Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet184/524
Sana02.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#479332
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Mehnat haqidan daromad solig’i. Soliq kodeksini 381-moddasi asosida O’zR rezidenti bo’lgan jismoniy shaxsning daromadlariga daromadlariga 12 foizlik soliq stavkasi bo’yicha soliq solinadi.
Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlrga 5 foizlik soliq stavkasi bo’icha soliq solinadi.
Oldingi yillardagi jismoniy shaxslarning daromadiga shkala bo’yicha soliq solish bekor qilindi va bu holat yangi Soliq kodeksida (2020 yil) qayd qilindi.
Soliq kodeksining 382-moddasida O’zRsining norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxsning O’zRdagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar bo’yicha soliq solinadi (7.1-jadval).
Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlarning sintetik hisobi. Korxona ro’yxatida bo’lgan va ro’yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to’lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to’lovlar) bo’yicha joriy qarzlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”;
6720 “Deponentlangan ish haqi”.
7.1-jadval
O’zRsining norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkalari



Soliq ob’ekti

Soliq stavkalari,
foizlarda

1

Dividendlar va foizlar

10

2

Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar).

6

3

Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo’yicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda ko’rsatilmagan boshqa daromadlar

20

6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag’ining kredit tomonida mehnat haqi, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag’ining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to’lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
Har yilgi va qo’shimcha ta’til bo’yicha summalarni hisoblashda ushbu summalar mehnat haqi jamg’armasiga joriy oyga to’g’ri keladigan ta’til kunlari summasi miqdorida kiritiladi. Ta’tilning bir qismi keyingi oyga o’tgan hollarda, ushbu kunlar uchun xodimlarga to’langan summalar joriy oyda berilgan bo’nak summasi kabi aks ettiriladi va 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar” hisobvarag’ining debetida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” hisobvarag’ining kreditida ko’rsatiladi.
6720 “Deponentlangan ish haqi” hisobvarag’ida xodimlarning olinmagan ish haqi bo’yicha qarzlari aks ettiriladi.
6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob korxonaning har bir xodimi bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Kapital qo’yilmalar sohasida band bo’lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi:
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
2) TMZlarni tayyorlash va sotib olish muomalalari bo’yicha mehnat haqi hisoblandi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
3) TMZlarni tayyorlash va sotib olish muomalalari bo’yicha mehnat haqi hisoblandi (1510 - hisobvaraq qo’llanilganda):
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
4) Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumishlab chiqarish tsexlari, yaroqsiz mahsulotni to’g’irlash va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ishchilariga mehnat haqi summalari hisoblandi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
5) Mahsulot sotishda, boshqaruv va boshqa muomalalarda band bo’lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblandi:
D 9410 “Sotish xarajatlari” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” yoki
D 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
6) Kelgusi davr xarajatlariga kiritiladigan ishlar uchun mehnat haqi hisoblandi (mavsumiy tarmoqlarda va boshqalar):
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
7) Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonlari bo’yicha hisoblangan mehnat haqi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
8) Ortiqcha to’langan summalar (mehnat haqi va hokazolar) kassaga qaytarildi:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
9) Tabiiy ofatlar, yong’inlarni bartaraf qilish bilan bog’liq bo’lgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
10) Xodimlarga bir martalik mukofot hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
11) Mahsulot, ish, xizmatlar qiymati korxona ishchilaridan ushlab qolindi:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
12) Xodimlarga hisoblangan summalar kassadan to’landi (mehnat haqi, mukofotlar va hokazo):
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”.
13) Hisobdor shaxslarning qaytarmagan bo’nak summalari ushlab qolindi:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
D 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
D 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
14) Aktsiyalarga obuna bo’yicha majburiyatlar qoplandi:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
15) Kreditga sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar bo’yicha navbatdagi to’lovlar ishchilardan ushlab qolindi:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”.
16) Aybdor ishchilarning mehnat haqi summasidan etkazilgan moddiy zararlar summasi ushlab qolindi:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish