Operatsion tizim (OT) - o‘zaro bog‘langan tizimli dasturlar kompleksi. U
foydalanuvchining kompyuter bilan aloqasini tashkillashtiradi va boshqa
barcha dasturlarning bajarilishini ta'minlaydi.
OT kompyuter qurilmalarining bajariluvchi dasturlari ?amda foydalanuvchilar
orasida bo?lovchi vazifasini bajaradi.
OT odatda kompьyuterning tashqi xotirasi (disk)da saqlanadi.
Kompьyuter
ishga tushirilganda u diskdan o‘tiladi va tezkor hotira qurilmasiga joylashadi.
Ushbu jarayon operatsion tizimning yuklanishi deb ataladi.
OTning vazifasiga quyidagilar kiradi:
-
foydalanuvchi bilan mulo?ot o‘rnatish;
-
ma'lumotlarni kiritish-chi?arish va bosh?arish;
-
dasturlarning ish jarayonini rejalashtirish va tashkillashtirish;
-
resurslar (tezkor va kesh hotira, processor, tash?i ?urilmalar)ni ta?simlash;
-
dasturlarni ishga tushirish;
-
hizmat ko‘rsatishdagi har hil yordamchi amallar;
-
ichki qurilmalar orasida ma'lumotlarni uzatish;
-
tarkibiy qurilmalar (monitor, klaviatura, printer va xokazo)
ish faoliyatini
dasturiy ta'minlash.
OTga misollar - MS-DOS, Windows, Linux, UNIX, Solaris, Doppix, MacOS
va boshqalar.
WINDOWS NT operatsion tizimi.
WINDOWS NT- ko‘p foydalanuvchili, ko‘p masalali, ko‘p oqimli OT dir, u
WINDOWS 95 interfeysiga deyarli o‘xshash bo‘lgan
grafikli foydalanuvchi
interfeysiga ega.
Bu operatsion tizimning o‘ziga xos xususiyatlari:
•
ichiga qurilgan tarmoqdi yordam berish - boshqa OT lardan farqli ularoq u
boshidayoq hisoblash tarmog‘ida ishlashni hisobga olib yaratilgan, shuning
uchun foydalanuvchi interfeysiga fayllar, qurilmalar va ob'ektlarni birgalikda
tarmoqli ishlatish vazifalari moslashtirilgan;
•
muhimlik bo‘yicha ko‘p masalalik, bu yuqoriroq muhimli ilovalarning quyi
muhim ilovalarni siqib chiqarishiga imkon beradi, xususan, "to‘xtab qolgan"
ilovalarni bajarishda tizimning ishlamay turib qolishini
avtomatik bartaraf
qilish hisobiga mashina vaqtini yanada samaraliroq ishlatish imkonini beradi;
•
dasturlarni va foydalanuvchining turli fayllarini ruxsat etilmagan murojaat
qilishdan etarlicha kuchli himoya vositasining borligi; resurslarga ko‘p darajali
murojaat qilishlarning borligi, bunda foydalanuvchi murojaat qilish darajalarini
ularning vakolatiga mos ravishda belgilaydi;
•
bir nechta faylli tizimlarni qo‘llab-quvvatlash - WINDOWS ning hamma
versiyalari tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan DOS faylli tizimidan tashqari,
WINDOWS NT o‘zining shaxsiy faylli tizimiga (NTFS) ega va OS/2 (High
Performance FS) va ixcham-disk (CDFS) faylli tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
•
kompyuter platformalarini, shu jumladan multiprocessorli hisoblash
tizimlarining keng spektrini qo‘llab-quvvatlash.
WINDOWS NT OT ning birinchi versiyasi bozorda 1993 yilda paydo bo‘ldi,
hozirgi vaqtda esa uning 3. 0 va 4. 0 versiyalari
turli xil tashkilotlar, banklar,
sanoat
korxonalari
va
shaxsiy
foydalanuvchilar
tomonidan
keng
qo‘llanilmoqda.
Windows ni ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika - Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga
bog‘liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys - Windows da foydalanuvchining muloqati yagona, ya'ni turli
dasturlar bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalaninishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofikligi - Windows MS DOS ning barcha
amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko‘p masalaligi- Windows bir paytning o‘zida bir necha hujjat va dasturlar
bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o‘tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor
hotiradan to‘liq foydalanish imkoniyati mavjud. qurilma resurslaridan ham
to‘liq foydalaniladi. Windows qurilmalari ora sidagi
muloqotni dasturlarning
o‘zi ta'minlaydi.
Ma'lumotlar almashinuvi - Windows dasturlararo ma'lumot almashish
imkoniyatiga ega. Bu mahsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki
DDE (Dinamic Data Exchangema'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni
boshqa dastur natijalardan foydalanishi), OLE (Obiect-Linking Emboding-
dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan ?olda foydalanish) yordamida
amalga oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o‘rgatishga
talablar
kamayadi
va
tajribali
foydalanuvchilar
tizimining
yangi
imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o‘zi o‘rganishi mumkin. Buning uchun
“Pusk”- ishga
tushirish tugmasidan, masalalar panelidan, Provodnik dasturidan,
yordam berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
MICROSOFT
firmasi
WINDOWS
dasturini
1983
yilda
yaratib,
dastlab,WINDOWS-3.1WINDOWS-3.11
versiyalari,
WIDOWS-95,
WINDOWS-98 , WINDOWS-2000 , keyinchalik esa WINDOWS-XP versiyasi
yaratildi va Respublikamizda ayni vaqtda oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari
o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda. Windows so‘zining ma'nosi
“darchalar”,”oynalar”. Windowsga kirganda dasturlar oynalarda bajariladi.
Oynalarning piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu esa ekrandan unumli
foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: