G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Kasallikning g‘o‘zada rivojlanish sikli va manbalari



Download 345,5 Kb.
bet31/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallikning g‘o‘zada rivojlanish sikli va manbalari. Zamburug‘ g‘o‘za ildizlarining o‘tkazuvchi tomir sistemasiga ildizlardagi har xil yaralar orqali yoki sog‘lom ildiz qobig‘ini bevosita teshib kiradi. Hatto sog‘lom o‘simliklar ildiz qobig‘i ustida xam ko‘p miqdorda zamburug‘ propagulalari mavjudligi kuzatilgan. Zamburug‘ o‘tkazuvchi tomir sistemasiga kirgach, kasallik rivojlanadi. U hosil qiladigan mikrokonidiyalari o‘tkazuvchi tomir sistemasi ichidagi faol nafas olish oqimlari va o‘simlik shiralari yordamida yuqori qismlarda joylashgan ildiz, poya va barglarda tarqaladi. Kasallik rivojlangan fazalarida zamburug‘ g‘o‘zaning eng tepa qismlaridagi organlardan ham ajratib olingan (Kapellman, Smith, 1981).

Fuzarioz so‘lishning qo‘zg‘atuvchisi tuproqda 0-60 sm (Solovyeva, 1954), ba’zida 1 m (Fahmy,1927) gacha chuqurlikda, erkin holda yoki g‘o‘za va boshqa moyli ekinlar qoldiqlarida hamda boshqa organik materiallarda uzoq muddat saqlanadi. Tuproqda o‘simlik qoldiqlari mavjudligi yoki yo‘qligi parazit rivojlanishini cheklamaydi. Zamburug‘ kasallikning asosiy manbasi ifloslangan tuproqda - o‘zining xlamidosporalari yordamida juda tez ko‘payishi mumkinligi, antogonist mikroorganizmlarga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsatish qobiliyati mavjudligi, uning tuproqda rivojlanishi uchun V.dahliae ga nisbatan ancha qulayroq sharoit tug‘diradi (Solovyeva, 1954).

Kasallikning boshqa manbalari qatoriga zararlangan urug‘lik chigit, suv, yerga ishlov berish asboblari, mexanizmlar qismlari va zararlangan g‘o‘zapoya kiradi. Urug‘lik chigit 16-20 foizgacha zararlanganligi kuzatilgan (Solovyeva, 1954; Karimov, 1976; Hake va b.q., 1996). Hatto fuzarioz bilan kam zararlangan chigitni zararlanmagan dalalarga ekish o‘ta xavfli, chunki, zamburug‘ tuproqka tushgach, uning uzoq saqlanishi va juda oson ko‘payishi tuproqni parazitdan tozalashni juda mushkullashtiradi.

Fuzarioz so‘lishning dala ichida yoki bir daladan ikkinchisisga asosan suv yordamida tarqalishi avval O‘zbekistonda (Solovyeva, 1954), so‘ngra Isroilda (Grinstein va b.q., 1983) isbotlangan. Tajribalar zamburug‘ bilan zararlangan daladan ifloslanib chikqan suv, qo‘shni dalada 50-70 foiz nihol nobud bo‘lishiga olib kelganligini ko‘rsatdi (Solovyeva, 1954). Isroilda o‘tkazilgan tajribada zamburug‘ o‘lchami 72 va 96 m2 bo‘lgan 2 ta manbadan egatlardan okqan suv yo‘nalishi bo‘yicha 3 yil ichida 140 metrga tarqalgan. Dalaga har yili bir necha marta perpendikulyar yo‘nalishlarda ishlov berilgan bo‘lsa ham, kasallikning boshqa yo‘nalishlarida tarqalishi juda kam bo‘lgan (3 yilda 4-8 m). Bu tajribadan ko‘rinadiki, zamburug‘ning kultivatsiya paytida (mexanik) tarqalishi juda cheklangan.

Kasallik manbalari qatoriga zamburug‘ning vasinfectum formasi bilan zararlanishga moyil ekin turlari, begona o‘tlar (salomalaykum) (Hake va b.q., 1996) hamda fuzariozga chidamli, ammo parazitga o‘z ildizlarida boshpana beruvchi ba’zi ekinlar (Klimova, 1971) ham kiradi.


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish