90
tizimidir. U ma’lumotlar hajmi 1 g baytgacha bo‘lganda Microsoft office ning o‘z
vositalari bilan birgalikda ish yuritishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumotlar saqlanish va kirish muammolari
himoya vositalaridan
foydalanish yordamida hal qilinadi. Qo‘lda bajariladigan operatsiyalarni
avtomatlashtirish oddiy ko‘zda ko‘rinadigan vositalar va makroslarga
birlashtirilgan makrobuyruqlar yordamida bajariladi. Agar ko‘zga ko‘rinadigan
tayyor vositalarning imkoniyatlari etishmasa, makro buyruqlarga murojaat qilinadi,
agar ularning ham imkoniyatlari etarli bo‘lmasa,
unda dasturlash tilidan
foydalanish mumkin.
ACCESS MBBT ning 1.0 versiyasi 1992 yilida MS WINDOWS operatsion
tizimi uchun ishlab chiqarilgan birinchi relyasion MBBT hisoblanadi. Access’95
jahonda birinchi 32-razryadli relyasion MBBTdir. Access-2007 esa tarmoqlardagi
ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirgan MBBT hisoblanadi.
ACCESS MBBT oynasi instrumentlar paneli, bosh menyu buyruqlari va
MB oynasidan tashkil topgan.
ASSESS MB turli sinf ob’ektlaridan iborat bo‘lib,
MB oynasidagi alohida
ilovalarda joylashgan. Ma’lum bir sinfning MBning yangi ob’ektlari, yaratish
usulini ko‘rsatish bilan
Sozdat
(yaratish) tugmasini bosish orqali (Konstruktordagi
Master programmasi yordamida ma’lum sinf ob’ektlari) yaratiladi.
Otkrit
tugmasi
alohida oynada ishlash uchun MB ob’ektini chiqaradi. MB ochiq turgan oynalari
ro‘yxatini
Okno
menyu buyrug‘i yordamida ko‘rish mumkin.
Access MBBT boshqaruvidagi MB ning kengaytmasi. mdb dan iborat bo‘lib
qo‘ydagi ob’ektlardan tashkil topgan:
Tablitsa (Jadval)
– ma’lumotlarni saqlash uchun;
Forma (SHakl)
– ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash uchun;
Zapros (So‘rov)
– jadvallarni qayta ishlash va boshqa so‘rovlar uchun;
Kirish mumkin bo‘lgan sahifa
– Internet yordamida
MB bilan ishlash uchun;
Makros
– ko‘p takrorlanadigan xarakatlarni avtomatlashtirish;
Modul
– ma’lumotlarni qayta ishlash uchun Visual Basic dasturlashtirish
tilidan foydalanish;
91
Otchyot (Hisobot)
– natijalarni bosmaga chiqarish.
Ma’lumotlarning yangi bazalarining yaratilishi ACCESS ni ishga tushirish
va muloqotli darchaning paydo bo‘lishidan boshlanadi.
Masterni ishga tushirish
operatsiyasini tanlash yaratilish darchasiga olib keladi.
Assess menyusi
Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Servis
oynalaridan iborat.
Access MBBT turli hajmdagi MB ni yaratishga imkon berib, ular alohida va
jamoaaviy kirish rejimlarida ishlay oladi.
MS Access 2010 ning yangi funksiyalari quyidagilardan iborat:
1)
MB ni oldingi versiyalar formatiga o‘tkazish;
2)
barcha ilovalardagi MB ob’ektlarini avtomatik o‘zgartirish;
3)
MB jadvaliga kiritiladigan qiymatlarni tekshirish, shartli formatlash;
4)
bir oynadagi bog‘liqlik turi bo‘yicha bir-birining ichiga joylashgan
jadvallar;
5)
formalar va hisobotlar maketlarini o‘zgartirish;
6)
e-mail bo‘yicha tarqatish uchun hisobotlarning statistik nusxasini
yaratish;
7)
MB ni magnit disk va boshqa ilovalarga
saqlash paytida uning
arxivlangan ko‘rinishini boshqarish.
Access 2010 Internet tarmog‘ida ishlash uchun quyidagi yangi
funksiyalarni o‘z ichiga olgan:
• ma’lumotlarga kirish sahifasi;
• html (dasturlashtirish tili) formatida jadval, so‘rov, hisobotlarni chiqarish,
shu jumladan, elektron jadvallarni, diagrammalar, dinamik jami jadvallarni.
Access MBBT rejimlarini sozlash
«
Do'stlaringiz bilan baham: