar, inshootlar, kuch mashinalari va mexanizmlari, dastgohlar va uskunalar. Bu usulda, oylik amortizatsiya ajratmalari foydali hayot davomida bir xil miqdorda amalga oshiriladi.
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalarning mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan.
Mazkur usul bo’yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig’indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o’tib bo’lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko’rsatkichidan hamda asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatining asosiy vositalari butun foydali ishlatish muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatan mutanosibligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol.
Korxona ishlab chiqarish-texnik bo’limining hisoblashiga ko’ra, agar maxsus asbob-uskuna va qurilmalarning yordamida uch yil davomida 2000 dona mahsulot ishlab chiqarilsa, ularning boshlang’ich qiymati to’liq amortizatsiyalanadi. Faraz qilaylik, operatsiyaning birinchi yilida 900 dona, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 700 va 400 dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsin. Maxsus asbob-uskuna va moslamalarning boshlang’ich qiymati 85 000 ming so’m, tugatish qiymati 5 000 ming so’m, amortizatsiya qilinadigan qiymat 80 000 ming so’m (85 000 – 5 000)ni tashkil qilsin. U holda, hisoblash davri yillariga hisoblangan amortizatsiya summasi quyidagicha bo’ladi:
birinchi yilda: 80 000 ming so’m : 2 000 dona * 900 dona = 36 000 ming so’m;
ikkinchi yilda: 80 000 ming so’m : 2 000 dona * 700 dona = 28 000 ming so’m;
uchunchi yilda: 80 000 ming so’m : 2 000 dona * 400 dona = 16 000 ming so’m;
Yillik amortizatsiya summasi bilan ish yoki foydalanish birligi o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjud. Jamlangan eskirish har yili ish yoki foydalanish birliklariga bevosita mutanosib ravishda oshib boryapti. Nihoyat, qoldiq qiymat har yili tugatish qiymatiga etguncha ish yoki foydalanish birligiga bevosita mutanosib ravishda kamayapti. Bu usulga ko’ra, har bir ob’ekt uchun taxmin qilinayotgan foydali hayotni aniqlash uchun foydalaniladigan ish yoki foydalanish birliklari ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar soni ma’lum bir mashina bilan bog’liq bo’lishi kerak, holbuki ob’ektdan foydalanish soatlari soni boshqa mashina uchun amortizatsiya hisoblashda yaxshiroq ko’rsatkich bo’lishi mumkin. Bu usuldan ob’ektning foydali xizmat muddati davomida qaytimi etarli aniqlik bilan aniqlash mumkin bo’lganda foydalanish kerak.
Agar ilgari bu usuldan faqat transport vositalarining yurgan kilometrini hisobga olgan holda foydalanilgan bo’lsa, endilikda ishlab chiqarish hajmi muayyan asosiy vositalar ob’ektlari bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish uskunalarining turlari uchun ham bu usulni amalda qo’llash mumkin.
Ushbu usulni qo’llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida, asosiy vositalarning inventar ob’ektlariga yangicha tushncha berish imkoni paydo bo’ladi. Masalan, bir nechta predmetlardan iborat ishlab chiqarish texnologik liniyasiga - konstruktiv jihatdan alohida predmetlardan iborat majmua sifatida ta’rif berishimiz mumkin. Bu holat asosiy vositalarning analitik hisobini va amortizatsiya hisoblashni ancha osonlashtiradi. Ishlab chiqarish liniyasining bir qismi bo’lgan har qanday buyumning ishlash uchun yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarish va uni yangisiga almashtirish - kapital qo’yilmalar sifatida qabul qilinadi. Bunday holda butun bir ishlab chiqarish texnologik liniyasining boshlang’ich qiymati o’zgaradi, va inventar varaqchalarga yoki elektron axborot tashuvchilarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Asosiy vositalarning eskirishini ishlab chiqarish hajmiga (ishlarga) mutanosib hisoblash amaliyotini kengaytirish bilan amortizatsiya summalarini ishlab chiqarish tannarxiga kiritish tartibi chambarchas bog’liq. Ular bir xil mahsulotlarning aniq turlari yoki guruhlari bilan bog’liq bo’lgani uchun ularni bevosita ushbu turdagi xarajatlarga bevosita o’tkazish mumkin va 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’lariga to’g’ridan-to’g’ri hisobdan chiqarish maqsadga muvofiqdir. Agar ushbu amortizatsiya summalari ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biriga o’xshash bir necha xil turdagi mahsulotlar bilan bog’liq bo’lsa, amortizatsiya summasi ushbu guruh mahsulotlari orasida natural ifodada, mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim.
Xarajatlarni ishlab chiqarish hajmiga (ishlarga) mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usuli asosiy fondlar uchun ishlatiladi, uning asosiy mezoni ulardan foydalanish davriyligidir. Bu avtomobil, samolyot kabi ko’plab transport vositalariga tegishli bo’lib, ularni kilometr miqdori yoki parvoz soatlari soniga bog’liq. Shuningdek tog’-kon qazib olish sanoati asbob-uskunalariga ham taaluqli bo’lib, bunda amortizatsiya qazib olingan minerallar hajmiga bog’liq hisoblanadi. Bunday asosiy vositalar uchun ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) birligiga amortizatsiya summasi aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanadi:

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish