USLUBIYAT VA SINONIMIYA. NUTQ
USLUBLARI
1. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum
soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga
xoslangan ko’rinishi ...........deyiladi.
A) uslubiy xoslangan so’zlar
B) uslubiy betaraf so’zlar
C) nutq uslubi D) badiiy uslub
2. O’zbek tilida qanday nutq uslublari mavjud?
1. so’zlashuv uslubi 2. publitsistik uslub
3. ilmiy uslub 4. rasmiy uslub 5. badiiy uslub
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5 D) 1 va 5
3.Ma’lum nutq uslubiga xoslangan va
xoslanmaslik belgisiga ko’ra so’zlar qanday
guruhga bo’linadi?
A) uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlar
B) og’zaki nutq so’zlari va yozma nutq so’zlari
C) rasmiy so’zlar va ilmiy so’zlar
D) badiiy so’zlar va ijtimoiy-siyosiy so’zlar
4.Ko’kdan quyosh mo’ralab qaraydi.
Yuqoridagi gap qaysi uslubga mansub?
A) so’zlashuv uslubi B) publitsistik uslub
C) badiiy uslub D) rasmiy uslub
5. Moddalar tarkibining doimiy ligi qonuni
kimyoning asosiy qonunlaridan bi ridir. Ushbu
matn qaysi uslubga xos?
A) badiiy B) ilmiy C) so’zlashuv D) rasmiy
6. Ushbu gaplar qaysi uslubga mansub?
1. Ertaga soat 15.00 da maktab jamoasining
umumiy yig’ilishi bo’ladi.
2. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi
so’zlardir.
3. –Birontasini ko’rsatsangiz, o’lasizmi?
Hammaning yuragini qon qildingiz-ku?
A) 1—ilmiy uslub, 2-badiiy uslub, 3-
so’zlashuv uslubi
B) 1-rasmiy uslub, 2- ilmiy uslub, 3 – badiiy
uslub
C) 1-rasmiy uslub, 2- ilmiy uslub, 3-
so’zlashuv uslubi
D) 1-publitsistik uslub, 2- ilmiy uslub, 3-
so’zlashuv uslubi
7. 1. so’zlashuv uslubi 2. publitsistik uslub
3. ilmiy uslub 4. rasmiy uslub 5. badiiy uslub
Yuqoridagilardan qaysi biri og’zaki nutqqa
xos?
A) 2, 5 B) 1, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) faqat 1
8. Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr
almashishi jarayonida qo’llaniladigan nutq
uslubi ......... sanaladi.
A) so’zlashuv uslubi B) badiiy uslub
C) publitsistik uslub D) rasmiy uslub
9. So’zlashuv uslubi qanday turga bo’linadi?
A) kitobiy uslub va oddiy uslub
B) oddiy uslub va xalq shevalari uslubi
C) so’zlashuv uslubi hech qanday turga
bo’linmaydi
D) adabiy uslub va oddiy uslub
10. 1.so’zlashuv uslubi 2. publitsistik uslub
3. ilmiy uslub 4. rasmiy uslub 5. badiiy
uslub Yuqoridagi uslublardan qaysi biri
yozma nutqqa mansub?
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 2, 3, 4.5
11. Qaysi uslubda so’zlar ko’pincha kinoya,
piching qo’shimchalariga boy bo’ladi?
A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi
C) publitsistik uslub D) A va B
12. Oddiy so’zlashuv uslubiga xos xususiyat
qaysi qatorda berilgan?
A) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qiladi
B) adabiy til me’yorlariga amal qilmaydi
C) rasmiy so’zlardan foydalaniladi
D) grammatik qurilishi me’yoriy holatda
bo’ladi.
13. Endi, o’g’lim, dabdurustdan majlis
deding.... asli shu gapni avval jo’n gaplashib,
pishirib olsag-u, keyin majlisga solsang
bo’lardi. Ushbu gap qaysi uslubga xos?
A) badiiy uslubga B) so’zlashuv uslubiga
C) publitsistik uslubga D) rasmiy uslubga
Do'stlaringiz bilan baham: |