Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Lizing oluvchi tomonidan moliyaviy lizing hisobi



Download 2,01 Mb.
bet109/524
Sana11.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#774417
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Lizing oluvchi tomonidan moliyaviy lizing hisobi. Moliyaviy lizing, lizing oluvchi balansining aktivida - lizingga olingan vositalar, majburiyatida esa - lizing majburiyatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Lizing muddatining boshida kapitalizatsiyalangan summa, lizing ob’ektining bozordagi bahosi asosida aniqlanadigan minimal lizing to’lovlarlarining joriy diskontlangan qiymatiga teng bo’lishi kerak. U lizing to’lovlar summasidan saqlash, sug’urtalash va soliqlarni to’lash xarajatlarini, ya’ni lizingni amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni chiqarib tashlash orqali hisoblanadi. Minimal lizing to’lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblaganda, diskontlashning hisobga olish omili sifatida lizingning taxmin qilingan foiz stavkasidan foydalaniladi, mabodo uni aniqlash imkoni bo’lmasa muqobil foiz stavkasidan foydalaniladi. Mazkur foiz stavkasi lizing oluvchi ushbu aktivlarni sotib olish uchun qarzga olingan mablag’lar uchun to’laydigan to’lovlari summasiga tengdir.
Lizing to’lovlarining joriy (diskontlashgan) qiymatining hajmi lizing oluvchi balansining aktivida ko’rsatilishi lozim. Lizing bo’yicha majburiyatlar summasi balansning “Majburiyatlar” qismida: muddati 1 yilgacha bo’lgan joriy to’lovlar hajmi - qisqamuddatli majburiyatlar sifatida va 1 yildan ortiq bo’lsa - uzoq muddatli majburiyatlar sifatida ko’rsatilishi lozim. Lizingga olingan mulk haqidagi ma’lumot xususiy aktivlar haqidagi ma’lumot bilan kombinatsiyalashgan bo’lishi mumkin, lekin ilovada lizingga olingan mulkning qiymatini va uning amortizatsiyasini ko’rsatish kerak (4.3-jadval).
4.3-jadval
Misol:

AKTIVLAR

MAJBURIYATLAR

Asosiy vositalar boshlang’ich qiymati bo’yicha

30 000 000

Moliyaviy lizing bo’yicha qisqa muddatli majburiyatlar

900 000

Minus: hisoblangan amortizatsiya

10 000 000







Asosiy vositalarning sof qiymati

20 000 000

Moliyaviy lizing bo’yicha uzoqmuddatli majburiyatlar

2700 000

Asosiy vositalarning umumiy qiymatiga lizingga olingan mulk 5 000 000 so’m, yig’ilgan amortizatsiyaga esa - ushbu mulkning amortizatsiyasi 1 400 000 so’m kiritilgan.

Ko’rib turibmizki, asosiy vositalar lizingining kapitallashgan qiymati 5 000 000 so’mni tashkil etadi minus 1 400 000 so’m amortizatsiyasi yoki balans (qoldiq) qiymati 3 600 000 so’m. Majburiyatlar 900 000 so’m qisqamuddatli va 2 700 000 so’m uzoq muddatli majburiyatga bo’linadi.


Lizing to’lovlari hisobotda moliyaviy to’lov (foizlar bo’yicha xarajatlar) va majburiyatlarni kamaytirish bo’yicha to’lovlarga (lizing kelishuvi bo’yicha to’lovlar) taqsimlanadi.
Moliyaviy to’lov lizing muddati mobaynidagi minimal lizing to’lovlarining summasi va boshlang’ich yozilgan majburiyat summalarining farqidan iboratdir. Moliyaviy to’lov lizing muddati mobaynida davrlar bo’yicha shunday taqsimlanadiki, har bir davrda majburiyatlar qoldig’iga nisbatan doimiy stavka saqlanib qolinishi kerak. Lizingga olingan mulkning amortizatsiyasi unga bo’lgan egalik qilish huquqi o’tkazilgan paytda aniqlanadi. Agar egalik qilish huquqi lizing oluvchiga lizing muddati tugagandan keyin o’tsa yoki bu ko’zda tutilgan bo’lsa, amortizatsiya hisoblash uchun davr bo’lib, aktivning foydali ish faoliyati muddati hisoblanadi. Agar egalik qilish huquqi o’tkazilmasa, amortizatsiyani hisoblash uchun quyidagi ikki davrdan eng qisqasi: lizing muddati yoki aktivning foydali ish faoliyati muddati hisoblanadi.
Odatda moliyaviy to’lov va hisoblangan amortizatsiya summasi hisobot davri uchun to’langan lizing to’loviga teng emas va buning natijasida lizingga olingan aktiv qiymati va u bilan bog’liq majburiyat qiymati lizing muddatining boshlanishidan hamma davrlar uchun teng bo’lmaydi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish