Gregarina sp.). Tuzilishi va rivojlanish sikli. Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi


KOKSIDIYASIMONLAR  (СОССШЮМОКРНА)  SINFI



Download 33,24 Kb.
bet6/7
Sana23.01.2022
Hajmi33,24 Kb.
#401746
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu zoo

KOKSIDIYASIMONLAR  (СОССШЮМОКРНА)  SINFI

Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil tuzilgan 2400 ga yaqin tumi o ‘z 

ichiga oladi. Har xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g ‘imoyoqlilar 

va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichi­

da parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi. Ko'pchilik turlarin- 

ing hayot sikli jinssiz va jinsiy ko'payish hamda sporogoniyaning qonuniy 

gallanishi orqali boradi. Xo'jayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlari- 

da sporogoniya tashqi muhitda boradi. Xo'jayin almashtirib rivojlanadi­

gan  turlarida  esa  sporogoniya  va jinssiz  ko'payish  boshqa-boshqa 

xo'jayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko'payishi har xil kattalikdagi 

gametalaming kopulyatsiyasi (anizogamiya) orqali sodir b o iad i. Makro- 

gameta (tuxum hujayrasi) gamontning bo'linmasdan to'g'ridan -  to 'g 'ri 

o'sishi natijasida, mikrogametalar esa gamont (gametoid)ning k o ‘p mar­

ta bolinishi orqali hosil boiadi.

Koksidiyasimonlaming bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar 

va baliqlarga katta ziyon yetkazadi.  Ular orasida bitta turi odamda ham


parazitlik qiladi. Quyida koksidiyasimonlaming eng muhim turkumlari va 

turlari keltiriladi.

1. 


K oksidiyalar  (Coccidiida)

tu rk u m i.  Koksidiyalar  hayvonlam- 

ing ichagi, jigari, bo ‘yragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida 

parazitlik  qiladi.  Tanasi  yumaloq  yoki  oval  shaklida.  Jinssiz  va jinsiy 

k o ‘payishi  doimo to ‘g ‘ri  gallanib  turadi.  Jinssiz ko'payishi k o ‘p  marta 

bo‘linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya

deb ataladigan ikkigabo‘linish 

orqali sodir bo'ladi. Koksidiyalaming hayot sikli xilma-xil bo Tib, ayrim 

turlari faqat bitta xo'jayinda parazitlik qiladi, sporogoniya davri batamom 

yoki qisman tashqi muhitda o'tadi.  Xo'jayin almashtirib rivojlanadigan 

koksidiyalaming jinssiz k o ‘payishi bitta x o ‘jayinda, jinsiy ko'payishi va 

sporogoniyasi boshqa bir xo‘jayinda sodir bo'ladi. Quyida Eimeria, Toxo­

plasma va Sarcocystia urug'lariga mansub bo'lgan koksidiyalaming hay­

ot siklini ko'rib chiqamiz.



Eymeriya  (Eimeria)  koksidiyalari.

 

Eymeriya urug'ining juda  k o'p 

turlari har xil umurtqali hayvonlar, quyon, echki, q o'y va yirik shoxli mol- 

lar, uy parrandalarida parazitlik qiladi. Hayvonlar koksidiyalaming oosis- 

talarini suv yoki yem orqali yuqtiradi. Oosistalar juda kichik bo'ladi. Quy- 

onlarda parazitlik qiladigan eymeriya oosistalari uzunligi 12 mkm dan 35 

mkm ga yetadi.  Har bir oosistada 4  tadan  sporoblast (sporosista)  bor. 

Har qaysi sporosista ichida esa 2 tadan ingichka chuvalchangsimon har­

akatchan sporozoitlar bo'ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan oosis- 

talar va sporosista!ar qobig'i yemirilib, sporozoitlar ichak bo 'shlig 'iga chiqa­

di. 

Xulosa

Sporozoitlar faol harakatlanib, ichak, jigar, oshqozonosti bezi hujayralari- 

ga kirib oladi va oziqlanib o'suvchi stadiya -  trofozoitlarga aylanadi. Tro- 

fozoitlar tez  o'sib yiriklashadi.  Ulaming  yadrosi k o 'p  marta ketma-ket 

bo'linib, ko'p yadroli shizontlami hosil qiladi. Shundan so'ng shizontlar 

bo'linib, ko'p sonli (32 ta gacha) merozoitlamihosil qiladi (14-rasm). K o'p 

marta bo 'linish orqali jinssiz ko 'payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniya 

natijasida hosil bo'lgan merozoitlar ichak bo'shlig'iga chiqib, qo'shni hu- 

jayralarga kirib oladi va jinssiz ko'payish yana takrorlanadi. Shizogoniya 

natijasida parazitlaming soni keskin ko'payib ketadi. Jinssiz ko'payish 4- 

5 marta takrorlangandan so'ng merozoitlardan jinsiy hujayralar (gameta- 

lar) hosil bo'laboshlaydi. Bu quyidagicha sodir bo'ladi. Hujayralarga kir­

ib olgan,merozoidar jinsiy hujayralar (gametalar)ni hosil qiluvchi gamont- 

larga aylanadi. Gamontlardan bir qismi (makrogamontlar) bo'linmasdan 

o'sib yetiladi va makrogameta (tuxum)ni hosil qiladi.


Download 33,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish