I L O V A
ISHIMIZNING IZOHLI LUG'ATI
Agressiya- Kimgadir zarar yetkazish uchun yo'naltirilgan jismoniy yoki verbal
xulq. Agressiyaning bunday sotsial-psixologik ta'rifi bo'yicha odam agressiv
bo'lmagan holda qaysar, shiddatli bo'lishi mumkin.
Axloq -tirik mavjudotga xos bo’lgan, ularning ichki va tashqi faolligi
vositasidagi atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirdir.
Affektatsiya-kuchli hissiyotlar namoyishi
Autodestruktiv -o’z-o’zini parchalovchi axloq
Asotsial axloq - bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga bevosita xavf
soluvchi, axloqiy-ma’naviy me’yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq.
Antiijtimoiy (delinkvent) axloq - bu qonun me’yorlariga qarshi chiquvchi,
ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U qonunchilik
bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakasizlikni o’z ichiga oladi
Autistik -odamlar va atrofdagi harakatlardan bevosita chegaralanganlik,
shaxsiy fantaziyasi olamiga sho’ng’iganlikda ko’zga tashlanadi destruktiv axloqning
barcha sanab o’tilgan shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |