Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Balansdan tashqari hisobvaraqlar -



Download 2,01 Mb.
bet454/524
Sana11.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#774417
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Balansdan tashqari hisobvaraqlar - shunday hisobvaraqlarki, ularning qoldiqlari buxgalteriya balansida aks ettirilmaydi. Bu hisobvaraqlar boshqa korxonalarga tegishli va korxonada mavjud bo’lgan tovar-moddiy boyliklarni, ya’ni joriy ijaraga olingan asosiy vositalar 001, mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklari 002, qayta ishlash uchun olingan materiallar 003, bundan tashqari, komissiyaga olingan tovarlar 004, montaj uchun qabul qilingan uskunalar 005, qat’iy hisobdagi varaqlar (blankalar) 006, to’lov qobiliyatini yuqotgan debitorlik qarzlarning zararga o’tkazilishi 007, olingan majburiyat va to’lovlarning ta’minlanishi 008, berilgan majburiyat va to’lovlarning ta’minlanishi 009, moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar 010, ssuda shartnomasi bo’yicha olingan mol-mulk 011, kelgusi davrda soliqqa tortiladigan bazadan chetlatilgan xarajatlar 012, vaqtinchalik soliq imtiyozlari 013, foydalanishdagi inventar va xo’jalikka tegishli vositalar 014, oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) bo’yicha olingan mol-mulk 015 va foydalanish huquqida olingan nomoddiy aktivlar 016 aks ettiriladi.
Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisob oddiy, ya’ni ikkiyoqlama yozuvsiz amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqlar o’zaro, hamda balans hisobvaraqlari bilan ham korrespondentsiyaga kirishmaydi.
Balansdagi o’zgarishlar - xo’jalik jarayonlari ta’siri ostidagi xo’jalik mablag’lari va ular manbalarining mikdoriy o’zgarishi. Balansdagi o’zgarishlar quyidagilardir:
1. Aktiv tomonidagi moddalardan birida summa ko’payib, ikkinchisida esa, kamayadi.
2. Passiv tomondagi moddalaridan birida summa kupayib, ikkinchisida esa, kamayadi.
3. Aktivda ham passivda ham summa ko’payadi.
4. Aktivda ham passivda ham summa kamayadi.
Balans usuli - bitta hodisani ifodalovchi qarama-qarshi ko’rsatkichlarni (kirim va chiqim mablag’lari va ularning manbalari va hokazo) tenglashtirish, solishtirish. Balans usulidan balans (buxgalteriya balansi, korxonaning daromadlari va xarajatlari balansi, aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va boshqalarni) tuzishda foydalaniladi.
Balans usuli rejalarni ishlab chiqishda va hisobga olishda, ularning bajarilishini tekshirishda, xo’jalik faoliyati tahlilida keng ishlatiladi.
Bank (fr. banque) - to’lov va kreditlarga vositachilik qiluvchi muassasa. Hozirgi davrda esa hech bir davlatning iqtisodiyotini banklarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Qaysi davlatda bank tizimi yaxshi, oqilona tuzilgan bo’lsa, shu davlat iqtisodiyotining yuksalishi muvaffaqiyatli bo’ladi.
Banklar bo’sh pul mablag’larini yig’adi va ularni tadbirkorlar (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar)ga foiz hisobida beradi.
Bankka qo’yilgan depozit pul mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar passiv, yig’ilgan mablag’larni qarzga berish jarayoni esa aktiv deyiladi. Passiv jarayonidagi foiz miqdori aktiv jarayonlar foizidan past bo’lishi kerak, chunki bu bank foydasini tashkil etadi. Bizning respublikamizda bank tizimini rivojlantirish borasida keyingi yillarda katta ishlar olib borilmoqda. Hokimiyat va davlat boshqarmalari tomonidan tegishli qonun va ko’rsatmalar, qoidalar ishlab chiqildi. Bank turlaridagi katta o’zgarishlar (paxtabank, mikrokredit bank, tadbirkor bank va hokazo) bilan birga ularning mulkchilik shakllari ham (xususiy banklar) tashkil topmoqda. Bunday o’zgarishlar, ular o’rtasidagi raqobatni yuzaga keltiradi va mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasini oshiradi. Oqibat natijasida esa, korxonalar xo’jalik munosabatlaridagi hisob-kitoblar va to’lovlarni tezda amalga oshirishlariga va mablag’lar aylanishining tezlashishiga olib keladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish