Texas ildiz chirish
Kasallikning geografik tarqalishi. Texas ildiz chirishi Shimoliy Amerikaning ishqorli, tarkibida organik modda kam bo‘lgan mintaqalarida tarqalgan endemik kasallik hisoblanadi. AQSH Texas shtatining qora tuproqli markaziy qismida g‘o‘za hosiliga juda katta, Oklaxoma, Nyu-Meksiko, Arizona shtatlari hamda Shimoliy Meksikada katta zarar yetkazadi. Kasallik kam tarqalgan mintaqalar o‘z ichiga Kaliforniya, Nevada, Yuta, Arkanzas va Luiziana shtatlarini oladi (Dunin, Poner, 1936; Blenk, 1956; Davis va b.q., 1996). Texas ildiz chirishi shu paytgacha dunyoning boshqa bironta mamlakat yoki mintaqasiga tarqalmagan. Kasallik ba’zi MDH mamlakatlarida, jumladan Ozarbayjon, Gruziya, Dog‘iston, Turkmaniston hamda O‘zbekistonda Toshkent, Buxoro, Farg‘ona viloyatlarida topilgani haqidagi ko‘p xabarlar kuzatuvlarda tasdiqlanmadi (Dunin, Poner, 1936).
Do'stlaringiz bilan baham: |