Gʻoʻza biti tasnifi
G’o’za poliz biti — tengqanotli xartumlilar turkumi oʻsimlik bitlari oilasiga mansub hasharot. Barcha paxta ekiladigan mamlakatlarda tarqalgan. Tirik tugʻib koʻpayadigan qanotsiz urgʻochisining (erkagi boʻlmaydi) tuxum shaklidagi (ovalsimon) tanasi 1,25 — 2,1 mm. Shira naychalari qora. Voyaga yetgan bitlar va lichinkalarning rangi mavsum va oʻzi yashayotgan oʻsimlik rangiga bogʻliq holda oʻzgaradi. Moʻylovlari 6 boʻgʻimli, sariq, uz. tanasining 2/3 qismigacha; koʻzi qora; oyoqlari sariq. Lichinkasi voyaga yetgan urgʻochisidan kichikligi va tanasining yorqin rangi bilan farq qiladi. Nimfasi och kulrang . Qanotli urgʻochilar tanasi choʻziqroq (1,2—1,9 mm), boshi va koʻkragi qora, qorni sargʻish yoki toʻq yashil, qanotlari tiniq; qanoti lichinkaning ikkinchi yoshida shakllana boshlaydi. Gʻoʻza bitining jinsiy avlodi yoʻqolgan boʻlib, rivojlanish sikli toʻliq emas; partenogenez yoʻli bilan (qiz holicha, urugʻlanmasdan) koʻpayadi, yaʼni urgʻochilari 20—60 lichinka tugadi. Qanotsiz urgʻochilar, baʼzan esa lichinka holida sovuqqa chidamli begona oʻtlar (asosan gulxayrining ildiz boʻgzi yaqinidagi barglar)da qishlaydi. Qishlov davrida ularning koʻpchiligi nobud boʻlib, bahorgacha juda kam qoladi. Apr.da Gʻoʻza biti juda jadal koʻpayib, ular orasida qanotli individlar ham paydo boʻla boshlaydi. Qanotlilari har tarafga tarqalib, begona oʻtlarga oʻtadi va gʻoʻza nihollarini ilk rivojlanish davrida zararlaydi. mavsumda 20 ga yaqin avlod beradi. Gʻoʻza biti barg shirasini soʻradi va ular bujmayib, qurib qoladi. Kuzda paxta tolasi hasharot ajratgan modda tufayli bir-biriga yopishib ifloslanadi va shu yerda saprofit zamburugʻlarning rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Natijada tola qorayib, buziladi (qora shira). Kurash choralari: begona oʻtlarni yoʻq qilish, oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olish, gʻoʻzaga insektitsidlar purkash.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axmedov M.X. Tli – afidisidы. (homoptera, Aphidinka, Aphididac) aripogorpx zon sudney Arim (ekologiya, fanpogenez, teksonomiya)1995 T.
2. Axmedov M.X.- Ekonomicheskiy analiz tley-afididov (Homopttera, Aphidinca, aphididac) v aridno-gornыx zon Sredney Azii, Farg’ona davlat universiteti ilmiy xabarlari, 1996 № - 82-82 b.
3. Alimuhamedov S. Xodjayev Sh. Vrediteli xlopchatnika i merы borbы s nimi-Toshkent, 1978 – S. 61
4. Bronshteyn S.G. Parazitы i xiщniki-regulyatorы razmnojeniya tley xlopchatnika // Tr. Uzb. Gosuniversiteti im. Navoi – Samarqand, 1952- Novaya seriya. 50 – s. 31-59.
5. Gaffarov S. Muxi sirfidы – komponentы xlopokovogo agrobiosenoza v Tajikistane // Izv. An Tadj SSR, kand.biol.nauk, 1979 – kz.-s 41-45
6. Devletshina A.G. Bmolizkaya. T.T. Paraziti sem. Aphiidac –kak regulyatorы chislennosti tley na xlopchanike i lyuserne. II Ekologicheskiye nauchnыye konferensii Uzbekistana – Tashkent: Fan 1968 -S 75-80
7. Daminov D.B. Xiщniki tley sirfidы // Osnovы integr. sistemы zaщitы rasteniy v xlopkovodstve. 1989 g. S.31-32
8. Meshannnova–Soluka V.A.Cherkasova I.A. Metodika izgotovleniye preparatov. // Vesnik zoologii. 1967-№6 – S.
9. Muhammediyev. A.A. Tli Ferganskoy dolinы – 1979. – Tashkent. Fan – 80S
10. Narzikulov M.N. Tli Vaxshskoy dolinы. Tr AN Tadj. SSR-1954 T.15. Stalinabad: Izd-vo Antodj SSR. -12) S.
11. Kiyevskiy V.P. Tli Sredney Azii – Tashkent: Izd-vo Sr.Az.Gos universiteti.1929 – 32S.
12. Samirov V.F Vliyaniye mineralnыx udobreniy na fiziologicheskoye sostoyanii, plodovitost i ustoychivost k insektisidnыx aktivnost krestesvetnыx kulturq: Avtoref.dis.kand. nauk.L.1967.
13. Ferodjeva S.A.Rol parazitov v snijenii chislennosti vrednыx sovok na 74
xlopchatnika // Biosenologicheskiye osnovы integrasii v zaщite xlopchatnika ot vrediteley: Materialы Vsesoyuznogo Simpoizuma. L., 1977. – S 133 8 – 140.
14. Hamroyev A.Sh: Ochilov, Xikmetov S. G’o’za bitlari (shiralar va ularga qarshi kurashga oid doir tavsiyalar. T.2006. – 16 b
15. Hamroyev A.Sh. Jabborova O.I. Samarqand vohasi xonqizi qo’ng’izlari (kokuncllidlar) ni aniqlagich jadvali (o’quv uslubiy qullanma). Samarqand 2008-28B.
16. Karimov I.A. O’zbekistonda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida Toshkent 1995 y.
17. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida Toshkent 1995 y.
18. Karimov I.A. 1997 y Inson manfaatlari yili T.1997 y
Do'stlaringiz bilan baham: |