Mafkura poligoni tushunchalari uning mohiyati va xususiyatlari
MAFKURAVIY POLIGON – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning sinov maydoni. Odatda “poligon” deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini ko‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jisman mahv etish shart emas. Zero, turli mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yo‘nalishga o‘zgartirilgan yerlik aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab ko‘riladigan maydonga aylanganini bildiradi.
Mafkuraviy immunitet uning mohiyati va xususiyatlari
Mafkuraviy immunitet va mafkuraviy profilaktika. Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash, baholash xususiyatlarini yaqqol ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilmiy muomalaga qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» kabilar bor. Ana shu tushunchalarning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini yanada yaqqolroq tasavvur qilish imkoni tug‘iladi.
Mafkuraviy immunitetni hosil qilishning yana bir manbalaridan biri andishadir. O‘g‘ilmi-qizmi, kattami-kichikmi inson andishali bo‘lsin. Andishasizlikni afsuski, bugungi ayrim yoshlar zamonaviylik belgisi, deb tushunadilar. Andishasizlik faqat gap qaytarishda, xohlagan gapini gapiraverishidagina emas, balki ba’zi yoshlarni jamoat joylarida kalta shortik, kalta yubkada, yigitlar qulog‘iga, ko‘liga sirg‘a, uzuk taqib olishida, odamlar bilan muomalasida ham ko‘rinadi.
Andishasizlik bizga asosan, internetda berilayotgan turli xil yolg‘on xabarlar, maqolalar, ko‘rsatuvlar, kinolar orqali kirib kelmoqda. Afsuski, ayrim ota-onalar farzandlaridagi andishasizlikni botirlik, aqllilik, deb o‘ylaydilar. Aqlli, tarbiyali, bilimli inson andishasizlik qila olmaydi axir.
Uyat, ibo, hayo, vijdon, or-nomus, hurmat, sadoqat, izzat-ikrom, ehtiyotkorlik kabi ahloqiy normalar mavjud. O‘zini barkamol insonman, deb bilgan kishida bu to‘liq shakllangan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |