Grigoriy kalendari


O'n uch oylik kalendar loyihalari



Download 134 Kb.
bet4/5
Sana22.05.2023
Hajmi134 Kb.
#942463
1   2   3   4   5
Bog'liq


O'n uch oylik kalendar loyihalari. XX asrda o'n uch oylik kalendar loyihasini ko'p olimlar ma'qullashdi. Bu loyiha bo'yicha kalendar yili bir xil 28 kunli 13 ta oydan, har bir oy 4 haftadan iborat bo'ladi. Har bir oy yakshanbadan boshlanib, shanba bilan tugaydi. Haftada ikki kun dam olish kuni bo'lganligidan, bir oyda 20 ish kuni va 8 ta dam olish kuni bor. 28 kunli 13 oydan iborat kalendar yili 364 sutka bo'ladi. Kalendar yilini tropik yilga to'g'rilash uchun har yili bir sutka, kabisa yillarida esa ikki sutka qo'shiladi va bu kunlar xalqaro bayram hisoblanadi. Qo'shimcha kunlarning nomlari (hafta hisobida) ham, sanasi ham bo'lmaydi. Ularning birinchisi dekabrning oxirgi kuni bilan yanvarning birinchi kuni orasiga joylashtirib, «tinchlik va xalqlar do'stligi kuni» deb ataldi. Ikkinchisi esa har to'rt yilda bir marta, yozda, iyunning oxirgi kuni va iyulning birinchi kuni orasiga joylashtirilib, u «kabisa yili kuni»deb nomlandi. O'n uch oylik kalendarning qulayliklari shundaki, unda hamma oylardagi kunlarning soni bir xil, haftalar ikkita oyga tushib bo'linib qolmaydi. Har bir oyda ish kuni va dam olish kunlarining soni bir xil.
O'n ikki oylik kalendar loyihalari. O'n uch oylik kalendar loyihalariga qarshi chiquvchilar, uning kamchiliklarini ko'rsatib o'tdi-lar. Ularning fikricha, o'n uchinchi oyning kiritilishi tarixiy sanalarni
hisoblashda ko'p chalkashliklarga va boshqa xatolarga sabab bo'lishi mumkin. O'n uch tub son bo'lganligidan, u ikkiga ham, to'rtga ham bo'linmaydi. Shuning uchun ikki oylik kalendar loyihalari taklif qilinadi. Ular o'n ikki oylik kalendarlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat deb hisoblashadi.

  1. Bir kalendar yili har biri 182 kundan iborat ikkita yarim yillikka va har biri 91 kundan iborat to‘rtta kvartalga bo'linadi.

  2. Har bir kvartal uch oy bo'lib, bu oylarning birinchisi 31 sutka, qolgan ikkitasi 30 sutkadan bo‘ladi.

  3. Yilning birinchi kuni yakshanbadan boshlanib, oxirgi kuni shanba bo'ladi.




  1. Har bir kvartal yakshanbadan boshlanib, shanba bilan tugaydi.


  1. Kvartaldagi sutkalar soni (91) haftadagi kunlar soni (7) ga qoldiqsiz bo'lingani uchun harbir kvartal 13 haftadan iborat bo'ladi.

  2. Oylardagi ish kunlarining soni doimiy (haftada ikki dam olish kuni bo'lsa, 22 ish kuni, bir dam olish kuni bo‘lsa 26 ish kuni) bo'ladi.

To'rtta kvartal har biri 91 kundan bo'lganligidan yil 364 sutkani tashkil qiladi. Kalindar yilini tropik yiliga mos keltirish uchun har yili yana bir sutka (13 oylik kalendarlardagidek) hamda kabisa yillarida ikki sutka qo'shish kerak bo‘ladi. Har ikkala qo‘shimcha sutkalar hafta hisobiga ham, oy hisobiga ham kirmaydi. Birinchisi har yili 30 dekabrdan so'ng qo'yilib, bu kun ‘‘tinchlik va do'stligi kuni‘‘ nishonlanadi. Ikkinchi qo'shimcha kun har to‘rt yilda bir marta 30 iyundan so‘ng qo'yilib «kabisa yili kuni>> deyiladi.
O'n ikki oylik kalendar loyihasi «Dunyo kalendari» nomi bilan Millatlar Ligasining Kengashida birinchi marta 1937-yil 25-yanvarda muhokama qilingan, va keyinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida qo'llab quvvatlangan, lekin bu kalendar ham qabul qilinmagan.Har bir xalqning milliy bayramlari borligi va dam olish kuni ikki kun belgilanganligi tufayli bu loyihani ayrim mamlakatlar ma'qullamadi. Shuning uchun 1956-yildan keyin kalendar islohoti oldinga siljimadi. Keyinchalik boshqa kalendar loyihalari taklif qilinsa-da, lekin ular hayotga
joriy etish masalasi ochiq qolmoqda.
Kalendar tarixi insoniyat sivilizatsiyasining uzviy ajralmas bo'lagi.Tashqi olam to'g'risidagi bilimlar ko‘paygani sari va turli davrlarda xalq xo'jaligi ehtiyojlari bilan bog'liq ravishda kalendarlar takomillashib bordi. Masalan, oy kalendari paydo bo'lishini ibtidoiy odamning turmush tarzi bilan bog'lash mumkin. U davrlarda ovchilik va termachilik odam faoliyatining asosini tashkil qilgan edi. Asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka o'tilishi oy-quyosh kalendari va quyosh kalendarining paydo bo'lishiga olib keldi. Keyingi ikki yuz yillik kalendarlarning ichki tuzilishini takomillashtirishga intilish bilan tarixga kirdi.
Fan-texnika taraqqiyotining xalq xo'jaligini elektronlashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, EHM va kompyuterlarni xalq xo'jaligiga keng joriy qilish bilan hozirgi bosqichida doimiy kalendar tuzish muammosi dolzarb bo'lib qoldi. Lekin oxirgi paytlarda kalendarni isloh qilish masalasi ko'tarilmay turibdi.

Eramizning 324 yili Rim imperatori Konstantin xristian dinini davlat dini deb e`lon qildi. Beruniy yozadi: Kustantin (306 - 337). U xristianlikni birinchi qabul etgan podshox, Istanbul devorlarini bino etgan. Podshoxligining birinchi yilida onasi Nilino (Iso paygambar osilgan) salib tayogini qidirdi va oxir uni topdi. О`n tо`qqizinchi yilida din raxbarlari Nikiyada tо`planib, xristian dini qonunlarini tuzdilar. (... podshoxlik muddati 21 yil).


325 yilda Nikiyada cherkov yig`ini о`tkazildi. Unda butun xristian dunyosi uchun baxorgi teng kunlik 21 martga tо`gri keluvchi Yuliy kalendarini qabul qilindi. Nikiya safarida barcha xristian mamlakatlari uchun pasxa bayramining vaqtini hisoblash qoidalarini ishlab chiqadi. Bu qoidaga binoan xristianlar pasxasi birinchi baxori tо`lgan oydan keyin keladigan birinchi yakshanbada, ya`ni eski stil (Yuliy kalendari) bо`yicha 21 martdan keyin keladigan birinchi tо`lgan oydan keyingi yakshanbada (lekin 25 apreldan kechiqmasdan) bayram qilinishi zarur bо`lgan. Sobor о`tkazilgan kun haqiqatdan ham baxorgi kun - tun tengligi kuni 21 martga tо`gri kelgan edi va dindorlar Yulian kalendarini aniq vaqt hisobi deb hisoblashgan va doim shunday bо`ladi deb о`ylashgan edilar.
Biroq Yuliy kalendari chinakamiga aniq kalendar emas. Bu kalendarga asoslangan fuqaro yili tropik yildan farq qilar edi. Agar haqiqatda shamsiy yil 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada teng bо`lsa, bu kalendar yilni 365 kun 6 soat hisoblardi. Buning natijasida u har yili vaqt hisobida 11 daqiqa 14 soniyaga xato qilardi. Yuliy Sezar kalendaridan xato yig`ilib borib 128 yilda 1 kunni, 384 kunda 3 kunni, 1280 yilda esa (eramizning XVI asrida kelib) 10 kunni Tashkil etardi.
Yulian kalendaridagi noaniqlik XIV asrda aniqlangan edi. 1324 yilda Vizantiyalik olim Nikifor Grigorya imperator Andronik II ga murojaat etib, baxorgi tengkunlik 21 martga tо`gri kelmasligini pasxa bayrami asta-sekin ortga surilib ketishini bildirgan edi. Shuning uchun u kalendarni tuzatib, pasxani belgilab olish lozim deb hisoblar edi. Ammo imperator islohotni amalga oshira olmasligini ba`zi provaslav cherkovlari bilan kelisholmasligini e`tiborga olib, Frigor taklifini rad etdi. Bu kalendardagi noaniqlik XIV asrning birinchi yarimida Vizantiyada yashagan grek olimi Matvey Vlastar ham ta`kidlagan edi.
Yuliy kalendarining xatosi natijasida haqiqiy baxorgi tengkunlik vaqti kalendar vaqtiga tо`gri kelmay qoladi. Kun bilan tunning baravar bо`lish payti tobora oldingi kunlarga avval 20 martga, sо`ng 19, 18, 17 va xoqazo kunlarga о`tib boradigan bо`lib qoladi. XVI asrga kelib xatto rosa 10 kunni Tashkil qilgan edi: tun - kun tengligi 21 martda bо`lishi kerak edi, haqiqatdan esa 11 martdayoq kun - tunga baravar bо`lib qolgan edi. Kun - tun tengligini kalendar bо`yicha 21 martda ishlab turish xavfli edi: xristianlarning paxsa baxorgi bayrami tobora yozga yaqinlashib bormoqda edi.
Paxsa bayrami - krestga tortilgan Isoning mо`jizaviy turishi xotirasiga bag`ishlangan bayramdir. Shu tariqa, ma`lum chora kо`rish - kalendarni tuzatish, uni islox etish extiyoji tug`iladi.
Bu kalendarni islox etish lozimligini katolik cherkovi ayollari ham tushunib yetgan edilar. XIV asrda papa Klement IV ham aytgan edi. 1414 yilning martida kalendar masalasi kardinal Fyer de Alye taklifi bilan muhokama etildi. (Kardinal lotincha - katta bosh, katolik cherkovida Rim papasidan sо`nggi oliy ruxoniylik martabasi - Papaning kengashchisi).
1437 yilda Bazel soborida ham shu asosiy muammo sifatida kо`rib chiqildi. Bu yerda uygonish davrining buyuk olimi filosof Niqolay Kuzanskiy (1401-1464y) о`zining taklifi bilan chiqishh qildi.
1475 yilda papa Sikst IV kalendar islohoti va pasxani о`z vaqtida nishonlash bо`yicha islohot boshladi. Buning uchun u Rimga taniqli nemis astronomi va matematigi Regimontni (1436-1476 y) taklif etdi. Ammo olimning tasodifiy о`limi tufayli bu islohot tо`xtab qoldi. XVI asr boshlarida ham kalendar islohoti masalalari Lateranskiy (1521-1517 y) va Fredenskiy (1545-1563 y) davrlarida safarda kо`rib chiqildi. Xatto Yevropada tanilgan Niqolay Kopernik (1473-1545 y) ham Rimga taklif etildi. Ammo Kopernik bu taklifni rad etdi.
Bunday islohot 1582 yili Rim papasi Grigoriy XIII tashabbusi bilan о`tkazilgan. Maxsus komissiya Tashkil etilib, uning tarkibiga astronomlar va ruxoniylar, shuningdek Bolon universitetining о`sha vaqtdagi mashxur astronomiya va matematika fanlari professori Ignasiy Dantenni (1536 - 1586y) kiritdi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyixasini ishlash topshirildi.
Barcha takliflar variantlari bilan tanishib chiqqan komissiya Ferudje shahar tibbiyot universiteti о`kituvchisi, italyan matematigi, astronom va vrach Aloiziy Luidje Lilio (1520-1576 y) 1576 yili taklif etgan kalendar islohoti qoidalarini kо`rib chiqdi va ma`qulladi. (Bu vaqtga kelib Lilio vafot etgan edi). Kalendar islohotining maqsadi baxorning boshlanishi kalendardagi 11 martdan 21 martga kо`chirishdan, uni yana 21 martdan boshlanadigan qilishdan, ya`ni 10 kunlik xatoni tuzatish va keyinchalik bunday xatoning takrorlanmasligiga yetishishdan iborat bо`lgan. Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan yangi kalendar Grigoriy kalendari (yoki Yuliy kalendaridan eski stildan farqlash uchun, yangi stil) deb atalgan. Lilio variantini 1582 yilning 24 fevralida papa Grigoriy XIII qabul qildi va maxsus bulla chiqarib, sanoq kunlarini 10 kun oldinga, 1582 yilning 4 oqtabr deb hisoblandi.
Kalendarga о`zgartirish kiritish ancha qiyin kechdi. Buning uchun tropik yil uzunligini bilish kerak edi.
Bu vaqtga kelib, nemis astronomi va matematigi Erazm Reyngoldning (1511-1553 yillarda) 1551 yilda "Pruss jadvali" nashr qilingan edi. Unda tropik yilning davomiyligi 365 kun 5 soat 49 daqiqa 16 soniya bо`lib, Hozirgi vaqtdan 30 soniya kam edi, xolos. Bu yil uzunligi Yuliy kalendar yilining uzunligidan yiliga 10 daqiqa 44 soniya, 135 yilda 1 sutka, 400 yilda 3 kundan ziyodroq farq qilardi. Demak, Yuliy kalendari xatosini tо`grilash uchun har 400 yilda vaqt hisobidan 3 kunni chiqarib tashlab turishga qaror qilingan. Yuliy kalendari bо`yicha har 400 yilda 100 ta kabisa yili bо`lishi kerak edi. Islohotni amalga oshirish uchun, demak 400 yil ichidagi kabisa yillar sonini 97 ga tushirish kerak. Loyixa avtori Lilio Yuliy kalendaridagi yuzlik sonlarni 4 ga bо`linmaydigan asriy yillarni oddiy yil hisoblashni taklif qilgan edi. Demak, yangi kalendar bо`yicha yuz yilliklarni bildiruvchi sonlarni 4 ga qoldiqsiz bо`linadigan asr yillarigina kabisa yillari qatoriga kо`shiladi. Masalan, 1600, 2000, 2400, 2800 va boshqa yillar ana shunday yillardir. 1700, 1800, 1900, 2100 kabi yillar esa oddiy yil hisoblanadi. Shunday qilib, Grigoriyning kalendari islohotidan keyin kalendar yili tropik yilga yaqinlashdi. Bu kalendar ancha aniq kalendar. Lekin u ham bari bir, tropik yildan 24soniya farq qiladi. Endi bu kalendarning xatosi yig`ilib 1 kunga yetishi uchun 3300 yil kerak bо`ladi.
Grigoriy taqvimi о`z afzalliklariga qaramay dunyoda tez tarqala olmagan.
Grigoriy Kalendarning joriy yetishi:





Mamlakatlar

Joriy etilgan yillar

1.

Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Fransiya, Lotaringiya, Gollandiya, Luksemburg

1582.

2.

Avstriya (qismi), Bavariya Tirol Avtriya (qismi), Shvetsariya, Siliziya, VestbaliY.

1584.

3.

Avstriya (qismi), Bavariya Tirol

1583.

4.

Vengriya

1587

5.

Prussiya

1610.

6.

Protestant nemis davlatlari

1610.

7.

Daniya

1700.

8.

Buyuk Britaniya

1752.

9.

Shvetsiya

1753.

10.

Finlyandiya

1753.

11.

Yaponiya

1873.

12.

Xitoy

1911.

13.

Bolgariya

1916.

14.

Rossiya

1918.

15.

Serbiya

1919.

16.

Ruminiya

1919.

17.

Yugoslaviya va Gretsiya

1924.

18.

Eron

1925.

19.

Turkiya

1927

20.

Misr

1928

21.

Vyetnam

1967.

Adabiyotlar ro`yxati:




  1. Download 134 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish