nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchiga
aylantiriladi.
2. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi
so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi.
3. Muallif gapining egasi o’zlashtirma gap
egasi bo’lib gap boshida keladi.
4. So’roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gaplar
darak shakliga aylantiriladi
5. Ko’chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar
tushirib qoldiriladi.
6. Undalma chiqish kelishigidagi
to’ldiruvchiga aylantiriladi
A) 1, 3, 6 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
90. Behbudiy: “Maktab dunyo imoratlarining
eng muqaddasi va qadrlisidir”, -- deb yozadi.
Yuqoridagi ko’chirma gapli qo’shma gap
o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma
gapning egasi qaysi gap bo’lagiga aylanadi?
A) ega sifatida keladi.
B) aniqlovchiga aylanadi
C) to’ldiruvchiga aylanadi
D) holga aylanadi
91. Ko’chirma gapli qo’shma gap o’zlashtirma
gapga aylantirilganda uning tarkibidagi
undalma qanday vazifada keladi?
A) tushib qoladi
B) qaratqichli aniqlovchiga aylanadi
C) egaga aylanadi D) to’ldiruvchiga aylanadi
92. O’zlashtirma gap berilgan qatorni
aniqlang.
A) Donolar deydiki: “Vaqting ketdi -- baxting
ketdi”.
B) Manzuraning aytishicha, badiiy adabiyotni
hozirgi yoshlar kam o’qimoqdalar.
C) Yo’lovchi qizga umri uzoq bo’lishini tiladi.
D) O’zlashtirma gap mavjud emas.
93. Qaysi fikr to’g’ri?
A) Ko’chirma gap ma’lum bir matndagi
so’zlovchi yoki hikoya qiluvchining o’z gapi.
B) muallif gapi boshqalarning gapini aynan
ifodalashdir.
C) o’zlashtirma gap o’zgalarning gapini muallif
o’z gapi bilan ifodalash
D) A va C
94. Muallif gapi va ko’chirma gapning o’rni
haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) oldin muallif gapi, so’ng ko’chirma gap
keladi.
B) oldin ko’chirma gap, keyin muallif gapi
keladi.
C) oldin muallif gapi so’ng ko’chirma gap,
undan so’ng muallif gapining davomi keladi.
D) muallif gapi va ko’chirma gapning
joylashish o’rni erkindir.
95. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga (va
aksincha) aylantirilganda ular orasida qanday
farq bo’ladi?
1. ko’chirma gap qo’shma, o’zlashtirma gap
sodda gap hisoblanadi.
2. har ikkovi bir-biriga ma’nodosh bo’ladi.
3. ular o’rtasida hech qanday farq bo’lmaydi.
4. ular orasida uslubiy ma’no farqlari bo’ladi.
A) 1, 2 B) 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
96. “Tog’amiz biznikiga tez-tez kelib turar
edi”, -- dedi Botir. Yuqoridagi ko’chirma gapli
qo’shma gap qaysi qatorda eng muvofiq tarzda
o’zlashtirma gapga aylantirilgan?
A) Tog’amiz biznikiga tez-tez kelib turishini
Botir aytdi.
B) Tog’asi ularnikiga tez-tez kelib turadi deb
aytdi Tohir
C) Botir tog’asining ularnikiga tez-tez kelib
turganligini aytdi.
D) Botirning tog’asi ularnikiga tez-tez kelib
turadi.
97. “To’pqayrag’ochga yaqin qoldimi?” – deb
o’tkinchilardan so’radi u.
Ushbu ko’chirma gap o’zlashtirma gapga
aylantirilganda yaqin qoldimi? kesimi qaysi
gap bo’lagiga aylanadi?
A) qaratqich aniqlovchiga
B) kesimligicha qoladi
C) vositasiz to’ldiruvchiga
D) payt holiga
98. “Aybni yashirmoq – nodonlar ishi”, --
dedi rais qizishib. – Rais qizishib, aybni
yashirmoq nodonlar ishi ekanligini aytdi.
Yuqoridagi ko’chirma gap o’zlashtirma gapga
aylantirilganda gapda qanday sintaktik
vazifada kelyapti?
A) qaratqich aniqlovchi bo’lib kelyapti
B) kengaygan birikmali ega bo’lib kelyapti
C) kengaygan birikmali to’ldiruvchi bo’lib
kelyapti
D) kengaygan birikmali sifatlovchi aniqlovchi
bo’lib kelyapti.
99. Ko’chirma gap tarkibidagi qaysi
grammatik birliklarni o’zlashtirma gapga
aylantirib bo’lmaydi?
A) ega va kesimni
B) undov va atov gaplarni
C) kiritma va aniqlovchini
D) to’ldiruvchi va holni
100. U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo’l
uzatdi: “Rahmat, o’rtoq Jo’raboev, katta
rahmat!” Yuqoridagi ko’chirma gapli qo’shma
gap qaysi qatorda eng muvofiq tarzda
o’zlashtirma gapga aylantirilgan?
A) U nafaslari tiqilgan holda qo’l uzatib,
Jo’raboevga katta rahmatlar aytdi.
B) Rahmatini Jo’rboevga aytib, kotibga
nafaslari tiqilgan holda qo’l uzatdi.
C) U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo’z
uzatib, unga minnatdorchilik bildirdi.
D) U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo’l
uzatdi va Jo’raboevga rahmatlarini aytdi.
101. Qor degani odamning tizzasidan kelar,
sovuq esa odamning yuz-qo’lini chaqib olar
ekan. Ushbu gap........
A) ergashgan qo’shma gap
B) bog’lovchisiz qo’shma gap
C) bog’langan qo’shma gap
D) ergashgan qo’shma gap
102. Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma
gaplarda ko’rsatish olmoshi qaysi gap
tarkibida keladi?
A) bosh gap tarkibida
B) ergash gap tarkibida
C) bosh va ergash gap tarkibida
D) ba’zan bosh, ba’zan ergash gap tarkibida
103. Quyidagi bog’lovchisiz qo’shma
gaplarning sodda gaplari orasida qanday
mazmun anglashilyapti?
1. Jismimiz yo’qolur – o’chmas nomimiz.
2. Suv keldi – nur keldi
3. Saidjalolxon tovush chiqarmay uning yoniga
o’tirdi – u ko’rmadi
4. Rais kirib keldi – majlis ochildi.
A) o’xshatish, natija, payt, zidlik
B) zidlik, o’xshatish, natija, payt
C) payt, o’xshatish, zidlik, natija
D) zidlik, natija, o’xshatish, payt
104. Elning bir so’zi bor: o’zingga ehtiyot bo’l:
o’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri
tutma! Ushbu bog’lovchisiz qo’shma gap
tarkibida nima uchun ikki nuqta qo’yilyapti?
A) ikkinchi qism birinchi qismdan anglashilgan
mazmunning ro’y berish sababini bildirgani
uchun
B) ikkinchi qism birinchi qism tarkibidagi ot
(so’z)ni aniqlagani uchun
C) ikkinchi qism birinchi qismdan anglashilgan
mazmunning natijasini bildirgani uchun
D) ikkinchi qism birinchi qismga o’xshatilgani
uchun
105. Bir necha ergash gapli qo’shma gap
berilgan qatorni toping.
A) Kitob – bilim manbai. SHuning uchun biz
kitobni sevamiz.
B) Otam “Mirzo” va “G’ulom” taxalluslari
bilan talay she’rlar yozgan. Lekin bular bir
yerda to’planib chiqqan emas.
C) Martabang ko’k qadar ulug’ bo’lsa-yu,
lekin yor-u do’stlaring bo’lmasa, bundan nima
foyda.
D) Yashil bo’yoq bilan bo’yalgan, ust tomoni
o’ymakor panjarali, katta va og’ir darvozaga
yetganda, yigitning yuragi biroz o’ynab ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |