"Green Card" javobi chiqdi. Natijalar qanday tekshiriladi? Jamiyat 08 may 22: 34 4181



Download 58,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi58,5 Kb.
#245262
Bog'liq
Qalampir.uz


Qalampir.uz

“Green Card” javobi chiqdi. Natijalar qanday tekshiriladi?

Jamiyat 08 may 22:34 4181

Bugun, 8 may kuni AQSHning Turli millat vakillari dasturiga (DV-2022. Xalq tilida “Green Card”) 2022 moliya yili uchun 2020 yil kuzida topshirilgan arizalar natijasi e’lon qilindi.

“Green Card” lotereyasi natijalari Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da e’lon qilindi.

Natijalarni dvprogram.state.gov/ESC pasmiy sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Buning uchun ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin olingan tasdiq kodini (16 ta belgidan iborat), familiyasini, tug‘ilgan yilini kiritishi zarur.

Javoblar e’lon qilinganidan keyin juda ko‘p foydalanuvchilar tekshirishi natijasida sayt yaxshi ishlamasligi mumkin.

Ma'lumot o‘rnida, Amerika rezidenti bo‘lish imkonini beruvchi Electronic Diversity Visa Program dasturi 1990 yildan buyon faoliyat olib boradi. Bitta dastur davomida 50 000 o‘rin ajratiladi va mintaqalar kesimida taqsimlanadi. Hech bir davlatga 7 foizdan ortiq o‘rin ajratilmaydi. O‘rtacha, yiliga 2755 nafar o‘zbekistonlik ushbu lotereyani qo‘lga kiritadi. DV dasturida ro‘yxatdan o‘tish bepul.

Lotereyada g‘olib bo‘lganlar AQSHda qonuniy yashash va ishlash huquqini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari o‘zi bilan birga turmush o‘rtog‘ini (agar bo‘lsa), 21 yoshdan kichik bo‘lgan va oila qurmagan bir nafar farzandini olib ketish, keyinchalik, 5 yil yashab Amerika fuqaroligini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Benzin narxi oshdi. Odamlar nima deydi?

Jamiyat 08 may 21:11 3413

Kecha, 7 may kunidan Toshkentda qator markalardagi benzin narxining ko‘tarilgani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan, QALAMPIR.UZ jamoasi aholining fikrini bilish maqsadida haydovchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijasida ma’lum bo‘ldiki, aholining asosiy qismi narx-navoning oylik maoshga mutanosib emasligidan norozi. Ayrim fuqarolar esa bu holatni normal deb hisoblaydi.

7 maydan e’tiboran yoqilg‘i quyish shoxobchalarida quyidagicha yangi narxlar o‘rnatilgan:

AI-80 — 5700-5800 so‘m

AI-92 — 6850-7000 so‘m

AI-95 — 7300-7500 so‘m

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada, ya’ni 26 aprel — 2 may kunlari sotuvchi korxonalar avtomobil benzinining birjadagi boshlang‘ich narxlarini oshirdi.

Birja savdolariga 38 599 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 12 292 tonnasi, ya’ni 31,8 foizi sotildi. Sotuvchi korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 361,8 ming so‘mdan 6 474,3 ming so‘mgacha yoki 1,8 foizga ko‘tardi.

Shu munosabat bilan AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6 362,1 ming so‘mdan 6 475,6 ming so‘mgacha, ya’ni 1,8 foizga — ya’ni sotuvchilarning boshlang‘ich narxlarini ko‘tarishi hisobiga o‘sdi. AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 468,1 ming so‘mni, AI-91 – 7 723,8 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari sezilarli ko‘paydi

Jamiyat 08 may 20:16

Joriy yil 1 may holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 34 mlrd 191 million dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan oyga nisbatan 1 mlrd 515 mln dollarga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank saytida ma’lumot berilgan.

Oltin-valyuta zaxiralarining keskin oshishiga oltin narxi unsiyasi uchun 1685,35 dollargacha pasayishidan keyin, 1830 dollargacha qimmatlashini sabab sifatida keltirish mumkin. Shuningdek, o‘tgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,3 million troya unsiyasiga (9,33 tonna) oshganini ham kuzatishimiz mumkin.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Xorijiy valyuta aktivlari ham o‘tgan davr mobaynida 75 million dollarga oshgan. Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 may holatida oltin 20,7 mlrd dollarni, xorij valyuta aktivlari esa 13,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.

Sunnatilla Abdullayev

Navoiyda o‘quvchining onasi o‘qituvchini do‘pposladi

Jamiyat


08 may 17:27

3929


Ijtimoiy tarmoqlardan birida Navoiyda o‘qituvchi kaltaklangani, masalani yopdi-yopdi qilishmoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 may kuni Navbahor tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktor oldi huzurida yig‘ilish o‘tkazilayotgan vaqtda shu ta’lim muassasasining 10-sinf o‘quvchisi Mohinur Xaqnazarovaning onasi Navbahor tumani, “Paxtakor” ko‘chasida yashovchi fuqaro Xilola Adizova ta’lim muassasasiga, direktor oldi yig‘ilishiga ruxsatsiz kirib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qodirova Dilbar Yusupovnaga nisbatan keskin harakatlar qilib, uni sochidan tortib, ta’lim muassasasi zalida (foyesida) uni urgan.

Ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining aralashuviga qaramasdan D.Qodirovaga nisbatan tan jarohati yetkazgan. Natijada D.Qodirovaga tez tibbiy yordami ko‘rsatilib, tuman markazidagi shifoxonaga joylashtirilgan.

Ta’lim muassasasida sodir etilgan mazkur holat tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rgandi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Qodirova Dilbar Yusupovna fuqaro Adizova Xilola Mo‘minovnaga nisbatan hech qanday qaltis harakat sodir etmaganligi, X.Adizovaning farzandi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Xaqnazarova Mohinurni maktab formasida kelishi yuzasidan ogohlantirilganligi fuqaro X.Adizova tomonidan ushbu harakatlarni sodir etishiga sabab bo‘lganligi aniqladi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov Navbahor tuman tibbiyot birlashmasiga borib, jabrlanuvchi D.Qodirova bilan uchrashdi va masalaga oydinlik kiritish uchun shaxsan suhbatlashdi. Suhbat asnosida holatdan xabardor bo‘lgach, 33-umumta’lim maktabga borib, pedagogik jamoa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘qituvchilar hamda texnik xodimlar bilan bo‘lgan suhbatda D.Qodirova tomonidan o‘quvchiga nisbatan hech qanday bosim, sha’niga teguvchi harakatlar sodir etilmagani aniqlangan.

“Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan o‘qituvchini kaltaklashda aybdor deb topilgan shaxslarni Qonun doirasida javobgarlikka tortib, kelgusida boshqa shaxslarga ham dars bo‘lishi uchun bu haqda jamoatchilikka ma’lum qilishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.

Sunnatilla Abdullayev

Kimlarga Hindiston va Turkiyaga borish uchun ruxsat beriladi

Jamiyat


08 may 14:47

2221


O‘zbekiston koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda ayrim toifadagi shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borishga ruxsat berildi.

Joriy yilning 10 mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:

• xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

• xorijda tahsil olayotgan talabalar;

• O‘zbekistonda yashash huquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari;

• diplomatlar va ularning oila a’zolari;

• xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

• investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar;

• tranzit va transfer yo‘lovchilar;

• xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.

Bunda Hindiston va Turkiyaga xizmat safariga boruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasining ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi.

Xorijda tahsil olayotgan talabalar, O‘zbekistonda yashash xuquqiga ega bo‘lgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a’zolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit va transfer yo‘lovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasining ruxsati talab etilmaydi.

Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan ro‘yxatdan o‘tishda aeroport xodimlari nazorati amalga oshiriladi.

Eslatib ztamiz, Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatildi.

Shuningdek, Hindiston va Turkiyadan kirib kelayotgan fuqarolar uy yoki mehmonxona sharoitida karantinda bo‘lishlari yuzasidan tilxat to‘ldirishi majburiy etib belgilandi.

Sunnatilla Abdullayev

Hindiston va Turkiyaga aviaqatnovlar uchun cheklovlar o‘rnatildi

Jamiyat


08 may 13:04

1936


Tegishli tashkilotlar taklifini inobatga olgan holda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiyaning yangi shtammlarini O‘zbekistonga kirib kelishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ayrim davlatlar bilan o‘zaro aviaqatnovlarga quyidagi vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi:

Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlarni 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to‘xtatish;

Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlarni joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatish;

Toshkent-Istanbul yo‘nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.

Umidjon Nozimjonov

COVID-19: Shifoxonadagi bemorlar soni 3,6 mingdan oshdi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat

08 may 10:18

3921

Kecha, 7 may kuni O‘zbekistonda kunlik koronavirusdan kasallanish holatlari 381 nafarni tashkil qildi, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.



Joriy yilning 7 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93 978 (+381) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

7 nafari Andijon viloyatida;

11 nafari Buxoro viloyatida;

7 nafari Jizzax viloyatida;

6 nafari Qashqadaryo viloyatida;

3 nafari Navoiy viloyatida;

8 nafari Namangan viloyatida;

80 nafari Samarqand viloyatida;

8 nafari Sirdaryo viloyatida;

4 nafari Surxondaryo viloyatida;

15 nafari Farg‘ona viloyatida;

6 nafari Xorazm viloyatida;

62 nafari Toshkent viloyatida;

153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Buxoro viloyatida 8 nafar;

Jizzax viloyatida 7 nafar;

Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;

Navoiy viloyatida 2 nafar;

Namangan viloyatida 2 nafar;

Samarqand viloyatida 70 nafar;

Sirdaryo viloyatida 9 nafar;

Surxondaryo viloyatida 11 nafar;

Farg‘ona viloyatida 9 nafar;

Xorazm viloyatida 3 nafar;

Toshkent viloyatida 56 nafar;

Toshkent shahrida 181 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89703(+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanmoqda.

Umidjon Nozimjonov

Mahallabay ishlash tizimi Samarqandda eksperiment qilinadi

Jamiyat


08 may 08:59

1580


Xabarni tinglang

00:00


-

01:13


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, joriy yil 1 iyundan Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “mahallabay” ishlash tizimi eksperiment tariqasida o‘tkaziladi.

Bunda:

Mahallabay ishlash markazlari davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;



tuman (shahar)lardagi har uchta mahallaga bittadan mahallabay ishlash inspektorlari biriktiriladi;

mahalla fuqarolar yig‘ini raisining tadbirkorlik va tomorqa masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Markazlar faoliyati Pastdarg‘om, Urgut va Bulung‘ur tumanlarida joriy yil 1 iyundan hamda viloyatning qolgan tuman (shahar)larida 1 avgustgacha tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, aholi va tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish va hal etishda shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida Markaz va mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘zaro bog‘liq holda raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Onlayn mahalla” dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan mazkur eksperimentni respublikaning boshqa hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan.

Umidjon Nozimjonov

Surxondaryoda kelinni uy-joy talashib kaltaklagan qaynog‘aga chora ko‘rildi

Jamiyat


08 may 08:25

13131


Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanida kelin qaynog‘asi tomonidan tepib kaltaklangani haqida xabar bergan edik. X.Gulmurodning uy-joy masalasida Q.Sarvinozga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi Denov tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Denov tuman sudining joriy yil 7 may kunidagi qarori bilan X.Gulmurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Tomonlarning uy-joy masalasidagi nizo fuqarolik tartibida hal qilinishi tushuntirilgan.

Ma’lumot uchun, fuqaro Q.Sarvinozning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish to‘g‘risida qaror berilgan. Fuqaroning olgan tan jarohati “yengil tan jarohati” toifasiga kiradi, deb xulosa chiqarilgan.

Umidjon Nozimjonov

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Osiyo shengeni”ni joriy etmoqda

Jamiyat

07 may 23:10

12519

Xabarni tinglang



00:00

-

01:50



Qozog‘iston va O‘zbekiston “Shengen” kabi Silk Road Visa joriy etish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ko‘p martalik sayyohlik vizasi to‘g‘risidagi nizom kelishib olindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat Madaniyat va sport vazirligiga asosan xabar qildi.

“Hozirgi vaqtda Silk Road zonasiga (dastlabki bosqichda - Qozog‘iston va O‘zbekiston) kiritilgan mamlakatlarga kirish va bo‘lish uchun Silk Road Visa’larini berishning yagona elektron tizimini joriy etish masalasi O‘zbekiston bilan kelishuv jarayoni olib borilmoqda”, deyilgan xabarda.

Silk Road Visa nima?

“Silk Road Visa - Buyuk ipak yo‘li mamlakatlari uchun Shengen vizasining muqobili bo‘lishi mumkin. Taklif etilayotgan mexanizm transmilliy turizm yo‘lidagi to‘siqlarni (turistlar qo‘shni davlatlar chegaralaridan o‘tishda viza, bojxona va chegara) yengib o‘tishga imkon beradi.

Hozirda qator davlatlardan kelgan chet elliklar kamida 2 ta davlat - Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun alohida viza olishlari kerak.

“Osiyo shengeni” qachon paydo bo‘ladi

O‘zbekiston tomoni bilan Silk Road Visa elektron viza loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2 ta konsullik maslahatlashuvi va ishchi guruhning 4ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Tomonlarning uchrashuvlari natijalariga ko‘ra, Silk Road Visa ko‘p martalik turistik viza to‘g‘risidagi nizom va elektron vizani olishi mumkin bo‘lgan davlatlarning ro‘yxati kelishib olindi”, deyiladi xabarda.

Hozir normativ va texnik masalalar hal etilmoqda: axborot tizimlarini integratsiya qilish, loyihani birgalikda moliyalashtirish, yagona konsullik to‘lovini belgilash va loyihani amalga oshirishga doir hukumatlararo bitim tuzish.

“Rejaga muvofiq bu ish joriy yilning oxiriga qadar yakunlanadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Sunnatilla Abdullayev

Fuqarolar ko‘chirilmoqda. FVV uchta shaharda kuzatilgan sel oqibatlarini ma’lum qildi

Jamiyat

07 may 22:22

11933

Xabarni tinglang



00:00

-

01:53



Joriy yilning 6-7 may kunlari O‘zbekistonning uchta viloyati: Andijon, Namangan va Surxondaryoning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari kuzatildi.

Hodisa Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hokimliklar va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olinib, joylardagi ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Toshqin natijasida Andijon viloyati “Qirg‘iz” kanali orqali oqib kelgan sel oqimlari Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ko‘chalar orqali 278 ta aholi xonadoni va hovlisiga kirgan.

Afsuski, favqulodda vaziyat natijasida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro halok bo‘lgan.

Shuningdek, Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy va Chust tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir sababli Pop tumani “Vodiy” MFY hududida sel oqimlari kuzatilib, Pop tumani hududidan o‘tuvchi "Namangan-Toshkent" avtomobil’ yo‘lining 15-16 km.da yo‘l yoqasining yuvilishi, “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 103-106 km.da temir yo‘l tarmog‘ining taxminan 3 metr qismida tuproq massasining yuvilishi ro‘y bergan.

Shu bilan birga, “Yangiobod” va “Vodiy” MFYdagi 25 ta aholi tomorqasiga ham yomg‘ir suvlari kirgan. Hozirda, avtomobil va temir yo‘llarining zarar ko‘rgan qismida avariya-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari Sherobod tumanidagi “Qorabog‘” QFY va “Uchyog‘och”, “Guliston”, “G‘o‘rjak-2” MFYdagi 16 ta, Qumqo‘rg‘on tumani “Azlarsoy”, “Bog‘aro” va “Yelobod” MFYdagi 340 ta aholi xonadoni va tomorqasiga kirgan.

Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida maxsus texnikalar yordamida aholi yashash xonadonlaridan yomg‘ir suvlari chiqarib tashlangan.

Shu bilan birga, vazirlik xodimlari sel kelgan hududlarda fuqarlar holidan xabar olish, ularga zaruriy yordamlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Jumladan, daryo, soy, ariq va kanallar o‘zanlarini tozalash hamda qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha joylarda 70 ta (yil davomida reja bo‘yicha 165 ta) amaliy maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarga 1 078 ta texnika, 4 752 nafar shaxsiy tarkib jalb etilib, o‘quv-mashqlari davomida 41 924 m3 tuproq ishlari, 30 360 m3 qum-shag‘al, 4 207 m3 beton, 37 217 p/m o‘zan tozalash va boshqa ishlar amalga oshirilgan.



Sunnatilla Abdullayev
Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish