Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

«Masnaviy»ning ikkinchi kitobi:
«Toki foydadan xabar berilmas 
ekan, bandasi qimirlamas. Zero, ul bandasini qimirlatuvchi, odamiyga 
xos bir narsadirkim, so’z, maslahat ana shu xususidadir», ya’ni 
«Janobi Haq har narsani mezoni ila berar, hisobsiz, mezonsiz 
bermas», – deyiladi. Ikkinchi kitobda insonning ma’naviy-axloqiy 
shakllanishida ikkinchi qadam ko’proq insondagi mezon, me’yor, 
sabr, matonat, vijdon tushunchalari borasida fikr yuritilgan va u 
shunday boshlanadi: 
Masnaviy nazmida yuz berdi sukut, 
Vaqt lozim qondin ayrilguncha sut. 
Ul shirinsut qondin ayrilmaydi, to 
Etmaguncha toleing farzand ato. 
Ul Ziyoulhaq Husomiddin bu on 
Masnaviyni burdi ko’kdin yer tomon
1
.
Ikkinchi kitob ancha tanaffuslardan keyin yana davom ettirilib 
asarda «Xayoldagi hilol», «Ilonchi voqeasi», «Iysoning hamrohi», 
«Darvesh va muttaham xizmatchi», «Podshoning lochini», «Xalvo», 
«So’qir ko’zlar», «Eshak ketdi», «Bir muflis kishi», ««Agar...»li uy», 
«Mardum malomati», «Odamiy pinhon erur til ostida», «Chanqagan 
kishi», «Do’stlik» kabi ko’plab hikoyatlar keltiriladiki, bu hikoyatlar 
insonda iymon-e’tiqodning shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. 
Kitobda boshidan oxirigacha foydasiz ilm borasida so’z yuritilib: 
Uyqu – bedorlik bilimlar birla, hoy, 
Kechsa nodon birla, bedorlikka voy
2
, – deyiladi. 
Bu misralar mantiqan «Bilimli bo’lib uxlamoq bilimsiz ibodat 
etishdan afzaldir» hadisiga muqoyasa qilinadi. Uni Rumiy o’z ruhiy 
holati tufayli ma’naviy darslardan bebahra qolgan shogirdlariga xuddi 
uzr sifatida keltiriladi. 
Bir ariqdan, sira oqmaydi suv, 
O’zi ichmas, boshqalarga bermas u. 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (131-бет). 
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (132-бет). 


141 
Unda bir obi zilol topmas qaror, 
Yo’q yana labtashna, suv ichmoqqa zor
1

Bu misralar ma’naviyatsiz kishilarga qaratilgan bo’lib, ariq – 
vosita, suv – ma’no ramzini anglatadi. Suv ariq orqali o’z manziliga 
yetib, tashnaning chanqog’ini qondiradi. Ustoz esa hayotdagi vosita 
bo’lib, undagi ma’no ma’naviyatdir. Ustoz vazifasida bo’laturib, 
o’zidagi bor bilimni shogirdiga berib bilmasa, unda ma’no-mohiyat 
bo’lmasa, bunday ustozlardan hech qaysi shogird bilim olishga 
oshiqmaydi. Shuningdek, bilimsiz kishi ustoz bo’la olmaydi. «Zero, 
o’zgalarga bermoq istarsan bilim, ul bilim yo’qdir o’zingda, 
o’ylakim
2
». 
Bilamizki, Rumiy buyuk voiz ham edi. Ikkinchi kitobning 
kulminatsion nuqtasi sifatida Rumiyning tinglovchiga nisbatan: 
«...hikoyatning ko’proq tashqi jihatlariga e’tibor qilib, uning asl 
ma’nosidan bebahra qolishi» haqida so’z yuritganini belgilash 
mumkin. Chunki bu holatda Rumiy o’zi ko’p bor to’qnashgan 
insoniyatdagi mavjud muammoni yechishga harakat qiladi va «Garchi 
so’z yo’qdir, vale so’z sehri bor...» – deydi va insonni ogohlikka, 
uyg’oqlikka chorlaydi. 
«Masnaviy»ning uchinchi kitobi quyidagi misralar bilan 
boshlanadi:
Ey Ziyoulhaq Husomiddin, ketur, 
Ul uchinchi jildi, uch sunnat erur. 
Och o’shal ganjinayi asrorni, 
Qo’y hama uzringni, ayt axborni
3

«Masnaviy» boshlanishidan yana Husomiddinga murojaat 
qilinmoqda, chunki Rumiy tomonidan belgilangan bu olis ma’naviyat 
yo’lining mashaqqatlariga Husomiddinning sabr qilishiga dalda 
sifatida Rumiy uni ma’rifatga o’rta-o’rtada chorlab qoladi. 
«Masnaviy»ning uchinchi kitobida
«Fil qissasi», «Bir qishloqlik 
shaharlikni mehmonga chaqirib aldagani», «Shoqolning tovuslik 
da’vo etgani», «Lofchining jazosi», «Muzlagan ajdaho voqeasi», 
«Filning shaklu shamoyili», «Vahimaga tushgan ustoz», «Darvesh 
hikoyati», «Ibtidodan intihoni ko’rgan zargar qissasi», «Nafsga bandi 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (145-бет). 
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (138-бет). 
3
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (246-бет). 


142 
bo’lgan kishi», «Xachir va tuya» kabi qator hikoyatlar keltiriladi. 
Uchinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida uchinchi qadam 
– oraliq tashxis sifatida nafs, hirs, manmanlik, takabburlik, ma’naviy 
shakllanishga tahdidlar borasida fikr yuritiladi va aqli noqislarga 
izohlar berib o’tiladi. Kitobning «Bir Shayx voqeasi» hikoyatida 
Daquqiy (Daquqiy haqida aniq tarixiy ma’lumotlar yo’q. Mavlono 
ushbu nom ostida bag’dodlik mashhur mudarris Abdul Mun’im binni 
Muhammadni ko’zda tutgan, degan taxminlar bor) qissasi va 
karomatlari haqida gapirilib, Daquqiy obrazi orqali nafs tarbiyasi 
tasvirlanadi: «Bir narsaga bog’lanib qolmaslik uchun, ey nafs, 
deyman, bir narsaga erishmoq bo’lsang, yo’lga tush, imtihondan 
yaxshi o’tish uchun ko’nglingni biror yerga bog’lagin», – deyiladi 
asarda va Daquqiy yuksak ma’naviyatli inson sifatida gavdalantiriladi. 
Asarning keyingi kitoblarida komil insonlar timsolini tasvirlashda 
Daquqiy qatorida Luqmon, Ayoz siymolari keltiriladi. 
«Masnaviy»da ko’p bora tilga olingan Samarqand, Damashq, 
Iroq, G’azna, Buxoro nomlari tarixdan ilm-ma’rifat maskanlari 
sanalgan. Masalan, asarda «Qulning tuhmatga uchrab Buxorodan 
qochgani» hikoyatida bir Sadri Jahon (Buxoroda Sadr Muhammad ibn 
Abdullaziz «Sadri jahon» unvoniga sazovor bo’lgan) izmidagi qul 
tuhmatga uchrab, o’n yil darbadar yurib, yurtini sog’inib qaytib 
kelibdi. Do’stlari qulga Buxoroga borma, shoh navkarlari seni o’n 
yildan beri pichog’ini tezlab qidirib yuribdi, – deyishibdi. Oshiq 
baribir Buxoroga boribdi. 
Bunda yurt sog’inchi, Vatan hissi tasvirlangan bo’lib, 
darhaqiqat, 
inson 
Vatanida 
qanchalik 
xavf-xatar 
bo’lishiga 
qaramasdan ona zaminini qo’msaydi, o’z yurtiga intiladi. Uchinchi 
kitobni mutolaa qilish jarayonida shu narsa ayonlashadiki, kitobning 
dovrug’i orta boshlagandan unga ta’na toshlarini otadiganlar ham 
paydo bo’lgan. Uchinchi kitobning kulminatsion nuqtasi qisqa 
o’ylovchi kimsalarning «Masnaviy»ga, ya’ni ma’naviyatga tosh 
otishganidir: 
Dedi: yuksak so’z emasdir Masnaviy, 
Anbiyoning qissasi ul, payravi. 
Unda yo’qdir bahsi asrori baland, 
Avliyo qaylarga surmishlar saman...


143 
Barchasi ma’lum va takrordir faqat, 
Qayda ul so’zdirkim, lol qolsin xirad...
1
O’zining aqli qosirligi tufayli «Masnaviy»ga tosh otuvchilarga 
javoban Rumiy: 
To qiyomat solgay ul Qur’on nido: 
Ey jahlga jonni etganlar fido! 
Siz meni afsona, ertak bildingiz
Muncha kufru muncha ig’vo qildingiz. 
Ta’nalardan balki hosil bo’ldi shul: 
Siz emishsiz foniyu afsona ul... 
Har nafas yodimdadir pandi Hakim, 
Ta’nalarga zarra parvo etmagum...
2
– deydi. 
Rumiyning javobidan shu narsani anglash mumkinki, ko’zlangan 
maqsad sari dadil qadam tashlash, yo’lda uchraydigan har qanday 
g’ovdan qo’rqmaslik talab etiladi. 
Rumiy ijodi bizga ma’naviy poklik haqida tushuncha berib, 
ma’naviy tahdidlardan (axloqsizlik, vayronkorlik, buzg’unchilik 
g’oyalaridan) ogoh etadi va unga qarshi qat’iylik bilan kurashishga 
undaydi. Zero, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz
tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, 
jismonan va ma’nan sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi 
jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni 
inqirozga olib kelishi mumkin. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish