Xisor davlat qo‘riqxonasi O’zbekistonVazirlar Kengashining 09.09.1983
yildagi 521-sonli qaroriga muvofiq Qizilsuv va Miroqi davlat qo‘riqxonalarining qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan. Xisor davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonda eng yirik qo‘riqxona bo‘lib, 80986 ga maydonni egallaydi. Qo’riqlash tartibini joriy etish Qizilsuv davlat qo‘riqxonasi tomonidan 1974 yilda Xisor tog‘ tizmasining janubiy qismidagi 30094 ga maydonda boshlangan.
1975 yilda shimoliroqda Miroqi qo’riqxonasi tashkil qilingan. Xisor davlat qo‘riqxonasi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lib, tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |