G’oyibnazarov Nodirbek Oraliq nazorat



Download 19 Kb.
bet2/2
Sana07.07.2021
Hajmi19 Kb.
#111651
1   2
Statistik hisob miqdor ko'rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiyommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish
hamdajamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ish, statistik tahlil qilish va
axborotdan foydalanuvchilarga o'z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va
operativ hisob ma'lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning
tuzulishiga ham ta'sir etadi.
O'rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko'ra statistik hisobda
natura, mehnat va pul o'lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob
ma'lumotlarni to'plash va ishlov berishning muayyan metodik usullaridan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to'plash, statistik guruhlash, o'rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan foydalanib, xo'jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma'lumotlar
asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar
qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bO'yicha aniq
chora-tadbirlar belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi xo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari va
ular manbalarining harakatini aks ettirib, xo'jalik jarayonida sodir
bo'ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish
natijalarini o'lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir
o'lchovda, ya'ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko'rsatkichlarni hisoblash va
baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish
maqsadida moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.

2. Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi,


kreditida esa kamayishi aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va ko‘payishi kreditida,
kamayishi esa debetida aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga
ko‘pincha «saldo» so‘zi ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma’noni bildiradi.
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi. Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi.

Buxgalteriya balansi korxonaning xo`jalik mablag`larini, bir tomondan, tarkibi, holati, joylanishi bo`yicha, ikkinchi tomondan, qanday manbadan


paydo bo`lishiga qarab ma’lum bir sanaga pul o`lchovida yig`ib aks ettirish usulidir. Buxgalteriya hisobi bo`yicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi balans hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo`lgan moliyaviy holatini ko`rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat shaklida faoliyat qiladigan korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan ro`yhatini ko`rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini
umumiy qiymatiga teng kelishidir.
Korxona kapitali – bu korxona o`z aktivlariga egaligidir. Korxona majburiyatlari esa muayyan korxona aktivlariga uning kreditorlari tomonidan egaligidir. Balans hisoboti bo`yicha korxona aktivining qiymati uning kapitali qiymati bilan majburiyatlarining summasini yig`indisiga teng keladi. Yagona buxgalteriya balansining aktivida ham, passivida ham ikkitadan bo`lim bor
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko`rinishga ega bo`lib, uning chap tomoni aktiv, o`ng tamoni esa passiv deb nomlanadi. Aktiv tomonida xo`jalik mablag`larining turlari, joylanishi ko`rsatilsa, passiv tomonida esa shu mablag`larning paydo bo`lish manbalari va qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya balansining ikkala tomoni ham bir qancha moddalarga bo`linadi.
Demak, buxgalteriya balansi moddasi deb iqtisodiy jihatdan bir xil bo`lgan xo`jalikmablag`larining ma’lum bir turi yoki xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbaini balansda alohida aks ettiruvchi ko`rsatkichga aytiladi. Aktiv tomonidagi balans moddalarining yig`indi summasi passiv tomonidagi balans moddalarining yig`indi summasiga teng bo`lishi shart. Chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik mablag`lari va shu mablag`larning tashkil topish manbalari ikki tomonlama aks ettiriladi. Balans moddalarini guruhlashtirish xo`jalik mablag`larining maqsadga muvofiq foydalanishini to`la nazorat qilish va korxonaning faoliyatini tahlil qilish uchun imkoniyat yaratadi. Buxgalteriya balansini tuzishda oldingi bobda ko`rsatib o`tilgan xo`jalik mablag`lari va manbalarining guruhlanishi asos bo`lib xizmat qiladi.
Shunga asoslanib korxonalar yagona buxgalteriya balansining shakli umuqabul qilingan. Aktiv moddalarining hususiyati shundaki, ular xo`jalik mablag`larining tarkibi, holati va joylanishini ko`rsatadi. Masalan asosiy vositalarning tarkibini har bir turi bo`yicha moddiy qiymatliklarni, pul mablag`larini va haqazo. Passiv moddalarida esa xo`jalik mablag`larining paydo bo`lish manbalari va ularning qanday maqsadga mo`ljallanganligi aks ettiriladi. Masalan, hamma fondlar, korxonaning turli xil qarzlari, joriy yilda olingan foyda va h.k.lar aks ettiriladi.
Balanslar o`zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki, hisobot va tugatish balanslariga bo`linadi Korxona o`z faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlang`ich balans tuziladi. Bubalans aktivida korxonani tashkil qilish paytida mavjud xo`jalik mablag`lari, passivida bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi ko`rsatiladi; Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi.
Korxonalar oylik, chorak va yillik hisobot balanslarini tuzishlari mumkin. Bu balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga bo`lgan xo`jalik mablag`lari ularning joylanishi va tashkil topish manbalarini guruhlashtirgan holda ko`rsatadi Tugatish balansi korxona tugatilayotgan bo`lsa, shu tugatish kuniga bo`lgan uning mablag`larini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini ko`rsatish uchun tuziladi.

3. Buxgalteriya hisobi schyotlarini guruxlashdan asosiy maqsad amalga oshirilgan xoʻjalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan maʼlumotlarni soddalashtirishdan iboratdir.

Doimiy schyotlar – bu hisobot davri oxiriga saldoga ega boʻlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.

Aktiv schyot (A) – bu aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning debetida, kamayish esa kredit boʻyicha aks ettiriladi.

Passiv schyot (P) – bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldigʻi va koʻpayish schyotining krediti boʻyicha, kamayish esa debet boʻyicha aks ettiriladi.

Kontr-aktiv schyot (KA) – bu u bilan bogʻlik boʻlgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

Kontr-passiv schyot (KP) – bu u bilan bogʻlik boʻlgan passiv schyotning saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.

Tranzit schyotlar (T) – bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʻlmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.

Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular boʻyicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.

Balansdan tashqari schyotlar (BT) – bu korxonaga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan oʻzaro bogʻlanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.

Sintetik schyotlar xoʻjalik mablagʻlari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat koʻrinishidagi maʼlumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga moʻljallangan.

Analitik schyotlar maʼlumotlari xoʻjalik mablagʻlari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat oʻlchovi birliklarida yuritishga moʻljallangandir.

Korxona baʼzi xoʻjalik mablagʻlari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tugʻiladi. Shunday mablagʻlar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.

Toʻldiruvchi schyotlar tegishli mablagʻ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga moʻljallangan schyot maʼlumotlarini toʻldirish uchun moʻljallangan.

Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning baʼzi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari oʻrtasida toʻgʻri taqsimlash maqsadida qoʻllaniladi.

Yigʻib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar maʼlum xoʻjalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqsiodiy mazmuniga qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari oʻrtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.



Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga moʻljallangan.

Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish