Amaliy mashg`ulot materiallari
PORSCHE:”GUARDING THE OLD WHILE BRINGING IN THE NEW”
Porsche (Porsh-uh sifatida talaffuz qilinadi) yagona kompaniya hisoblanadi. U har doim NICHE brend bo`lib kelgan va u avtomobil xaridorlarining kichik va farqli segmentlari uchun avtomobillar ishlab chiqaradi. O`tgan yili bu kompaniya bor yo`g`i 29,023 dona 5 modeldagi vatomobillarni AQSH bo`ylab sotdi. Honda esa Accords ni o`zini Porschening savdosiga nisbatan 5 barobar ko`proq sotdi.Biroq, Porschening egalari ham huddi o`z mashinalari singari judayam kam sonlidirlar.Shuning uchun ham, Porsche dagi bosh menedjerlar xaridorlar haqida o`ylash ustida judayam ko`p vaqt sarflaydilar.Ular o`zlarining haridorlari kimligi ekanligini, ular nima o`ylashlari va qanday his qilishlarini bilishni xoxlaydilar. Ular nima uchun xaridorlar Jaguar yoki Ferrari yoki katta Mercedes coupe dan ko`ra Porsche sotib olishlarini bilgilari keladi. Bular qiyin savollar va hattoki Porsche avtomobilari egalarining o`zlari ham xarid uchun ularni nima ruhlantirganligini aniq sababini bilmaydilar. Porsche sonining kamligi va avto bozorining yanada bo`linganligini berilgan holatda, menedjerlar o`z xaridorlarini va ularning motorlarini nima ishlatayotganligini tushunishlari juda muhim hisoblanadi.
Porsche Egasining Qisqacha Tarifi
Porschega 1931-yilda Ferdinand Porsche asos soldi va u asl Volkswagen Beetle, Adolf Gitlerning “odamlar mashinasi” ning dizayniga masul shaxs va hamma vaqtning eng muvaffaqqiyatli avtomobil dizyanerlaridan biri edi. Boshlang`ich 20 yilning ko`p qismida, Kompaniya Germaniya fuqarolari uchun Volkswagen Beetle ni va armiya uchun tanklar va Beetles ni ishlab chiqardi. 1950-va 1960-yillarda Porsche AG o`z nomi ostidagi avtomobillarni sotishni boshlashi bilan bir nechta o`zgarmas miqdorni (constants) rivojlandi. Kompaniya judayam oz modellarni sotdi va eksklusiv g`oyasini yaratdi. Bu boshlang`ich modellar ildizi asl Beetle ga borib taqaluvchi dumaloq va havo shari shaklida edi biroq, uning dizayni mashhur 356 va 911 modellari bilan ko`proq Po`rsche ga o`xshash holda rivojlantirilgan edi. Nihoyat, Porsche avtomobillari mashinaning orqa qismida joylashtirilgan havoni sovituvchi 4 va 6 slindrli motorlarni o`z ichiga oldi. Bu esa avtomobillar uchun yagona va ko`proq xavfli xususiyatlarni berdi- qattiq (kuchli, tez) burilgan holatda orqa qism otilib chiqib ketish ehtimolini yaratdi. Bu esa Porsche egalari undan foydalanishni butunlay to`xtatishlarining sabab;aridan biri edi. Ular bu avtomobillarni haydashni judayam qiyindek ko`rishardi va bu ko`p odamlarni undan uzoqlashtirdi va bu holat avtomobilni yanada eksklusiv qilib yubordi.
Faoliyatining ilk kunlaridanoq Forsche kompaniyasi, moliyaviy tomondan muvaffaqqiyatli bo`lgan odamlarni judayam oz qisminio`ziga jalb qildi.Bu odamlar garchi o`zlari korporatsiya uchun ishlasalarda o`zlarini xuddi biznesning egasi deb o`ylaydigan odamlar edi.Ular o`z oldilariga judayam katta maqsad qo`yadilar va bunga erishish uchun judayam qattiq ter to`kib ishlaydilar.Va ular o`zlari kiygan kiyimlardan, borgan restoranlaridan va mingan mashinalaridan ham bundan kamini kutmaydilar. Bu shaxslar o`zlarini dunyoning bir qismi sifatida emas balki, undagi istisnodek ko`radilar. Ular Porsche mashinalarini sotib oladilar chunki, bu mashina ularning shaxsiyatini aks ettiradi- bu mashinalar uning egalari o`zlarida va o`z hayotlarida ko`rishni xoxlagan narsalarini qisqacha ko`rsatadi (tariflaydi).
Ko`pchiligimiz Porsche boshqaruvchisi tili bian aytganda ish transportini sotib olamiz. Bunda, biz avtomobilni ishga borish uchun, bolalarimizni tashish uchun va qisqa sayohatlarga chiqish uchun sotib olamiz. Biz mashinamizdan bu kunlik yumushlarni bajarishda foydalanganimiz uchun, biz avtomobil sotib olish qarorimizni uning narxi, o`lchami, yoqilg`I tejamkorligi va boshqa amaliy fikrlarimiz kabi sifatlarga asoslanib chiqaramiz. Biroq, Porsche ish transportidan ko`ra ko`proq narsa. Uning egasi mashinani faqatgina ish uchun emas balki, rohatlanish uchun mo`ljallangan avtomobil sifatida ko`radi.Ko`pkina Porsche xaridorlari malumot orqali emas balki, hissiyotlar orqali harakat qiladilar. Porsche xuddi bir kiyim singari, egasi uni kiyadi va shu kiyim ichida ko`rinadi. Ular o`zlarining avtomobillari bilan shaxsiy munosabat quradilar, u mashina eshitilishi, tebranishi va his qilinishi, va u bilan unda qancha kubik egalari borligi yoki u qancha yuk tashiy olishidan ko`ra ko`proq narsa qilinishi mumkin.Ular o`zlarining Porsche larini serhashamliksiz va soxtaliksiz faoliyat yuritishini hurmat qiladilar.
Odamlar Porsche ni uni haydashdan rohatlanganliklari uchun sotib oladilar. Agar ularga kerak bo`lgan narsa ularni A nuqtadan B nuqtaga eltuvchi narsa bo`lganida, ular arzonroq narsa (avtomobil) topgan bo`lardilar. Ko`pkina Porsche egalari avtomobil ishqibozlari bo`lgan bir paytda , ularning bazilari bunday emaslar. Judayam muvaffaqqiyatli biznesmen bo`lgan va high-end Porsche ga egalik qiluvchi bir ayol shunday dedi: “Men maktabga qizimni olish uchun bu mashinani haydab borganimda, mening mashinamga 5 ta yosh qizlar chiqib oladilar (qizining do`stlari)”. Agar men boshqa mashinada borsam, hatto qizimni o`zini ham topa olmayman; u uyga kelishni xoxlamaydi.”
Do'stlaringiz bilan baham: |