MIRZA KENJABEK
Qiskacha biografik ma’lumot: Shoir 1956 yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tavallud topgan. 1979 yil ToshDUning jurnalistika fakul’tetini tugalladi. Shundan so’ng "Esh gvardiya" (hozirgi ”Kamalak”) nashriyotida, "Mushtum" jurnalida, G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida, adiblar ittifoqida xizmat qildi. Birinchi she’riy to’plami 1982y "Maktublarim" nomi bilan bosilgan. Shundan so’ng quyidagi poetik va publitsistik to’plamlarni nashr ettirdi :
"Quyoshga qaragan uy”- 1983 y
"Munshaot" - 1986 y
"Sharq tili”- 1988 y
“Baxorim ellari" - 1991 y
Shuningdek, "Muxabbatning yo’li xatarli" va "Hasrat kitobi” publitsistik to’plamlari.
A. S. pushkinning "Evgeniy Onegin"" poemasini Oybekdan keyin ikkinchi bor o’zbek tiliga ag’dargan.
Mirzo Kenjabek o’zbek she’riyatiga jasur va isyonkor shoir sifatida gulduros solib kirib keldi.U faqat o’z ijodlari bilan emas, faol va dadil ijtimoiy harakatlari, matbuot va yig’inlardagi jasur chiqishlari bilan respublikamizning yangi istiqlol yo’liga o’tishini tezlashtirgan Usmon Azim, Xurshid Davron, Shavkat Rahmon, Muhammad YusuF kabi tengdoshlari qatoridan munosib o’rin egallagan ijodkordir.
Mirzo Kenjabek she’riyatining ustivor mavzularini ona Vatan - O’zbekistonni mustaqil mamlakat holida ko’rish istagi, millat taqdiri, hayot murakkabliklari haqida iztirobli o’ylar, lirik kechinmalar deb belgilash mumkin.
Shoir o’zi tug’ilib o’sgan ona Vatanini - O’zbekistonni jon-dilidan sevadi, u haqda she’r yozganda faxr va g’ururga to’lib-toshib kuylaydi:
Zardushtiy edim men - qutlug’ o’t o’zing,
Butparst bo’ldim men - sanam-but o’zing.
Sensan e’tikodim, o’zingsan tangrim,
Mangu sig’inmoqqa loyiq yurt – o’zing
Erning har burchida odamlar goho,
Menga o’z tilimda, so’ylar gumon yo’q:
O’zbek ko’p butun er yuzida, ammo
Olamda boshqa hech O’zbekiston yo’q!
("O’zbekiston'')
Ammo, shunday davrlarni ham boshdan kechirdikki, mana shu o’zing uchun muqaddas bo’lgan Vatan haqida, uning mustamlaka, qaram takdiri haqida yonib va ochiq yozish gunohi azim sanalardi. Shoir o’z Vatanini sevgani va kuylagani uchun aybdor edi. Ana shunday kezlarda shoir o’zining bu tuyg’ular ini qaysi bir "aylanma" usullar bilan aytib olish yo’llarini izlar, bunday vaziyatda unga ko’pincha moziyga qaytish usuli qo’l kelar edi. "Dog’larja hasrati" she’ri xuddi ana shu o’tmish “kudug’"iga aytilgan darddir:
"Uylardan uylarga o’tgandek ko’chib,
Kitobdan kitobga sakrayman cho’chib,
Betiga chopaman har kun nechaning,
Ko’zlarim g’ajiydi qaro kechani.
To’rt yon tashlanaman bog’langan itday,
Ozodlik hidini sezmayman qitday
Bog’lik bo’lsa hamki zanjir, iplarda,
Ovoz erkinligi bordir itlarda
Egamning qo’shnisin tovshim to’ydirar,
Etga igna qo’shib, meni o’ldirar.
Men esa muttaham, beor ahlidan
Tirilaveraman odam shaklida!
Asli o’lganmanu, yashayman, tushun,
Bir chovli Vatanni sevganim uchun
Xa, bu - Dog’larja hasrati emas, Vatanni sevgani uchun aziyat chekayotgan mirzo Kenjabek hasratidir.
shoir o’z ijodida Vatani, millati hayotida bo’laetgan har bir voqeaga aks-sado beradi. U mustamlaka Vatanining har bir oh-zoridan azobga tushadi, ustalik bilan qilinayotgan mustamlakachmlik siyosatining moxiyatini juda tez anglab olib, fidoyi o’g’il sifatida bong uradi.
O’zbekistonning ayrim viloyatlaridan aholining turli bahonalar va va’dalar bilan Rossiyaning nokoratuprok zonalariga ko’chirilishi chinakam mustamlakachilik siyosati bo’lib millatga nisbatan genotsid deb baholanishi zarur. Ammo bu voqeaga turli ijodkorlar turlicha aks-sado berishdi. Otaxon yozuvchiimiz Ibrohim Rahim bu vaqtni "xalqlar do’stligining buyuk ramzi” siFatida ulug’lab,"Oqibat" nomli romanini yozib tashladi. Ba’zilar bu qarorni balandparvoz pardalarda she’rga solishdi.
Bu imperiyachilik smesati Mirzo Kenjabekni ham befarq koldirmadi.U ham bu mavzuda she’r yozdi. Lekin, bu she’rning ruhi butunlay boshqa edi. She’r zo’rovonlik oldida inkomsiz insonning qalbi iztirobga to’lib aytgan nolasi tarzida taassurot qoldiradi:(Mirzo Kenjabek "Xayrlashuv" - 175 bet)
mirzo Kenjabek she’rlarida publitsistik ruh ustun turadi. Ammo, shoir har bir she’r tagida o’tkir bir ijtimoiy muammo, dard bo’lishiga alohida e’tibor beradi. Bunday xususiyat xatto uning lirik kayfiyatdagi she’rlariga ham xosdir. Jumladan,"Navro’z qo’shig’i"sherini ko’rib o’taylik.Bunday she’rlarda odatda lirik oxangdorlik , tantanavor ruh ustivor bo’ladi.Ammo, shoir tutgan Navro’z guli ichida o’tkir"tikonlari” ham borki, har bir to’rtlikda ularning “tig’i" ko’rinib turadi. M. Kenjabek "Navro’z qo’shig’i -169 bet)
M.Kenjabekning Surxon bog’larida","Mirtemirning bolalik chog’i","Samarqand ushshog’i","Yaldo kechasi"," Geografiya darslarida","Muin Bsmusga maktubi","Broun harakati","Avesto oxanglari","U kunlar","Bu kunlar","Munojot", "Vaznsizlik xolati"g "Safar sayis”, "Tongda samolyotlar uyg’otar meni”, " Men daraxtman", "Uyg’oq uyqu", "Oxuva", " Uch nazar", " Shoirning onasi”," Oshkoralik muxoliflariga” va boshqa o’nlab she’rlarida bugungi kunning o’tkir ijtimoiy muammolarini, zamondoshlarimizning quvonch va tashvishlarini maxorat bilan aks ettiradi.
M. Kenjabekning katta xizmatlaridan biri A. Pushkinning "Evgeniy One-gin" poemasini o’zbek tiliga tarjimasi bo’ldi. Oybekdek san’atkorning panjasiga panja urishga o’zida jasorat va iqtidor topgan yosh shoirning bu urinishi muvaffaqiyatli yakun topganini alohida qayd etish kerak.
Xulosa shuki, M.Kenjabek so’nggi davr she’rmyatimizning jasur, isyonkorlik-iqtidorli shoirlari qatorida sabot va matonat bilan ijod cho’kqilari sari bormoqda. Bu yo’lda unga omad yor bulsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |