GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XATI
Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga asosan “AKADEMIK LITSEY VA OʻRTA TA’LIM MUASSASALARIDA ANIQ FANLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN YOʻNALISHLARDA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.
1. Konferensiya maqomi: Viloyat miqyosidagi konferensiya
2. Konferensiya o‘tkazish vaqti: 2021 yil, 10- may
3. Muhokama qilinadigan muammolar:
Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinadi.
1-sho‘ba: Aniq fanlarning dolzarb masalalari.
2-sho‘ba: Akademik lisey va oʻrta ta’lim muassasalarida matematika fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qoʻllash muammolari.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus.
Qatnashish shartlari: Konferensiyada ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar hamda o‘rta maxsus ta'lim va maktab ta'lim xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar ,tezislar dolzarb muammolar yechimiga bag‘ishlangan yoki muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallarni nashr etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, tezis hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 5 betdan oshmagan bo‘lishi kerak. To‘plamda e’lon qilinadigan materiallarning bir varag‘i uchun 10.000 so‘m badal puli to‘lanadi. Konferensiya to’plami va sertifikatlar barcha mualliflarga elektron shaklda yetkaziladi.
Matn A4 formatdagi oq qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3,0 sm va o‘ngdan 1,5 sm chegaralar qoldirib, joylashtiriladi va albatta elektron shaklda ham taqdim etiladi. Doklad materiallari raqamlanmaydi va Microsoft Word redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1,5) rtf, doc. formatda rasmiylashtiriladi. Matndagi formulalar Redaktor formula (mathtype) da bo’lsin. Barcha havolalar (snoskalar) tik qavs ichida [1] ilovada ko’rsatilgan namuna asosida bo‘lishi kerak. Maqola yoki tezis oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi.
Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallif ma’sul.
Material nomi bosh (katta) harflar bilan markazga yoziladi, kichik harflar bilan muallifning familiyasi, ismi-sharifi, shahar, mamlakat, ish joyi ko‘rsatiladi. Maqola yoki tezisning qisqacha annotatsiyasi va kalit so’zlari (7-8 ta) bo’lishi shart.
Talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar bosib chiqarilmaydi.
Konferensiyaga taqdim etilgan materiallar 2021-yilning 5-mayiga qadar qabul qilinadi.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze, Guliston AL, GulDU.
Ma’lumot uchun tel:
Xat bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqolalar quyidagi telegram messerjerlari orqali qabul qilinadi.
+998994769239 Rahmonov Jamshidbek
+998972450112 Xudoyqulov Rustamjon
e-mail: xudoyqulov-rustam@mail.ru
ilova
EYLERNING SONLI FUNKSIYASI VA UNING XOSSALARI
H.R.G’oyibnazarov, GulDU katta o’qituvchisi
Sh.Abduqodirova, D.Toshboltaev, GulDU talabalari
Annotasiya: XVIII asrning buyuk matematiklaridan biri L.Eyler (1707-1783) quyidagicha ta’riflanadigan sonli funksiya bilan shug’ullangan, u bu funksiyaning arifmetika masalalarida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.
Kalit so‘zlar: Tub sonlar, funksiya, sonli funksiya, Eyler funksiyasi.
Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi [1]. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi [2]. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi. Maqolaning asosiy matn qismi yoziladi[3].
Foydalanilgan adabiyotlar:
И.М.Виноградов. Основы теорий чисел, М.: 1952.
Прасолов В.В., Задачи по алгебре, арифметике и анализу: Учебное пособие. М.: МЦНМО, 2007. 608 с.
M.A. Mirzaahmedov, Sh.N. Ismailov. Matematikadan qiziqarli va olimpiada masalalari. I qism, Toshkent, “Turon-Iqbol”, 2016.
Do'stlaringiz bilan baham: |