Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Nomoddiy aktivlarning kirimini hisobga olish



Download 2,01 Mb.
bet124/524
Sana11.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#774417
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Nomoddiy aktivlarning kirimini hisobga olish. Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy ta’minot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
Ob’ektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar” asosida tartibga solinadi. Nomoddiy aktivlar quyidagi ob’ektlar uchun aniqlanadigan boshlang’ich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
a) ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani - tomonlarning kelishuvi bo’yicha;
b) to’lov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu ob’ektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish bo’yicha amalga oshirilgan - haqiqiy xarajatlar bo’yicha;
c) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan ob’ektlar - kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan qiymat bo’yicha;
d) korxonaning o’zi tomonidan yaratilgan yoki korxonaning o’zida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan ob’ektlar - haqiqiy tannarxi bo’yicha.
Ta’sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi" hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti, 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvarag’ining kreditiga kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida, 8530 “Tekinga olingan mulk” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Agar nomoddiy aktiv korxonaning o’zi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud bo’lsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud bo’lmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
Gudvill (firma bahosi)ning buxgalteriya hisobi 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlang’ich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning (0400) kreditidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi.
Quyida nomoddiy aktivlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati (haqiqiy tannarxi) bo’yicha kirim qilinishi:
D 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”.
2) Korxonaning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxi bo’yicha kirim qilinishi:
D 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”.
3) Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki aktsiyaga obuna bo’lishga haq to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi:
D 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
4) Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi:
D 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 8530 “Tekinga olingan mulk”.
5) Korxonani sotib olishda aktivlarning haqiqiy bahosi va sotib olish bahosi o’rtasidagi farq sifatida vujudga keladigan gudvill (firma bahosi)ni aks ettirish:
D 0480 “Gudvill”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” va boshqa majburiyatlarni hisobga olish hisobvaraqlari.
6) Gudvill (firma bahosi) summasining har oy foydali xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
K 0480 “Gudvill”.
7) Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati bo’yicha sotilishi, hisobdan chiqarilishi, xarid qilingan qimmatli qog’ozlar haqining to’lovi uchun berilishi, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida, shuningdek tekinga berilganda va boshqalar natijasida chiqib ketishi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish