Qo’shimcha adabiyotlar
Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to’plami. Besh jildlik. T., "Fan", 1975-1994.
Maqsud Shayxzoda. Asarlar. 6 tomlik. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1969-1974.
Mirtemir. Asarlar. To’rt jildlik. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1980-1983.
Zulfiya. Asarlar. Uch jildlik. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1983-1986.
Erkin Vohidov asarlari:
Saylanma. Ikki tomlik. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1986.
Iztirob. T., "O’zbekiston", 1992.
Yaxshidur achchiq haqiqat. T., "Nur", 1992.
Abdulla Oripov. To’liq asarlar to’plami. To’rt jildlik. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001.
Rauf Parfi. Sabr daraxti. T., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1986.
Shavkat Rahmon. Saylanma. T., "Sharq", 1997.
Usmon Azimov. Saylanma. T., "Sharq", 199
Glossariy lug’ati
Anshlag – teatr sahnasida muvaffaqiyat qozongan dramatik asar premeralari
Dramatik doston – sahna uchun mo’ljallangan dramatik yo’nalishdagi she’riy asar.
Jadid adabiyoti – jadidchilik harakati natijasida yuzaga kelgan nasr, nazm va dramatik asarlar
Iltiqlol – o’zbek millati va mamlakatning mustaqillikka erishishi
Yirik siyosiy publitsist – Mahmudxo’ja Behbudiyning jadidchilik g’oyalari ilgari surilgan ijtimoiy va siyosiy publitsistikasi
Lirik qissa – Mirtemirning kechinma tavsifi ustun bo’lgan “Surat” lirik qissasidagi o’ziga xos xususiyat nazarda tutiladi. Keyinchalik O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi ham lirik qissa deya e’tirof etilgan
Ma’rifatparvar arbob – A.Avloniyning siyosiy faoliyati va uning ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan bog’liq atama.
Mistifikatsiya – tarixiy jihatdan asoslanmagan, o’ylab chiqarilgan voqealarga kitobxonni ishontira bilish usuli
Milliy - millatga oid; bir millatdagi kishilarga xos bo’lgan yoki biror millatning, xalqning o’ziga xos bo’lgan, uning xususiyatlarini ifodalovchi
Oybek nasri – o’zbek romannavislik maktabining shakllanishida adib nasriy ijodining ahamiyati
Polifonik roman – bunda bir necha mavzular va yo’nalishlarni birdek olib borish bilan qahramonlar yaratish mahorati aks etgan roman
Roman dilogiya – biri ikkinchisining mantiqiy davomi bo’lgan ikkita roman.
“Ruhlar isyoni” – o’zbek adabiyotidagi E.Vohidovning falsafiy, fojeiy va qahramonlik dostoni
Realizm – Adabiyot va san’atdagi asosiy ijodiy metodlardan biri. Voqelikni, hayotni badiiy obrazlarda murakkabligi va butun to’laligi bilan to’g’ri va haqqoniy aks ettirish uning bosh printsipidir
Safarbarlik – urush yillari o’zbek adabiyotida shakllangan o’ziga xos yo’nalish.
Sotsrealizm – XX asr o’zbek adabiyotida yagona va hokim metodga aylangan mafkuraviy yo’nalish
“Sof lirika” - sof - beg’ubor, toza, musaffo. Bu davr she’riyatida, xususan, Oybek
ijodidagi o’ziga xos yo’nalish.
Tarixiylik – tarixiy voqelik va faktlar asosida asarlar yaratish.
Taxayyul – xayolga keltirish, o’ziga xos yangicha fikrning badiiy asardagi ifodasi.
Tendentsiozlik – adabiy taraqqiyotning asosiy bosqichlari va taraqqiyot tadriji asosi
“Turon” – 20- yillarda tashkil etilgan sayyor teatr truppasi
Unga ko’ra xalqni tinchlik yo’lida kurashishga safarbar qilish nazarda tutiladi.
Folklor – xalq og’zaki ijodi namunalari. H.Olimjon she’riyatida bundan unumli foydalanilgan
Xokku – yapon poeziyasidagi janrlardan biri. 1 - misra - 5, 2 - misra – 7, 3 - misra – 5 hijodan iborat bo’lgan uch misrali she’riy asar.
Shaxsiyatparastlik – “Sarob” romani bosh qahramoni xos bo’lgan dunyoqarash
Yumoristik qissachilik – G’afur G’ulom ijodiyotida shakllantirilgan nasrning o’ziga xos shakli
G’oyaviylik – hayot haqiqati va partiyaviylik uchun kurash, hayot haqiqatidan qochish va voqelikni bezab, pardozlab aks ettirishga intilish
Qayta qurish – 80-yillar siyosiy jarayonida shakllangan milliy tiklanish harakati
Qahhorona nasr – o’zbek hikoyachiligidagi o’ziga xos maktab
Qatag’on yillari haqiqati – 30-40-yillar o’zbek adabiyotiga kirib kelgan qatli om nazarda tutiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |