G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja


Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tur ichida tabaqalanishi



Download 345,5 Kb.
bet29/87
Sana31.12.2021
Hajmi345,5 Kb.
#236423
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
Bog'liq
G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tur ichida tabaqalanishi. Fusarium oxysporum turi ichida 76 tachaga maxsus formalar (forma speciales ёки forma checialisata=f.sp.) bayon qilingan (Booth, 1971), uning tur ichida tabaqalanishini o‘rganishga ko‘p tadqiqotlar bag‘ishlangan, ammo ularning natijalari ko‘pincha bir-biriga mos emas.

Ba’zi tadqiqotchilar bu zamburug‘ o‘simliklarning alohida turlariga nisbatan tor ixtisoslashgan deb hisoblashadi (Golovin, 1953; Solovyeva, 1955, 1959; Subba-Rao, Sidorova, 1983). Xabarga ko‘ra (Sidorova, Akmuradov, 1980), zamburug‘ning 7 ta formasi (vasinfectum, lucopersici, cucumerinum, cucumis, niveum, cucurbitaria, phaseoli) juda tor ixtisoslashishini namoyon etib, faqat o‘zlari dastlab ajratib olingan ekin turlarini (muvofiq ravishda g‘o‘za, pomidor, bodring, qovun, tarvuz, qovoq, loviyani) zararlagan.

Boshqa tadqiqotchilar (Stepanova, 1962; Nigmanova, 1964, 1965; Nalepina, 1971) ta’kidlashicha, patogenda ixtisoslashish mavjud emas yoki kam namoyon etiladi. Misol uchun, zamburug‘ning g‘o‘za, 2 tur no‘xat, soya, burchoq, loviya, mosh va vignadan ajratilgan shtammlarning har biri tajribada shu ekinlarning barchasini zararlagan va u keng ixtisoslashgan tur hisoblanadi (Nigmanova, 1965). L. N. Nalepinaning (1971) tajribalarida zamburug‘ning g‘o‘zadan olingan izolyati 2 tur no‘xat, loviya, lyupin, bodring, qovun, tarvuz, qovoq, karam pomidorni zararlagan; no‘xat, bodring, karam va pomidordan kam ajratilganlari esa g‘o‘zadagi so‘lish kasalligini qo‘zg‘atgan.

Uchinchi guruh olimlar (Ubaydullayeva, 1969; Stepanova, 1971; Armstrong, Armstrong, 1971, 1974, 1978) ixtisoslashish amlitudasi va uning barqarorlik darajasi zamburug‘ning formalari uchun turlicha va ko‘pincha o‘zgaruvchan ekanligini qayd etishdi. Har xil ekin turlarini sun’iy zararlash tajribalarida formalar boshqa ekin turlarini turli darajada shikastlay olsa ham, odatda «o‘zining» xo‘jayin turiga eng yuqori virulentlik namoyon etadi. V. I. Bilay (1977) fikriga ko‘ra, Fusarium oxysporum turida jiddiy va aniq ixtisoslashish mavjud emas, uning ixtisoslashgan formalari esa adaptiv va har xil darajada genetik barqaror bo‘lgan takson sifatida hisoblanishi lozim. Fusarium oxysporum turi ichida ixtisoslashishi ham tor, ham har xil darajada keng bo‘lgan formalar mavjud bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytilgan mulohazalar asosida V. I. Bilay "forma speciales" terminini emas, balki tushunchani adaptiv forma ma’nosida talqin kiluvchi «forma» terminini qo‘llashni taklif qildi va bu taklif ko‘pchilik olimlar tomonidan qabul kilindi.

Yuqorida keltirilgan va so‘nggi yillarda ma’lum bo‘lgan tadqiqotlar natijalari tahlili asosida, Fusarium oxysporum umuman tor ixtisoslashgan, ammo uning maxsus formalari ichidagi ayrim irqlari bir necha, har xil taksonomik guruhlarga mansub bo‘lgan o‘simlik turlarini zararlashga qodir deb xulosa qilish mumkin. Misol uchun, g‘o‘zaga ixtisoslashgan maxsus forma Fusarium oxysporum f. vasinfectum asosiy xo‘jayin ekindan tashqari, boshqa - soya, tamaki, gibisk kabi o‘simliklarni ham zararlay olishi tajribada isbotlangan (Armstrong, Armstrong,1960).

Fusarium oxysporum f. vasinfectum g‘o‘zaning bir nechta turini, jumladan, daraxtsimon (Gossypium arboreum), ingichka tolali Misr yoki Peru (G.barbadense=G.peruvianum), o‘tsimon yoki oddiy (G.
herbaceum) va o‘rta tolali (G.hirsutum) g‘o‘zani zararlay oladi; avvalgi yillarda uning iqtisodiy zarari asosiy xo‘jayin o‘simlik - ingichka tolali g‘o‘za bilan cheklangan, o‘rta tolali g‘o‘za esa bu kasallikka chalinmagan. Misr, Sudan, Hindiston, Isroil kabi mamlakatlarda zamburug‘ hozir ham faqat ingichka tolali g‘o‘zani zararlaydi.
(Fahmy,1927; Kulkarni,1934; Solovyeva,1954; Armstrong, Armstrong, 1960; Shver,1964; Sidorova,Popov,1973; Karimov,1976; Mirpo‘latova b.q.,1981; Sidorova, Akmuradov,1981;Grinstein va b.q., 1983). O‘z navbatida, ingichka tolali g‘o‘za navlarining chidamliligi (va parazit irqlarining virulentligi darajasi) xam bir xil emas, ularning ba’zilari o‘ta chidamli, deyarli shikastlanmaydigan, boshqalari butunlay chidamsiz bo‘lib, 100 foizgacha zararlanishi aniqlangan (Solovyeva, 1954; Komilova va b.q., 1971). Tajribada zamburug‘ning chidamsiz navlardan ajratilgan shtammlari faqat chidamsiz navlarni, chidamli navlardan olingan izolyatlar esa, ham chidamsiz, ham chidamli navlarni zararlay olishi isbotlangan (Akmurodov va b.q., 1979).

Ilmiy adabiyotlarda zamburug‘ o‘rta tolali g‘o‘zani zararlashi mumkinligi haqida ma’lumotlar 1960 yildan boshlab paydo bo‘la boshladi (Armstrong, Armstrong, 1960) va bu hozir isbotlangan (Stepanov, 1971; Kapellman, Smith, 1981; Matveyev, 1984). O‘zbekiston olimlari kuzatuvlari va tajribalarida o‘rta tolali g‘o‘zaning barcha tumanlashtirilgan va istiqbolli navlari, jumladan Toshkent-1, Toshkent-6, An-9, An-402, Oq-oltin, An-Bayaut-2, 108-F, 149-F, 175-F, S-4880, Uychi-2, Andijon-60, Qizil Ravot va ko‘plab boshqa navlari turli darajada zararlangan; ayni vaqtda dala sharoitida ba’zi ingichka tolali g‘o‘za navlarining (Temiz-14, Termiz-15, Ashxabod-25 va b.q.) kam zararlanishi aniqlangan (Alimuhamedov, 1989; Karimov, 1989; Haydarov, 1989; Ishmuxamedova, 1989). Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Turkmanistonda fuzarioz so‘lish kasalligi qo‘zg‘atuvchisining 3 ta irqi aniqlangan. Ulardan 2 tasi 1 yoki 2 ta ingichka tolali, uchinchisi esa g‘o‘zaning har 2 turini ham zararlashga qodirligini isbotlagan.

Ekin ostidagi tuproqda ayni eqiladigan tur va navlarni kuchli zararlovchi irqlar (shtammlar) to‘planadi: zamburug‘ning Surxondaryo viloyatida ingichka tolali (Termiz-14), Qashqadaryo viloyatida esa o‘rta tolali (Toshkent-1, 108-F) g‘o‘za navlarida yuqori virulentli populyatsiyalari to‘planishi qayd etilgan (Karimov, 1989). O‘zbekistonda ham parazitning 3 ta irqi qayd etilgan ulardan 1-irq faqat ingichka tolali, 2-irq ham ingichka, ham o‘rta tolali g‘o‘za navlarini kuchli, 3-irq esa faqat ingichka tolali g‘o‘za navlarini kuchsiz darajada zararlashi aniqlangan (Karimov, 1989). Dunyoning boshqa qit’alarida va mamlakatlarida parazitning yana 5 ta, jumladan AQShda 2 ta, Misr, Hindiston va Sudanda 1 tadan fiziologik irqlari aniqlangan. Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo, Yevropa, Afrika va Markaziy Osiyoda o‘rta tolali g‘o‘za navlarida 1-irq keng tarqalgan, 2-irq ham 1-irqqa juda yaqin hisoblanadi. Faqat ingichka tolali g‘o‘za navlarini zararlaydigan 3-irq Nil daryosi vohasida ko‘p yillardan beri ma’lum, ma’lumotlarga ko‘ra Tojikistonda (Menlikiyev, 1977) va ehtimol, Isroilda ham topilgan. 4-irq hozirgacha faqat Hindistonda diploid g‘o‘zani zararlaydi. Sudanda aniqlangan 5-irq 3-irqqa yaqin, ammo undan ingichka tolali g‘o‘zaning ko‘proq navlarini zararlay olishi bilan farqlanadi (Kapellman, Smith, 1981).


Download 345,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish