88
4.3.7. MB ni loyihalash
Ma’lumotlar bazasi uchun ma’lumotlar modeli deb yuritiluvchi ko‘p
bosqichli taqdimot va tasvirlash xarakterli bo‘lib, uni yaratish uchun MB
nazariyasi va loyihalash uslubi ishlatiladi.
MB, predmet sohasi masalalari va so‘rovlarini
amalga oshirish uchun,
dastlabki ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Bular birinchi navbatda, me’yoriy,
dastlabki axborotlardir. MBda masalalar echimlarining natijalari yig‘ilib, ular
boshqa masalalarni echishda kiradigan axborot sifatida ishlatilishi mumkin. MBni
loyihalashda asosiy muammolardan biri, predmet sohasi ma’lumotlari tuzilmasi va
tarkibini aniqlashdan iboratdir.
MB axborot tashuvchi vositalardagi ma’lumotlarning
mantiqiy tuzilmasini
va uni jismoniy tashkil etishni tasvirlovchi ma’lumotlar modeli yig‘indisi sifatida
qaralib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) boshqaruvida turadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi orqali MB ni hosil qilishda
namunaviy loyiha ishlari quyidagilardir:
predmet so
h
asi axborotli-mantiqiy modelini hosil qilish;
MBBT ni tanlash;
MB ning mantiqiy tuzilmasini loyi
h
alash;
axborot tashuvchi vositalarda MB ni tashkil qilishni loyihalash;
MB bilan ishlashning axborot texnologiyasini ishlab chiqish.
Predmet sohasi ma’lumotlarini formal ko‘rinishda tasvirlash MBni manti
q
iy
tuzilmasini
hosil
qilish
uchun asos bo‘ladi va u predmet sohasi axborot-mantiqiy
modeli (AMM) deb yuritiladi. AMMning MBning
tuzilmasini loyihalashda
ahamiyati katta.
MB va axborot tizimlarini amalga oshirish samaradorligida MBBT ni
tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega.
MB axborot tizimining muhim resurslaridan biridir. To‘liqlik, o‘z vaqtidalik,
aniqlik, butunlik talablariga javob beruvchi MBning tarkibi
axborot tizimlarining
samarali amalga oshirilishida asos bo‘lib xizmat qiladi.
89
MBBT larining ierarxik, tarmoqli va relyasion tuzilmalari mavjud.
Ierarxik tuzilmali ma’lumotlar asosiy ma’lumotlar orasida birlik va ko‘plik
munosabatlarini rag‘batlantiradi.
Tarmoqli tuzilmali ma’lumotlar uchun ma’lumotlar turlari bog‘lanishining
eng egiluvchan tuzilmasi ta’minlangan bo‘lib, ular nisbatan bir biri bilan
bog‘lanmagan bo‘ladi. Bu erda ma’lumotlarni qidirishning
katta imkoniyatlari
mavjud.
Relyasion tuzilmali ma’lumotlar uchun ma’lumotlarning asosiy birligi jadval
ma’lumotlari hisoblanadi va ular maydonlardan tashkil topgan bo‘ladi. Jadval
ma’lumotlarning chiziqli tuzilmasiga ega. Umumiy holda relyasion ma’lumotlar
bazasining mantiqiy tuzilmasi quyidagi ma’lumotlar bazasining ob’ektlari sifatida
qaraladi:
a) Tablitsi (jadvallar).
b) Formi (shakllar).
v) Zaprosi (so‘rovlar).
g) Otchyoti (hisobotlar).
d) Makrosi i moduli (makroslar va modullar).
Relyasion ma’lumotlar modeli turli miqyosdagi va sohadagi ma’lumotlar
bazasi uchun eng ko‘p tarqalgan va istiqbolli bo‘lib hisoblanadi.
Ular barcha
turdagi EHM sinflari uchun amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: